Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mag'lubiyatga loyiq bo'lmagan Tibo Kurtua...

Tunda Parijda PSJ haqli ravishda "Real" ustidan g'alaba (1:0) qozondi.

.
- Yuklab olish

O'ziga xos paradoks — o'yindan kelib chiqsak, PSJ yutishi kerak edi, lekin shu bilan birga Kurtua maydonni mag'lub sifatida tark etishga loyiq emasdi. 

Agar "Madrid" safida mag'lubiyatga loyiq bo'lmagan birgina futbolchi bo'lsa ham, u shubhasiz Tibo Kurtua bo'ladi. Ha, Militao, Kazemiro va balki Alaba ham yaxshi o'yin o'tkazgandir, ammo Kurtua ulardan biroz yaxshiroq o'yin o'tkazdi. So'nggi soniyalardagi Mbappening goli belgiyalikning xizmatlarini yo'qqa chiqara olmaydi. Kim biladi deysiz, agar darvozada Kurtua bo'lmaganida hisob boshqacharoq ko'rinish olarmidi...

O'yin davomida hatto Leo Messi ijrosidagi penaltini ham qaytargan Tibo Kurtua ECHL doirasida darvozasiga aniq kelgan oxirgi 23 zarbaning 22 tasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

Belgiyalik 2007 yildan buyon "Madrid" safida ECHL uchrashuvida penalti qaytargan birinchi kiperga aylandi. 

Kurtua mavsumda uchinchi bor (ketma-ket) o'n bir metrlik nuqtadan berilgan zarbani bartaraf qilmoqda. Avvalroq Tibo qo'lqoplaridan chempionat doirasida "Valensiya", Superkubok bahsida "Atletik" aziyat chekkandi. 

Endi 3 haftadan so'ng jamoalar Madridda ro'baro kelishadi va intrigani aynan Kurtua saqlab qoldi desak mubolag'a bo'lmaydi. 

BestMaster
16 Fevral 2022, 10:45
maglubiyatga, loyiq, bolmagan, tibo, kurtua,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads