Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

ECHL. Mbappe "Real"ga qarshi o'yinda PSJga g'alaba keltirdi

Evropa CHempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi PSJ - "Real Madrid" uchrashuvi yakunlandi.

.
- Yuklab olish

PSJ – "Real Madrid" 1:0 "Park de Prens" o'yingohiGol: 1:0 – 90 Mbappe.

PSJ – Donnarumma, Xakimi, Markinos, Kimpembe, Mendesh, Danilu Pereyra (Guye, 87), Verratti, Paredes, Di Mariya (Neymar, 73), Messi, Mbappe.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 72), Alaba, Militao, Mendi, Modrich (Valverde, 82), Kroos, Kazemiro, Benzema (Beyl, 87), Asensio (Rodrigo, 72), Vinisius Junior (Azar, 82).

Ogohlantirish: Kazemiro (37), Verratti (40), Militao (52), Mendi (57), Danilu Pereyra (62), Kimpembe (83), Rodrigo (83), Paredes (90).

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

Murosasiz kurashning o'ziga xos yakuniga guvoh bo'ldik. Nima bo'lganda ham bizni oldinda Madridda bundan qolishmaydigan 90 daqiqa kutib turibdi. PSJ haqli ravishda g'alabani qo'lga kiritdi va javob o'yiniga ijobiy kayfiyatda boradigan bo'ldi.

90+4-daqiqa. GOOOOOOL! KILIAN MBAPPE baribir gol urib ketdi va katta ehtimol bilan jamoasiga g'alabani taqdim etdi.   

90+3-daqiqa. Idrissa Geye zarba berdi, lekin Kurtua osonlik bilan to'pni ushlab oldi.   

O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90-daqiqa. Ogohlantirish! Kroosga nisbatan fol uchun Leandro Paredes kartochkaga loyiq ko'rildi.

Mbapppe o'ngdan jarima maydonchasiga yorib kirdi, lekin yana oxirgi zarbani beradigan futbolchi topilmadi.   

89-daqiqa. Hozir avval PSJ, keyin "Real" yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi. Biroq har safar himoyalanayotganlar ishonchli harakat qilishdi. 

87-daqiqa. O'zgarish! Benzema o'rniga Garet Beyl. 

87-daqiqa. Kurtua darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi. Biroq so'nggi pallada Neymar nima qilganini tushunish qiyin bo'ldi.  

83-daqiqa. Ogohlantirish! Presnel Kimpembe va Rodrigo o'zaro nimanidir bo'lisha olishmadi.  

82-daqiqa. "Real" standart vaziyatdan samara chiqara olmadi. 

82-daqiqa. O'zgarishlar! Luka Modrich o'rniga Federiko Valverde. Vinisius o'rniga esa Eden Azar.  

79-daqiqa. Mbappe zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi. Burchak zarbasidan naf chiqmadi.   

78-daqiqa. Benzema va Vinisius oldinda nimadir qilishga urinib ko'rishdi, ammo hakam himoyachilar qoidani buzmadi deb hisobladi.  

77-daqiqa. Messining uzatmasidan keyin xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, Mendi tavakkal qilib o'tirmadi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.  

75-daqiqa. Jarima zarbasini ham Messi amalga oshirdi, lekin noaniq. 

74-daqiqa. Alaba hozirgina maydonga tushgan Neymarga nisbatan fol ishlatdi deb topildi.   

73-daqiqa. O'zgarish! Di Mariya o'rnini Neymar egalladi.   

72-daqiqa. O'zgarish! Marko Asensio va Dani Karvaxal o'rniga Rodrigo hamda Lukas Vaskes o'yinga qo'shildi.  

71-daqiqa. Mbappe jarima maydonchasida to'pni qabul qilib oldi, lekin hakam futbolchi o'yindan tashqari holatdaligini malum qildi. 

Neymar maydonga tushishga tayyorlanmoqda. 

68-daqiqa. Endi Paredes oyoqqa tura olmaydigandek yotibdi. Alaba to'pni tepdim degan gapiga, hakam ishonmadi.  

66-daqiqa. Marko Veratti jarohat sabab maydonda yordamga muxtoj bo'lib yotibdi. 

65-daqiqa. Pereyra avval Benzemani, keyin Modrichni o'tkazib yubormaslik uchun maydo follar ishlatishga majbur bo'ldi. 

63-daqiqa. Vinisiusga nisbatan fol. Di Mariya aybdor. 

Qiziq, bu holat jamoalarga qanday tasir qilarkin?

62-daqiqa. VAAAAUU! Tibo Kurtua Messining zarbasidan keyin to'p darvozaga borib tushishiga yo'l qo'ymadi! 

Zarbani Leo Messi amalga oshiradi. 

60-daqiqa. PENALTI! Karvaxal jarima maydoniga yorib kirgan Mbappeni yiqitdi. 

59-daqiqa. PSJ to'pni nazorat qilib, raqib darvozasi tomon yo'l izlash bilan ovvora.  

57-daqiqa. Ogohlantirish! Ferlan Mendi ham javob o'yinini o'tkazib yuboradi.  

56-daqiqa. Kilian Mbappe chaproqdan zarba berdi, Tibo osonlik bilan to'pni egallab oldi. 

54-daqiqa. Biz ham tepishni bilamiz degandek, Toni Kroos jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo'lladi, to'p darvozadan yuqoriroqdan o'tib ketdi.  

52-daqiqa. PSJ bosimi ortib bormoqda. Kurtua darvozasi tomon zarbalar deyarli tinmayapti hozirgi daqiqalarda.    

51-daqiqa. Ogohlantirish! Eder Militao to'pga eta olmadi va Mbappening oyog'iga zarba berdi. 

50-daqiqa. PSJ futbolchilari kombinaciyasini Kilian Mbappening ajoyib zarba bilan yakunlamoqchi bo'ldi, lekin Kurtuadan seyv.

47-daqiqa. "Real" futbolchilari Alabaga nisbatan fol ishlatilgandi deb to'xtab qolishdi, lekin hakam hushtak chalmadi. Messining uzatmasidan keyin xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, ammo mehmonlar ortga qaytib, bunga to'sqinlik qila olishdi.    

46-daqiqa. Ikkinchi taym boshlandi! Uni parijliklar boshlab berishdi.

SHu pallada hakamning birinchi bo'lim yakunlanganligi haqidagi hushtagi chalindi.

45+1-daqiqa. Uzatilgan to'pga Kazemiro barchadan avval etib bordi va boshi bilan zarba yo'lladi, lekin noaniq.  

Birinchi bo'limga esa bir daqiqa qo'shib berildi.

45-daqiqa. Benzema va Vinisiusning faolligi oqibatida "Real" burchak zarbasi ishlab oldi.  

43-daqiqa. PSJning qarshi hujumi yakuniga etmay qoldi. Sababi Mbappening uzatmasi yo'liga Kroos to'g'anoq bo'ldi.  

42-daqiqa. "Real" vaziyatni o'nglayotgandek. jamoa ko'pchilik bo'lib raqib jarima maydonchasiga yaqin masofada to'pni nazorat qilib turibdi. 

40-daqiqa. Ogohlantirish! Endi Verattining o'ziga sariq ko'rsatildi. 

38-daqiqa. Ogohlantirish! Kazemiro Verattiga nisbatan qo'polligi uchun sariq kartochka ishlab oldi va u javob o'yinini o'tkazib yuborishiga to'g'ri keladi.  

36-daqiqa. "Real" futbolchilari, aniqrog'i Asensio qarshi hujumga qochib ketishi mumkin edi, lekin Mendesh o'zini aldashga imkon bermadi.   

34-daqiqa. Karvaxal hujumga qo'shildi, lekin uzatmasi qovushmadi. 

33-daqiqa. PSJ futbolchilari zarur bo'lsa o'ylab ham o'tirmay, qoidani buzishmoqda.  

31-daqiqa. Militao va Asensio oddiy vaziyatda to'pni raqibga sovg'a qilishdi.  

29-daqiqa. Militao hujumga o'tib ketdi va ish jarima zarbasi bilan yakunlandi.  

Luka Modrich markazda oshirgan to'pini sheriklaridan hech kim egallay olmadi. 

28-daqiqa. Donnarumma ham maydondaligini eslatib qo'ydi. Lekin to'p PSJ jarima maydonchasida ushlanib qolmadi. 

27-daqiqa. Karvaxal kutilmaganda Mendeshni osonlik bilan jarima maydonchasiga o'tkazib yubordi, ammo Modrich va Militao vaqtida yordamga etib keldi hamda xavf bartaraf etildi.  

25-daqiqa. Ferlan Mendi oddiy vaziyatda to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi. 

23-daqiqa. Mendeshning uzatmasi zarbaga aylanib ketib qoldi va Kurtua ikkinchi urinishda to'pni ushlab oldi.  

22-daqiqa. Kilian Mbappe chap qanotda raqiblariga tinim bermayapti. 

20-daqiqa. Hozircha mehmonlaga oson bo'lmayapti. Parijliklar o'yinni nazorat qilayotgandek, "Real" esa qarshi hujumda imkoniyatini kutmoqda.  

17-daqiqa. Xavfli vaziyat! Aynan Leoning uzatmasidan keyin Mbappe jarima maydoniga yorib kirdi va zarba berish imkonini topdi, lekin bor yo'g'i burchak zarbasi. 

14-daqiqa. Messining burchakdan oshirgan to'pini Karim Benzema qaytarib yubordi.  

13-daqiqa. Luka Modrich to'p maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga majbur bo'ldi, burchak zarbasi.  

9-daqiqa. PSJ to'p bilan ko'proq muomalada bo'lmoqda.  

7-daqiqa. Eder Militao ikki raqibi bosimi ostida bo'lishiga qaramay, ishonchli harakat qildi.  

6-daqiqa. Kazemironing Vinisiusga uzatgan to'pi manzilga etib bormadi. 

5-daqiqa. Mbappe va sheriklari hisobni ochishga yaqin kelishdi, lekin Di Mariyaning zarbasi noaniq chiqdi. 

Kazemiro Messi to'qnashuvi... Ha, azizlar bu juftlikning qarama-qarshiligini sog'inganimiz bor gap. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni Marko Asensio boshlab berdi. 

Ular maydonda va stadion uzra ECHL madhiyasi yangramoqda.

Har ikki jamoa asosiy tarkib azolari maydonga tushishga tayyor turibdilar.

PSJ - "Real Madrid"16 fevral, 01:00 

PSJ -  Donnarumma, Hakimi, Mendes, Markinos, Kimpembe, Paredes, Danilo, Verratti, Di Mariya, Mbappe, Messi

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Militao, Alaba, Modrich, Mendi, Kazemiro, Kroos, Asensio, Vinisius, Benzema

Paris Saint-Germain

Kylian Mbappe - 90'

Champions League Final Stage . 1/8-tur

16/02/2022, 01:00

0 : 1 Tugadi

Real Madrid

Stadion: Parc des Princes

Bosh hakam: Daniele Orsato

BestMaster
16 Fevral 2022, 03:15
mbappe, realga, qarshi, oyinda, psjga, galaba, keltirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads