Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Mbappe kuchli bosim ostida o'zini qanday tutishi qiziq" - Miyatovich

"Real Madrid" sobiq hujumchisi Predrag Miyatovich PSJ - "Real" to'qnashuvidan nimalar kutayotgani haqida to'xtaldi.

.
- Yuklab olish

"Bu ertaroq o'tkazilayotgan final hisoblanadi va unda o'z oldiga eng yuqori maqsadlarni qo'yuvchi ikki klub duch keladi.

"Real"ning ko'plab jihatlarda ustunligi mavjud. La Ligani esdan chiqarmaslik zarur, lekin hozir eng "shirin joyi" kelgan va futbolchilar buni yaxshi biladi.

Agar Benzema maydonga tusha olsa, bu "Real" uchun katta yutuq bo'ladi. SHunday bo'lsada, Karimsiz ham madridliklar safida o'yin taqdirini hal qila oladiganlar etarli.

Mbappe haqida gapirsak, u kuchli xarakter sohibi. Bunga qaramay, u  kuchli bosim ostida qoladi. Balki u bu bosimni enga olar, lekin uning tasiri bo'lishi aniq. Buni tomosha qilish qiziq bo'ladi. Buni o'z tajribamdan kelib chiqib aytyapman.

Parijda u umridagi eng yorqin o'yinni ko'rsatishga harakat qiladi, biroq javob bellashuvi "Santyago Bernabeu"da bo'lishi, futbolchi kelajagi o'sha er bilan bog'liqligini yodda tutib, to'p tepishi "Real" foydasiga ishlaydi", – dedi Predrag Miyatovich.

BestMaster
15 Fevral 2022, 17:15
mbappe, kuchli, bosim, ostida, ozini, qanday, tutishi, qiziq, miyatovich,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads