Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

2010/11-yilgi mavsumdan buyon "Real" ECHLda 9, Ispaniya Kubogida esa 4 marta yarim finalga etib bordi

"Real" "San-Mames" yana bir sovrin va u bilan birga trebl bilan rasman "xayrlashdi".

.
- Yuklab olish

 Yana bir bor fevral oyida, yana Qirol Kubogida. Oxirgi bir necha mavsumdan buyon "qirollik klubi" bu musobaqada muxlislarini xursand qila olmayapti.

Anchelotti jamoasi masumdagi ilk trofeyni qo'lga kiritganidan ikki hafta o'tib, Kubok pley-offining uchinchi bosqichida ishtirokini yakunladi. Superkubok finalida aynan "Atletik" taslim etilgandi.  

"Real Madrid" mavsumdagi ikkinchi mag'lubiyatini tan olishga majbur bo'ldi (birinchisi La Ligada "Xetafe") va "Elche" bilan durangni inobatga olsak, qatorasiga ikkinchi uchrashuvda g'alaba qozona olmayapti. 

Aslini olganda 2010/11 yilgi mavsumdan buyon, "qaymoqranglilar" Qirol Kubogidan ko'ra, ECHL yarim finalida ikki barobar ko'p ishtirok etishdi. So'nggi 12 yilda "Madrid" 4 bor Kubok yarim finaliga chiqishni uddaladi va ikki bor bosh sovrin sohibiga aylandi: 2010/11 va 2013/14 mavsumlarda.

Ana shu vaqt oralig'ida "Madrid" 9 marta Evropa CHempionlar Ligasi yarim finaliga chiqishni uddaladi hamda 4 bor bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Qirol Kubogi Zinedin Zidan "qirollik klubi" yutmagan yagona sovrin bo'lib qoldi.

"Madrid" ham, PSJ kabi Kubokda omadsizlikka uchradi. Parijliklar "Nicca"ga imkoniyatni boy bergan bo'lsa, "Madrid" — Bilbaoning "Atletik" klubiga yutqazib qo'ydi. To'rtinchi imkoniyatdan Marselino Garsiya Toral jamoasi poytaxtliklarni taslim etdi.

BestMaster
5 Fevral 2022, 15:30
2010/11-yilgi, mavsumdan, buyon, real, echlda, ispaniya, kubogida, marta, yarim, finalga, etib, bordi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads