Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Barsa"dan keyin "Atletik" endi "Real"ni Ispaniya Kubogidan chiqarib yubordi

Ispaniya Kubogi 1/4 finalidan o'rin olgan "Atletik" va "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH

Bo'ldi, uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalar ham yakuniga etdi hamda "Real" musobaqani tark etdi. Basklar esa "Baselona"dan keyin endi "qirollik klubi"ni taslim qilishdi.  

90+3-daqiqa. Isko qulay imkoniyatdan aniq zarba bera olmadi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

88-daqiqa. GOOOOOOL! Aleks Berenger aldamchi harakat bilan Nachoni "do'kongaga jo'natib yubordi" va jarima maydonchasi tashqarisidan ajoyib zarbasi bilan hisobni ochmoqda. 

83-daqiqa. Nahotki "Atletik Bilbao" charchadi? Mezbonlar to'pni to'liqligicha raqibga topshirib qo'yishdi. Yoki bu o'ylangan taktikami?

81-daqiqa. Asensio jarima maydonchasiga yorib kirgan Kazemiroga to'pni chiroyli tarzda etkazdi, braziliyalikning zarbasini posbon qaytardi.  

80-daqiqa. "Real" futbolchilari to'pni raqibga bermay, butun maydon bo'ylab aylanib yurishibdi.   

78-daqiqa. O'zgarish! Raul Garsiya o'rnga Niko Serrano maydonga tushirildi.

77-daqiqa. Isko qanotda Inigo Martinesdan o'tib keta olmadi. 

76-daqiqa. O'zgarish! Toni Kroos o'rnini Eduardo Kamavingaga bo'shatib berdi.  

Asensio zarba berishga urinib ko'rdi, lekin himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

75-daqiqa. Real yarim himoyasidagi "trio" bir-birlarini naqadar yaxshi tushinishlarini yana bir bor ko'rsatib berishdi. 

73-daqiqa. Mehmonlarning ikkinchi bo'limdagi kam sonli hujumlaridan biri Rodrigoning noaniq uzatmasi sabab uzilib qoldi.

72-daqiqa. Har ikki jamoa futbolchilari ijrosida ketma-ket noaniq uzatmalar. 

Maydonda juda ko'p yakka-kurashlarga guvoh bo'lyapmiz. 

70-daqiqa. Bu safar Asensio qoidani buzdi deb topildi. 

69-daqiqa. Ogohlantirish! Yuri Berchiche qanotda Lukas Vaskesga nisbatan o'ta qo'pol tarzda harakat qildi. 

67-daqiqa. Ogohlantirish! Oskar De Markosga taktik foli uchun sariq kartochka ko'rsatildi.

Militao ishonchli harakat qildi va Uilyams qoida buzishdan boshqa chora topa olmadi. 

65-daqiqa. Mezbonlar raqib himoyasiga bosimni kuchaytirishmoqda.

62-daqiqa. "Atletik" to'p bilan.

60-daqiqa. O'zgarish! Vinisius o'rniga Isko o'yinga qo'shildi. 

59-daqiqa. Ogohlantirish! Luka Modrich ham sariq kartochka ishlab oldi.  

Futbolchilar sekin-asta charchayotgani sabablimi, ammo bo'sh hududlar ko'paymoqda. Buning oqibatida har ikki jamoa tezkor hujumlar uyushtirishga urinishmoqda.  

57-daqiqa. Lukas Vaskes o'yin qoidasini buzdi deb topildi. 

54-daqiqa. "Qaymoqranglilar" qarshi hujum uyushtirshiga urinib ko'rishdi, lekin har safar himoyachilar zarbaga imkon qoldirishmadi.  

53-daqiqa. "Real" hamon ko'proq himoya haqida o'ylashga majbur bo'lmoqda. Bunaqasini yaqin orada ko'rmagandik. 

51-daqiqa. Aleks Berengerning zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.  

Yo'q, "VAR" penalti yo'q deb hisobladi. 

50-daqiqa. O'yin to'xtab turibdi, to'p himoyalanayotganlardan birining qo'liga tekkan bo'lishi mumkin.

Raul Garsiya bosh bilan zarba bera oldi, lekin to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib, maydonni tark etdi. Garsiyaga himoyachi halaqit qilgani va shu sababli burchak zarbasini amalga oshirish zarurligiga ishora qilmoqda hakam. 

49-daqiqa. Mezbonlar navbatdagi burchak zarbasini amalga oshiradigan bo'lishdi. 

47-daqiqa. Tibo Kurtua jonbozlik ko'rsatib, Inigo Martines gol urishiga yo'l qo'ymadi. 

Militao Uilyamsga nisbatan qoidani buzdi va xavfli jarima zarbasi.

Jarohat olgan Niko Uilyams o'rniga Aleks Berenger maydonga tushirildi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim start oldi!

45+2-daqiqa. Kroosning zarbasidan keyin to'p darvozagacha etib borishiga himoyachilar yo'l qo'yishmadi va shu pallada hakam bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. 

45+1-daqiqa. Ularning birinchisini "Real" hujumda o'tkazmoqda. Yana Vinisiusni qo'pollik bilan to'xtatishdi deb hisobladi hakam.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.  

Futbolchi maydonni alam bilan tark etdi. CHamasi u o'yinni davom ettirolmaydi.

44-daqiqa. Niko Uilyams qarshi hujum aldamchi harakatni bajarayotganda jarohat oldi va maydonda yotibdi.   

42-daqiqa. Ogohlantirish! Qayta-qayta follari tufayli Dani Garsiya ogohlantirildi.  

41-daqiqa. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi, biroq bugun himoyachi rolida maydonga tushgan Lukas Vaskes vazifasini alo darajada uddaladi.   

39-daqiqa. Lukas Vaskesning qanotdan amalgan oshirgan uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, biroq noaniq.  

38-daqiqa. O'yin biroz tinchlangandek.

36-daqiqa. "Atletik" poytaxtlik akalarining eng yaxshi mavsumlarini eslatib yuborishmoqda.  

33-daqiqa. Alabaning xatosidan keyin yuzaga kelgan xavfli vaziyatni Eder Militao "podkatda" yo'qqa chiqardi.  

31-daqiqa. O'yinning uchdan bir qismi ortda qoldi va hozircha mezbonlar "Real"ga hech qanday imkoniyat qoldirishmayapti.  

29-daqiqa. Vinisius 2-3 nafar raqibiga qarab bordi va jarima maydonchasiga yorib kirishni niyat qilgandi, ammo oddiy vaziyatda to'pni raqibiga oldirib qo'ydi. 

28-daqiqa. Inyaki Uilyams qanchalik urinmasin hakamni o'ziga nisbatan fol ishlatilganiga ishontira olmadi. 

27-daqiqa. Rodrigo chap qanotdan jarima maydonchasiga kirgani hamonoq zarba yo'lladi, urinish aniq, ammo ancha kuchsiz chiqdi. 

26-daqiqa. "Real" raqibni tinchlantirishga urinayotgandek. 

Kazemiro to'p bilan qanday muomala qila olishi ko'rsatib qo'ydi va bir necha raqiblari qurshovidan ishonch bilan chiqib keta oldi. 

25-daqiqa. Mezbonlar yana bir  burchak zarbasini ijro etib berishdi. Bu borada hisob 5:1. 

24-daqiqa. Ogohlantirish! Toni Kroos raqibini o'tkazib yuborayotgan vaziyatdagi qo'polligi uchun sariq kartochka ishlab oldi.  

22-daqiqa. Iker Muniain chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va zarba berdi, lekin mo'ljalni aniq nishonga ola bilmadi. 

19-daqiqa. "Real" o'zining birinchi burchak zarbasini ishlab oldi. To'p oldida Toni Kroos. Mehmonlar ham standartdan unumli foydalana olishmadi.   

17-daqiqa. "Atletik" futbolchilari kurashlarda raqibni ayab o'tirishmayapti. 2 daqiqa davomida Vinisius Juniorni ikki bor maydonga qulashiga sababchi bo'lishdi. 

16-daqiqa. Pressing ostida qolgan Vinisius ortga qaytib, texnikasi yordamidagina to'pni jamoasida saqlab qola oldi.  

Ha, basklar ayniqsa grandlarga qarshi astoydil qarshilik ko'rsatishlariga o'rganib ulgurganmiz. Bugun ham shunday bo'lmoqda. Ayni daqiqalarda Anchelotti shogirdlariga havas qilib bo'lmaydi.  

14-daqiqa. Bilbao to'pni yana burchakdan o'yinga kiritib berdi.   

13-daqiqa. Militao to'p uchun Uilyams bilan kurashda yiqilib tushdi va ish burchak zarbasi bilan yakunlandi.   

11-daqiqa. "Real" hujumga o'tdi. Vaziyat ancha keskin tus olishi mumkin edi, biroq Rodrigo to'pni yanada qulayroq nuqtada turgan Vinisiusga qoldirmoqchi bo'lganini himoyachilar payqab qolishdi.  

9-daqiqa. Uxx! Tibo Kurtua darvozaning to'qqizligiga ketayotgan to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Zarba muallifi Dani Garsiya.

8-daqiqa. Bugun Benzema yo'qligidan xabaringiz bor albatta. Hozirgi vaziyatda kutilmaganda David Alaba markaziy hujumchi joyida paydo bo'ldi va to'pni ham qabul qilgandi, ammo o'yindan tashqari holat qayd etildi. 

7-daqiqa. Mezbonlar burchak zarbasidan naf chiqara olishmadi. Militao to'pni qaytarib yubordi.  

6-daqiqa. Inyaki Uilyams sal qolsa birga-bir vaziyatga chiqib ketayotgandi, Tibo Kurtua joyini tark etib xavfni bartaraf etdi.  

5-daqiqa. Raul Garsiya keskin harakati oqibatida Nacho maydonga quladi, hakam o'yinni to'xtatdi.  

4-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda. Raqib futbolchilari zich harakat qilish evaziga raqibga ortiqcha imkon qoldirmaslikka urinishmoqda. Lukas Vaskes uzatmada xatoga yo'l qo'ydi.

Tribunalardagi muxlislar ham, bilbaolik futbolchilar ham bir muncha agressiv harakat qilishga urinishmoqda. Ammo "qirollik klubi"ni bunday usul bilan qo'rqitish mushkul bo'lsa kerak.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mehmonlar boshlab berishdi. 

"Atletik" – "Real Madrid"4 fevral, 1.30, «San-Mames»

"Atletik" – Agirresabala, De Markos, Martines, Yeray Alvares, Berchiche, Dani Garsiya, Vesga, Raul Garsiya, Uilyams, Uilyams, Muniain."Real Madrid" – Kurtua, Alaba, Militao, Nacho, Modrich, Kroos, Kazemiro, Vaskes, Asensio, Vinisius Junior, Rodrigo.

Athletic Bilbao

Alex Berenguer - 89'

Copa del Rey . Quarter Finals-tur

04/02/2022, 01:30

0 : 1 Tugadi

Real Madrid

Stadion: San Mames Barria

Bosh hakam: Jesus Gil

45' 90' 42'  Dani Garcia46'  Nico Williams (Alex Berenguer)66'  Oscar de Marcos69'  Yuri Berchiche78'  Raul Garcia (Nico Serrano)89'  Alex Berenguer89'  Mikel Vesga90'  Iker Muniain (Mikel Balenziaga)23'  Toni Kroos59'  Luka Modric60'  Vinicius Junior (Isco)76'  Toni Kroos (Eduardo Camavinga) Match-senterda ochish

BestMaster
4 Fevral 2022, 03:45
barsadan, keyin, atletik, endi, realni, ispaniya, kubogidan, chiqarib, yubordi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads