Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Vinisius yanada kuchayishi mumkin. Buning uchun "Real" Mbappeni sotib olishi va yana 2 narsa talab qilinadi

Bu mavsum Vinisius keskin o'sishga erishdi.

.
- Yuklab olish

Biroq braziliyalik bundan ham kuchayishi va futbol olamining eng kuchlilaridan biriga aylanib, "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi mumkin. Xo'sh, bu yo'lda "Madrid" futbolchiga qanday yordam bera oladi.

Dam olish uchun ko'proq vaqt berish

Vinisius yaqin bir necha yilga dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylanmoqchi bo'lsa, mushaklarini haddan ziyod toliqtirib qo'ymasligi juda muhim.

Vinger kuchli va tezkor bo'lsada, jarohatlardan hech kim kafolatlanmaganini unutmaslik lozim. Bu mavsum futbolchi "Real" safida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 28 tasini asosiy tarkibda boshladi.

Karlo Anchelotti tajribali mutaxassis va Vinisiusga ko'proq dam berish yo'lini topishi zarur. SHundagina futbolchini o'ziga bo'lgan ishonchi va sport formasini yo'qotishiga sabab bo'luvchi ehtimoliy jarohat va charchoqdan himoya qilish mumkin bo'ladi. 

Jamoaga Mbappeni olib kelish

Mbappening transferi Vinining samaradorligini yanada oshirgan bo'lardi. Iqtidorli futbolchilar o'zlari kabi kuchli futbolchilar bilan elkama-elka harakat qilib "Oltin to'p" yutganiga ko'plab misollar keltirish mumkin.

Vini katta ehtimol Mbappe bilan birga o'ynasa, o'yinida o'sishga erishadi. Buyog'iga asosiy gap Florentino Peres janoblariga qolmoqda.

Futbolchi maoshini oshirish

Vinisius hozirda "Real"ning eng kam maosh oladigan futbolchilaridan hisoblanadi. Junior yiliga bor yo'g'i 3,2 mln evro ishlab topadi. Jamoaning boshqa vakillari Azar (24 mln evro) va Beyl (35 mln evro) bilan solishtirsak sariq chaqa.

Agar "Real" Vinini qadrlasa va yo'qotishni istamasa, futbolchiga maoshi oshirilgan yangi kelishuv taklif qilishi zarur.

Nazarimizda, 30 uchrashuvda 15 ta gol urib, 10 ta samarali uzatmani amalga oshirgan futbolchi bunga loyiq.

OAVda "Real" yangi shartnoma taklif qilishga tayyor ekanligi, lekin muzokaralarni mavsum yakunlangach olib borish va kelishuvni 2027 yilga qadar uzaytirish niyatidaligi haqida malumot tarqaldi. Hozircha esa futbolchining o'yinidan zavq olish va yozni kutishdan boshqa chora yo'q.

BestMaster
25 Yanvar 2022, 17:15
vinisius, yanada, kuchayishi, mumkin, buning, uchun, real, mbappeni, sotib, olishi, yana, narsa, talab, qilinadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads