Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Real" iroda ko'rsatib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Ispaniya chempionati 22-turidan o'rin olgan uchrashuv tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

.
- Yuklab olish

Real Madrid – Elche 2:2  

«Santyago Bernabeu»

Gollar: Modrich penalti 82', Militao 90+2'  – Boye 42', Milya 76' 

Gol urilmagan penalti: Karim Benzema 33'

Real Madrid – Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos (Rodrigo, 64), Kazemiro, Vaskes (Valverde, 80), Benzema (Yovich, 58), Azar (Isko, 80), Vinisius Junior.

Elche – Badiya, Palasios, Verdu, Diego Gonsales, Moxika, Gumbau, Guti, Morente (Fidel, 24), Lukas Peres (Xosan, 88), Boye, Milya.

Ogohlantirishlar: Eder Militao (54), Fidel (55), Vinisius Junior (72), Alaba (90+4).

Uchrashuv yakunlandi! 

90+4. Alaba Milyaga nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirildi.

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Vinisius Juniorning pasidan keyin Eder Militao bosh bilan gol urib, muvozanatni tikladi – 2:2! 

90. O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. "Elche"da almashtirish: Lukas Peres o'rniga Xosan tushirildi.

82. GOOOOOOOOOOOOOOL! Modrich penaltidan gol urib, hisobni qisqartirdi – 1:2!

82. Penalti! Milya to'pni qo'li bilan o'ynadi.

80. "Real"da 2 ta o'zgarish: Vaskes o'rniga Valverde, Azar o'rniga Isko o'yinga qo'shildi.

79. Zarba!  Kazemiro burchakdan uzatilgan pasdan so'ng bosh bilan zarba berdi va darvoza to'sinini ko'zladi! 

76. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Lukas Boyening pasidan keyin Pere Milya darvoza burchagini nishonga oldi – 0:2!

74. Lukas Boye havodagi kurashda yaxshi o'ynab, zarba yo'llashning uddasidan chiqdi. Tibo Kurtua mahoratini ko'rsatdi.

72. Vinisius Junior Milyaga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

70. Lukas Peres Kazemiroga nisbatan juda qo'pol o'ynadi.

69. Zarba!  Vaskes chamachi 25 metrdan zarba yo'lladi. To'p ancha balanddan ketdi. 

68. "Real" kuttu kuch bilan oldinga boryapti. Alaba diagonal uzatmani amalga oshirdi, ammo to'p Yovichga qadar etib bormadi.

64. Eder Militaoning uzatmasidan so'ng to'p Diego Gonsales tomonidan uzoqlashtirildi.

64. Toni Kroos almashtirilmoqda, uning o'rniga Rodrigo tushirildi.

62. Toni Kroosning zarbasidan keyin to'p eng yuqori tribuna tomon ketdi. 

60. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika "REal"ning sezilarli ustunligini ko'rsatmoqda: 63% – 37%.

58. Jarohatlangan Benzema o'rniga Luka Yovich o'yinni davom ettiradigan bo'ldi. Karimga sog'liq tilaymiz.

55. Bu gal Azarga nisbatan qoidani buzgan Fidel jazolandi.

54. Eder Militao Lukas Boyega nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi.

53. Ana xolos!  VARga murojaat qilgan bosh hakam penaltini bekor qildi. Azarga nisbatan qoida buzilmagani malum bo'ldi. 

51. Penalti!  Diego Gonsales Eden Azarga nisbatan kurashda qoidani buzdi.

47. Modrich Gumbauga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

46. Madridda ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

45+4. Zarbaaa!  Toni Kroosning kuchli zarbasi yana Badiya tomonidan qaytarildi! Qoyilmaqom seyv! 

45+2. Benzemadan zarba! Darvozabon o'z o'rnida!

45. Birinchi taymga 4 daqiqa qo'shib berildi.

42. GOOOOOOOOOOOOL!  Fidelning uzatmasi va Lukas Boyening bosh bilan yo'llagan zarbasidan keyin to'p darvoza to'ridan joy oldi – 0:1! 

37. Bu safar Milyaga tibbiy yordam ko'rsatildi.

35. Toni Kroosning burchakdan oshirgan to'pi himoyachilar tomonidan bartaraf qilindi.

33. Zarbaaaa! Dahshat!  Karim Benzemaning 11 metrlik nuqtadan yo'naltirgan zarbasidan so'ng to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi... 

32. Penalti!  Palasios Vinisius Juniorni yiqitdi. 

30. Zarba!  Kazemironing qoyilmaqom zarbasi xavfli chiqdi, ammo yana Edgar Badia katta sahnaga chiqdi. "Real" tobora golga yaqinlashib bormoqda...

27. Zarba!  Karim Benzema birga-bir holatga chiqdi va darvozaga yaqinlashib o'tirmasdan zarba berdi. Udgar Badia esa zarbani qaytardi.

24. Tete Morente o'yinni davom ettirolmaydigan bo'ldi, uning o'rniga Fidel maydonga tushdi.

22. Tete Morente jarohat olgan ko'rinadi. U shifokorlarni chorlamoqda.

20. Kazemironing chap oyoqdagi zarbasidan so'ng to'p rikoshet orqali raqib posboniga borib tushdi.

18. "Elche"da ketma-ket ikkinchi burchak to'pi. Gumbauning uzatmasidan keyin ikkinchi qavatda Militao g'olib chiqdi va sheriklarini oldingi boshladi. 

16. Raul Gutining burchakdan oshirib bergan to'pi Tibo Kurtua tomonidan egallab olindi.

14. Zarbaaaa! Toni Kroosning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi...

12. Uuuux! Benzemaning pasidan so'ng Vinisius Junior raqiblarni aldab o'tishdan cho'chimadi hamda darvozabon bilan birga-bir holatga chiqdi, ammo zarbani darvozabon qaytardi!  Vinisius boshqacharoq qarorga kelishi mumkin edi...

9. Azar Vinisiusni oldinga boshladi, lekin braziliyalik iqtidor to'pga ulgurmadi.

6. Lukas Vaskes Toni Kroosning uzatmasidan keyin to'pni ilib olishga jon-jahdi bilan harakat qildi, biroq bunga erishmadi.

5. Raul Guti to'pni ichkariga uzatdi, ammo jamoadoshlari to'pga egalik qila olishmadi.

2. Benzema o'ng qanotda faollik ko'rsatib, qarshi hujumga qochib ketishgi urindi, ammo g'oya ish bermadi.

1. Uchrashuvga start berildi! 

- Fransisko Xento xotirasiga hurmat bajo keltirildi. 

- O'yin 20:15 da start oladi.

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun "Real" La Liga 22-turida "Elche" bilan bellashadi. Mazkur bahsni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.  

BestMaster
23 Yanvar 2022, 22:30
liga, real, iroda, korsatib, maglubiyatdan, qutulib, qoldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads