Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Marselo yana diskvalifikaciya qilinishi mumkin

"Real" himoyachisi Marselo yana bir o'yinga chetlatilishi mumkin.

.
- Yuklab olish

Ispaniya kubogi 1/8 finalida "Elche"ga qarshi o'yinda "Real" himoyachisi qizil kartochka oldi. 102-daqiqada Marselo qarshi hujumda Tete Morenteni Andrey Lunin darvozasi tomon zarba berishiga to'sqinlik qilmoqchi bo'lib, raqibning chap oyog'ini chalib oldi va Tete maysazorga yiqildi.

Bosh hakam Xorxe Figeroa Vaskes buni oxirgi chora sifatida baholadi va braziliyalik futbolchiga qizil kartochka ko'rsatishga qaror qildi.

Ammo voqea shu bilan tugamadi: AS nashri xabariga ko'ra, hakamga qarata aytilgan so'zlari tufayli Marselo yana bir o'yinga qo'shimcha diskvalifikaciya qilinishi mumkin. Gazetaning yozishicha, qizil kartochka olgach, braziliyalik himoyachi hakamga qarata: "Sen juda yomonsan", deb aytgan. Sobiq hakam Eduardo Iturralde Gonsalesning fikricha, Marselo ikki karra jazolanishi mumkin - qizil kartochka va hakamga aytilgan so'zlar uchun.

BestMaster
21 Yanvar 2022, 20:45
marselo, yana, diskvalifikaciya, qilinishi, mumkin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 sardorbey  
Marcelo bo'lmasa kim sardor bo'ladi
23 Yanvar 2022, 00:15
 akramboyreal  
Kubokda xolosmi? liga tushadi shekil
24 Yanvar 2022, 19:43
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads