Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Florentino Peres: "Real" - global brend, bizda eng ko'p muxlis bor. Klubda yangi davr boshlandi"

"Real" prezidenti Florentino Peres Ispaniya Superkubogi finali doirasidagi "Atletik" (2:0)ga qarshi o'yindagi g'alabadan keyingi g'oliblik haqida gapirdi.

.
- Yuklab olish

"Odatiy final o'yini, ikki jamoa ham yutishni xohladi. "Atletik"ni tabriklayman, ular yaxshi o'yin o'tkazishdi.

Bu sovrin ko'p narsani anglatadi. Biz ko'p narsalarni o'zgartirdik, yangi davr keldi, bizda yangi murabbiy bor... Himoyani o'zgartirdik va bu juda yaxshi natijalar bermoqda. Men biz borayotgan yo'nalishdan baxtliman va yuqori kayfiyatdaman.

Marselo - buyuk, afsona. Biz uning xizmatlarini tan olamiz. Uni turib olqishlaganlaridan mamnunman. U yoshligidan barchasini yutishni o'rgandi.

"Real" azosi sifatida 60 yillik yubileyimni nishonlayapman. Men Santyago Bernabeu o'rnatgan tamoyillarga mos ravishda ishlayapman. "Real" - global brend, dunyoning barcha qismlarida madridistlar bor. Barchadan ko'ra ushbu klubda eng ko'p muxlis bor", - deydi Peres.

Eslatib o'tamiz, "Real" o'z tarixidagi 95-sovrinni qo'lga kiritdi, "Barselona"da esa 96ta titul bor. Poyga davom etadi!

BestMaster
17 Yanvar 2022, 14:15
florentino, peres, real, global, brend, bizda, muxlis, klubda, yangi, davr, boshlandi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads