Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

JCh—2018 saralashi. Krishtianu Ronaldu Portugaliya termasi safida gol urolmadi

Portugaliya JCh—2018 saralashining Vengriyaga qarshi safar o'yinida 3 ochkoni qo'lga kiritdi.

.
- Yuklab olish

Sakkiz turdan buyon Shveytsariya terma jamoasini quvib eta olmayotgan Evropaning amaldagi chempioni Portugaliya, JCh—2018 saralashining Vengriyaga qarshi safar o'yinida 3 ochkoni qo'lga kiritdi.

Mazkur bellashuvdagi yagona gol Andre Silva tomonidan urildi. Bunga qadar 7 uchrashuvda 14 ta gol urishga erishgan va saralash to'purari bo'lib turgan Krishtianu Ronaldu Vengriyaga qarshi to'liq o'ynagan bo'lsa-da, gol urishga muvaffaq bo'la olmadi.

Ronaldu Shveytsariyaga qarshi kechgan 1-turda maydonga tusha olmagan va o'sha uchrashuvda Portugaliya 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Shundan keyin 7 ta o'yinda portugallar zafar quchdi va Krishtianu ularning har birida gol urishga erishdi.

Shveytsariya esa o'zining g'alabali yurishini davom ettirib, peshqadamligini saqlab qoldi.

JCh—2018. Saralash
«B» guruhi. 8-tur
3 sentyabr, yakshanba
Farer orollari— Andorra 1:0
Gol: Gilli Serensen, 32 (1:0).

Vengriya — Portugaliya 0:1
Gol: Andre Silva, 48 (0:1).
Chetlatish: Tomash Prishkin, 30 (V).

Latviya — Shveytsariya 0:3
Gollar: Xaris Seferovich, 9 (0:1). Blerim Jemayli, 55 (0:2). Rikardo Rodriges, 58-pen (0:3).
Noaniq penalti: Blerim Jemayli, 32 (Sh).

 

BestMaster
4 Sentabr 2017, 10:40
jch—2018, saralashi, krishtianu, ronaldu, portugaliya, termasi, safida, urolmadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads