Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Ronaldu "Volfsburg"ga qarshi o'yin oldidan yonimga kelib, uchta gol urishini aytgandi va u buni bajardi". "Real" sobiq murabbiyi 2015/16 yilgi ECHLni esladi

Ronaldu o'shanda qahramonga aylangandi.

.
- Yuklab olish

"Real Madrid"  sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidanning yordamchisi David Bettoni 2015-2016 yilgi CHempionlar Ligasini esladi. O'shanda "Real" chorak finalning birinchi o'yinida 2:0 hisobida "Volfsburg"ga mag'lub bo'lgandi. Ammo, javob uchrashuvida Krishtianu Ronaldu xet-trik qayd etib, jamoani keyingi bosqichga olib chiqqandi. Yakunda "Real Madrid" CHempionlar Ligasi g'olibiga aylangandi.

"Volfsburg" ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, Zidan jamoa ruhini ko'taruvchi so'zlarni topa olgandi: "Oldimizda 90 daqiqa bor. "Volfsburg"dek unchalik ham tajribali bo'lmagan jamoa, agar biz tezkor gol ursak, "Santyago Bernabeu"da o'z-o'zidan sochilib ketadi". 

Men o'shanda o'yinchilarimizning etakchilik qobiliyatiga ham tan bergandim. Ronaldu, Ramos, Marselo, Pepelar bilan murabbiy jamoaga tezda ishtiyoqni qaytara olardi. 

Masalan, o'sha o'yindan bir kun oldin, men mashg'ulotlardan so'ng Ronaldu bilan suhbatlashgandim. U menga: "Ertaga uchta gol uraman", -degandi. Men esa: "Bunga faqat sen qodirsan", -deb javob qaytargandim. Ronaldu vadasida turib uchta gol urdi va jamoani keyingi bosqichga olib chiqdi. O'shanda biz CHempionlar Ligasini yutishimizga amin bo'lgandik", -deydi David Bettoni.

BestMaster
12 Yanvar 2022, 00:00
ronaldu, volfsburgga, qarshi, oyin, oldidan, yonimga, kelib, uchta, urishini, aytgandi, buni, bajardi, real, sobiq, murabbiyi, 2015/16, yilgi, echlni, esladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads