Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Agar Uels mundialga chiqa olmasa, Beyl faoliyatini yakunlashi mumkin

"Real Madrid" vingeri Garet Beylning kelajagi borasidagi qarori Uels terma jamoasining natijalariga bog'liq bo'ladi.

.
- Yuklab olish

Manbaning xabariga ko'ra, Madrid klubi va 32 yoshli futbolchi o'rtasida yangi shartnoma borasida muzokaralar olib borilmayapti. Amaldagi kelishuv 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Beyl shartnomasi yakuniga qadar "Real"da qolishi kutilmoqda.

Uning kelajagi Uelsning JCH-2022 pley-off bosqichida qanday ishtirok etishiga bog'liq. Eslatib o'tamiz, jamoaning pley-off yarim finalidagi raqibi Avstriya terma jamoasi bo'ladi.

Uels 2022 yilgi jahon chempionatiga yo'l olsa, u holda Beyl dekabrdagi turnirga tayyorgarlik ko'rish uchun yozda yangi klub izlaydi. Garetning grand jamoaga o'tishi dargumon.

Agar Uels mundialda ishtirok etmasa, Beyl faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu qarorning sabablaridan biri futbolchining o'zini allaqachon moliyaviy jihatdan taminlab bo'lganligi bo'lishi mumkin.

Yarim himoyachi "Real"da 2013 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Klub tarkibida u to'rt marta CHempionlar ligasida va ikki marta La Ligada g'olib chiqdi.

BestMaster
7 Yanvar 2022, 21:45
uels, mundialga, chiqa, olmasa, beyl, faoliyatini, yakunlashi, mumkin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads