Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Real" yangi yilni mag'lubiyatdan boshladi

La Liga 19-turidan o'rin olgan "Xetafe" - "Real Madrid" bahsi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Xetafe" – "Real Madrid"2 yanvar, 18.00, "Koliseum Alfonso Peres"stadioniGol: 1:0 – 9 Unal.

"Xetafe" – Soriya, Suares, Mitrovich, Kabako (Nom, 83), Kuenka, Olivera, Maksimovich, Arambarri, Alenya (Florentinu, 74), Sandro Ramires (Mata, 64), Unal (Yankto, 83).

"Real Madrid" – Kurtua, Alaba, Militao, Mendi (Marselo, 46), Modrich, Kroos (Isko, 85), Kazemiro, Vaskes (Peter, 85), Benzema, Asensio (Azar, 46), Rodrigo (Mariano Dias, 67).

Ogohlantirish: Rodrigo (21), Suares (56), Arambarri (82), Kazemiro (87), Olivera (90).

Getafe

Enes Unal - 9'

LaLiga . 19-tur

02/01/2022, 18:00

0 : 1 Tugadi

Real Madrid

Stadion: Coliseum Alfonso Perez, 11890 tomoshabin

Bosh hakam: Mario Melero

45' 90' 9'  Enes Unal56'  Damian Suarez64'  Sandro Ramirez (Jaime Mata)74'  Carles Alena (Florentino Luis)82'  Mauro Arambarri83'  Enes Unal (Jakub Jankto)83'  Erick Cabaco (Allan Nyom)90'  Mathias Olivera22'  Rodrygo41'  Carlo Ancelotti46'  Marco Asensio (Eden Hazard)46'  Ferland Mendy (Marcelo)67'  Rodrygo (Mariano Diaz)85'  Lucas Vazquez (Peter Gonzalez)85'  Toni Kroos (Isco)87'  Casemiro Match-senterda ochish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

 YANGILASH

Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi. Biroq bugun "Real"ni kuni emas ekan. O'z navbatida "Xetafe" futbolchilari mardonavor kurashganliklarini va natija uchun barcha ishni qilganliklarini qayd etib o'tish lozim. 

Mezbonlarning harakatlarini o'yinni cho'zishga urinish deb hisoblagan hakam futbolchilar yana bir daqiqa ko'proq o'ynashlarini ko'rsatib ketdi. 

Sababini bilmaymizku, bugun "Real" umuman o'ziga o'xshamadi. Har holda mavsumning birinchi qismidagi "Real" ochko yo'qotgan o'yinlarida ham bundan ancha yaxshi o'ynagandi. 

90+4-daqiqa. Mariano Dias o'yindan tashqari holatda ekanligi qayd etildi. 

90+2-daqiqa. "Real" qanchalar shoshmasin chinakamiga hujumga o'ta olmayapti.  

90-daqiqa. Hakam o'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.  

90-daqiqa. Standart. Modrichdan uzatma va Isko bosh bilan zarba yo'llagandi, posbon ishonchli harakat qildi.   

89-daqiqa. Benzemadan noaniq pas hujumni uzilib qolishiga sabab bo'ldi.   

87-daqiqa. Ogohlantirish! Bu safar raqib hujumini to'xtatish Kazemiroga qoldi va u fol ishlatdi. 

"Xetafe" qarshi hujumga o'tib ketishiga Alaba yo'l qo'ymadi. 

85-daqiqa. O'zgarish! Lukas Vaskes va Toni Kroos o'rniga Piter va Isko tushirildi. 

Yana fol, yana Azar jabrlanuvchi rolida. 

83-daqiqa. O'zgarish! Enes Unal o'rniga Yakub Yankto, Kabako o'rniga esa Nom o'yinga qo'shildi.

Lukas Vaskes o'yindan tashqari holatda qolganligi qayd etildi. 

81-daqiqa. Ogohlantirish! Azarni ayab o'tirishmayapti. Aranbari sariq kartochka ishlab oldi. 

77-daqiqa. Kroosning kuchli zarbasidan keyin to'p himoyachining boshiga tegdi, hakam darhol o'yinni to'xtatdi. 

75-daqiqa. "Real" raqibni jarima maydonchasiga "qamab qo'ydi".

72-daqiqa. Azarga nisbatan qo'pol harakat uchun jarima zarbasi belgilandi. Alabaning urinishi ko'ngildagidek chiqmadi. 

70-daqiqa. Marselo jarima maydonchasi ichida raqib futbolkasidan tortgani tufayli to'xtab, penalti so'radi, biroq hakam boshini chayqagancha teskari qarab ketdi. 

68-daqiqa. Xavfli vaziyat. "Real" futbolchilari o'ngdan jarima maydonchasiga yorib kirishdi, lekin Benzemaning oxirgi zarbasi qovushmadi.  

67-daqiqa. O'zgarish! Rodrigo o'rniga Mariano Dias o'yinga qo'shildi. 

66-daqiqa. Lukas Vaskes to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

Kroos anchadan buyon bunchalik noaniq to'p oshirishini amalga oshirmagandi. Bu erda sheriklari ham uni tushunmaganini takidlash lozim, germaniyalikning rejasiga ko'ra, uzoq burchakka kimdir borishi kerak edi. 

65-daqiqa. O'zgarish! Sandro Ramires o'rnini Xayme Mataga bo'shatib berdi. 

64-daqiqa. Azarga nisbatan fol. Qulay nuqtadan jarima zarbasi. 

63-daqiqa. David Alaba oldinroqqa o'tdi va tushunarsiz uzatmani amalga oshirdi. 

61-daqiqa. Kuenka Benzemaning oyog'iga zarba berib yubordi.  

59-daqiqa. To'pni nazorat qilish orqali "Xetafe" raqib shashtini tushirishga urinyapti. 

57-daqiqa. Luka Modrich jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berib ko'rdi, darvozabon o'z o'rnida.

56-daqiqa. Ogohlantirish! Benzemaga nisban qo'pollik uchun Daiman Suaresga kartochka ko'rsatildi.

55-daqiqa. Sandro Ramires katta tezlikda oldinga qarab bordi va zarba yo'lladi, Tibo o'z o'rnida. 

53-daqiqa. Eden Azar o'yin qoidasini buzdi deb topildi. 

52-daqiqa. Rodrigo o'rnidan turdi. O'yin davom etadi. 

Rodrigoga yordam ko'rsatilmoqda. O'yinda pauza yuzaga keldi. 

50-daqiqa. Marseloning noaniq uzatmasidan keyin raqib xavfli qarshi hujumga qochib ketishi mumkin edi, biroq Alaba "podkatda" to'pni jamoasiga qaytarib berdi.  

48-daqiqa. Uzatmada adashgan Rodrigo to'pni yo'qotilishga sababchi bo'ldi, lekin "qaymoqranglilar" uni tezda qaytarib olishdi.  

Darhol hujumga o'tgan "Real" burchak zarbasi ishlab oldi. Ammo ish zarbagacha etib bormadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni "Xetafe" boshlab berdi.  

Futbolchilar maydonga qaytmoqda. Mezbonlar tarkibida o'zgarishlar. Marko Asensio va Ferlan Mendi o'rniga Marselo v

BestMaster
2 Yanvar 2022, 20:15
liga, real, yangi, yilni, maglubiyatdan, boshladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads