Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ryudiger "Real"ga o'tishi kutilmoqda, klub unga so'raganidek maosh berishga tayyor

"CHelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.

.
- Yuklab olish

"The Telegraph" xabariga ko'ra, "qirollik klubi" futbolchilari 28 yoshli futbolchining yozda erkin agent sifatida o'tishini kutishmoqda. Oldinroq "CHelsi" germaniyalikka haftasiga 140 ming funt maoshlik shartnoma taklif qilganida futbolchi rad javobini bergan va muzokaralar to'xtab qolgandi. Antonio klubdan 2 baravar ko'proq maosh so'ragandi. "Real" esa ushbu summani to'lashga tayyor turibdi.

"CHelsi" futbolchini saqlab qolishni istamoqda. Ammo bunday katta maosh futbolchilar orasida kelishmovchiliklar kelib chiqarishini inobatga olib, Ryudigerdan narxni tushirishni so'ragan.

Ushbu mavsumda centrbek "CHelsi" tarkibida 23 o'yinda qatnashib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.

BestMaster
26 Dekabr 2021, 16:00
ryudiger, realga, otishi, kutilmoqda, klub, unga, soraganidek, maosh, berishga, tayyor,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads