Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Real Madrid" autsayder darvozasiga yo'l topa olmadi

Ispaniya chempionatining 18-turidan o'rin olgan "Real Madrid" - "Kadis" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Real Madrid" – "Kadis" 0:0 "Santyago Bernabeu" o'yingohi

"Real Madrid" – Kurtua, Alaba, Militao, Mendi (Nacho, 82), Kroos, Kazemiro, Valverde (Yovich, 70), Vaskes, Benzema, Azar, Vinisius Junior.

"Kadis" – Ledesma, Akapo, Kala, Fali Ximenes, Espino, Alexo (CHapela, 71), Yonsson (Bastida, 85), Alarkon (Markos Mauro, 90), Aleks Fernandes, Losano (Negredo, 46), Sobrino.

Ogohlantirishlar: Kazemiro (26), Kala (64).

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH

60-daqiqa. Akapo "Real"ning hujumdagi uzligi kombinaciyasi gol bilan yakunlanishiga yo'l qo'ymadi. 

55-daqiqa. Toni Kroos uzatgan to'pni Eden Azar  darvozaga to'g'rilab yubormoqchqch edi, ammo kiper o'z o'rnida. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+1-daqiqa. Toni Kroosning yo'llagan zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi va hakam jamoalarni tanffusga taklif qildi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi. Mezbonlar bunday qarordan norozi. 

44-daqiqa. Entoni Losano to'pga etolmagach, Militaoga nisbatan qo'pollik ishlatayotganida o'zi jarohat orttirib olganga o'xshaydi. Futbolchi yordamga muxtoj bo'lib, maydonda yotibdi.  

40-daqiqa. Kazemiroga nisbatan Ruben Sobrino qoida buzdi. Ushbu kontakt hakamning yonginasida ro'y berdi.  

35-daqiqa. To'pga nimadir bo'ldi va u yaroqsiz holatga kelib qoldi. Natijada "o'zgarish" yuz berdi. 

32-daqiqa. Vaskes jamoadoshi Azardan uzatmadagi xatosi uchun uzr so'rab qo'ydi. 

31-daqiqa. Militao to'pga chiqib kelayotgan darvozabonga borib urildi va hakamning hushtagi chalindi. 

30-daqiqa. Eden Azarga nisbatan qoida buzildi. Jarima zarbasini Toni Kroos amalga oshiradi. 

30-daqiqa. Mayda follar ko'payib ketayotgandek. 

27-daqiqa. Militao raqib hujumchisini to'p uchun kurashda "eb yubordi". 

26-daqiqa. Ogohlantirish! Kazemiro raqibning keskin qarshi hujumini to'xtatish uchun ochiqchasiga tashlanib, qoidani buzdi. 

23-daqiqa. Fede Valverdening kuchli zarbasidan keyin to'p darvoza to'qqizligiga ketayotgandi, kiper ham chiroyli seyv amalga oshirdi. Burchak zarbasi

21-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda. 

20-daqiqa. Qanotdan uzatilgan to'pni Kurtua egallab olmoqda. 

18-daqiqa. Ferlan Mendining o'ng oyoqda bergan zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.  

17-daqiqa. Vinisiusning ajoyib pasidan keyin Benzema zarba uchun qulay vaziyatga chiqib bordi, uning urinishini darvozabon qaytardi, keyin esa Vaskes va Valverde zarba yo'llay olishmadi.  

15-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Toni Kroos zarba bilan yakunlashga qaror qildi, lekin germaniyalik yo'llagan to'p ancha yuqoriga yo'l oldi.  

13-daqiqa. Ketma-ket ikki bor mezbonlar vakillari yiqilganida hakam qoida buzilmadi deb topdi va "Kadis" futbolchisi yiqilganda, Militao qoidani buzdi deb topgani "Real" futbolchilariga umuman yoqmadi. 

10-daqiqa. Karlos Akapo o'tkir burchakdan kuchli zarba yo'lladi, lekin to'p darvozadan yuqoriroqdan o'tib ketdi. 

Uzatmadan keyin "Real" qarshi hujumga qochib ketishi mumkin edi, biroq Vaskes to'pni sherigiga etkazib bera olmadi. Oqibatda mehmonlar yana burchak zarbasi ishlab olishdi.  

8-daqiqa. Endi "Kadis" burchakdan to'pni o'yinga kiritadi. 

Burchakdan uzatilgan to'pni Valverde to'xtatib o'tirmay, darvozaga yo'lladi, noaniq...

7-daqiqa. Ilk xavfli vaziyat mehmonlar darvozasi oldida yuzaga keldi. Vinisiusning zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi. 

6-daqiqa. "Real" chap qanotdan hujum uyushtirdi, lekin himoyachilar ishonchli harakat qilib, to'pni darvozabon egallab olishini taminlashdi. 

3-daqiqa. "Kadis" hujumga o'tishga urindi, ammo to'p oshirishdagi xato sabab urinish oxiriga etmay qoldi.

"Real" darhol to'p nazoratini o'z qo'liga olmoqda. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. 

"Real Madrid" — "Kadis"

"Real Madrid" – Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Kroos, Kazemiro, Valverde, Vaskes, Benzema, Azar, Vinisius Junior.

"Kadis" – Ledesma, Akapo, Kala, Fali Ximenes, Espino, Alexo, Yonsson, Alarkon, Aleks Fernandes, Losano, Sobrino.

Real Madrid

LaLiga . 18-tur

20/12/2021, 01:00

0 : 0 Tugadi

Cadiz

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 38818 tomoshabin

Bosh hakam: Jaime Latre

45' 90' 26'  Casemiro70'  Federico Valverde (Luka Jovic)82'  Ferland Mendy (Nacho Fernandez)46'  Anthony Lozano (Alvaro Negredo)64'  Juan Cala71'  Ivan Alejo (Ivan Chapela)85'  Jens Joensson (Alvaro Bastida)90'  Tomas Alarcon (Marcos Mauro) Match-senterda ochish

BestMaster
20 Dekabr 2021, 07:45
liga, real, madrid, autsayder, darvozasiga, topa, olmadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads