Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Tibo Kurtua "Atletiko"ga qarshi o'yindan keyin nimalar dedi?

"Real" darvozaboni Tibo Kurtua Madrid derbisidan keyin taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

"Ajoyib o'yin bo'lib o'tdi. Biz o'yinni nazorat qildik, chiroyli gollar urdik va turli holatlarga tezkor munosabat bildirdik. Biz har bir raqibni sinchiklab o'rganib chiqamiz va hozircha, o'zimizdan talab qilinayotgan vazifalarni yaxshi uddalayapmiz. gap yaxshi jismoniy holatda bo'lishda va murabbiy so'ragan vazifalarni to'liq bajarishda".

"Biz yaxshi himoyalandik va qatorasiga to'rtinchi bor quruq o'yin o'tkazdik. Katta ishni bajardik va shu ruhda davom etishimiz zarur. Endi bizni "Kadis" bilan o'yin kutib turibdi. Bu bellashuvga tayyorgarlik ko'rish uchun ko'proq vaqtimiz bo'ladi. Raqibning jadvaldagi o'rni deyarli hech nimani anglatmaydi, o'yin qiyin bo'lishi aniq".

"Vinisius jamoaga kelganida 18 yoshda edi va u yaxshi futbolchi ekanligini bilardik. Bazan u xatolarga yo'l qo'ydi, lekin ishlashdan to'xtamadi. Tabiiyki, u kuchayib bormoqda va o'yindan-o'yinga tajribasi ortmoqda".

"Kroos va Modrich ajoyib harakat qilishdi. Ayniqsa ular raqibning pressingidan qanchalik oson chiqib ketishgani va chiziqlar o'rtasida yaxshi o'yin ko'rsatilganini takidlash lozim. Muhimi biz bundan qo'rqmadik".

"Ikkinchi va uchinchi o'rindagi raqiblarni ham hurmat qilishimiz zarur. "Sevilya" va "Betis" yaxshi o'yin ko'rsatmoqda va bor yo'g'i bir necha ochkoga ortda qolmoqda. "Atletiko" va "Barselona" bilan farqni kattaligi yaxshi, lekin La Ligadagi poyga davom etadi".

BestMaster
13 Dekabr 2021, 12:15
kurtua, atletikoga, qarshi, oyindan, keyin, nimalar, dedi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads