Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Simeone: “Real”ning o'yini menga yoqmoqda”

La Liga 17-turi doirasida o'tgan “Real” – “Atletiko” bahsidan (2:0) keyin mehmonlar ustozi Diego Simeone o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

.
- Yuklab olish

“Futboldagi qatiyatlik – eng muhim jihatlardan biri va “Real” hozir bu borada benuqson. Ular gol urgan vaqtda, o'yin o'zgarmoqda. 2-taym boshida bizda imkoniyatlar bo'ldi, ammo keyin ular ajoyib tarzda ikkinchi golni urishdi.

O'yinga Portugaliyadagi psixologik kuchli stressdan keyin etib keldik. “Real” to'pni nazorat qildi, ammo ko'p vaziyatlar yaratmadi, goldan keyin esa uchrashuv o'zgardi.

CHempionat uzoq davom etadi, bugun peshqadam bilan oramizda jiddiy farq bor edi va hozir jadvalda yonimizda turgan jamoalarga qarab, o'yindan o'yinga borishimiz lozim.

Ayni payt “Real” juda mukammal ko'rinishda, menga bunday futbol yoqadi. Hozircha ular chempionatda juda zo'r o'ynashmoqda”, deydi argentinalik.

BestMaster
13 Dekabr 2021, 08:00
simeone, “real”ning, oyini, menga, yoqmoqda”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads