Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Real Madrid" - "Atletiko Madrid" 1:0 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan "Real Madrid" - "Atletiko Madrid" uchrashuvi start oldi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin. 

YANGILASH

25-daqiqa. Imkoniyat bo'lib qolganidan foydalangan Militao chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi, lekin to'p darvozadan ancha yuqorilab o'tib ketdi.  

25-daqiqa. Dastlabki 25 daqiqadan shuni xulosa qilish mumkinki, "Atletiko" kuchli pressing evaziga nimadirga erishish niyatida, "Real"da esa o'z navbatida qanot futbolchilari Vinisius va Marko Asensio bazi vaziyatlarda ikkalasi bir qanotda paydo bo'lib nimalardir qilib tashlamoqda. 

24-daqiqa. "Real" yana to'p bilan raqib jarima maydoni yaqinida. 

22-daqiqa. Toni Kroosning uzatmasi noaniq ketdi. 

20-daqiqa. Benzema vaqtida himoyachilarga yordamga keldi va to'p olib qo'yildi.

19-daqiqa. Mehmonlar vakili o'yindan tashqari holatda. 

18-daqiqa. Endi o'yin yanada qiziqarli ruhda o'tishi turgan gap. Sababi gol o'tkazib yuborgan "Atletiko" endi himoyada ortiqcha "yopilib olmaydi".

16-daqiqa. GOOOOOOOL! Karim Benzema Vinisiusning uzatmasidan keyin hisobni ochmoqda! Juda chiroyli gol urildi. 

15-daqiqa. Kazemiro uzoq masofaga uzatma bilan Benzemani qulay nuqtaga chiqarishga urinib ko'rdi.  

14-daqiqa. Uzoq davom etgan hujum burchak zarbasi bilan davom etadigandek edi, ammo hakam to'p oxirgi bo'lib Vinisiusning oyog'iga tekkanini takidladi. 

13-daqiqa. Modrich to'pni yo'qotdi, lekin mehmonlar ham ko'ngildagidek hujum uyushtira olmadi. 

11-daqiqa. Mezbonlar o'yindagi ilk burchak zarbasini amalga oshirishadi. Toni Kroosning uzatmasidan Militao yanada uzoqroqqa o'tkazib yuborgan to'pga zarba beradigan futbolchi topilmadi.   

10-daqiqa. Vinisius Junior bugungi o'yinda birinchi marta qanotdan oldinga o'tdi, bir raqibini aldadiyu, keiyn to'xtashga qaror qildi.

9-daqiqa. "Atletiko"ning yana bir urinishi oxiriga etmay qoldi.  

7-daqiqa. David Alaba to'p uchun kurashda Korreaga nisbatan qo'pol o'ynadi deb topdi hakam.  

6-daqiqa. Ferlan Mendi bu safar Markos Lorentega umuman imkon qoldirmadi va qo'shimchasiga to'pni "Atletiko" futbolchisiga tegib, maydonni tark etishini taminladi. 

4-daqiqa. "Real"ning hujumi oxiriga etmay qoldi. Javob hujumida esa Kunya to'pni Karvaxaldan olib qo'yib, zarba yo'lladi, ammo noaniq.   

2-daqiqa. Lorente qanotdan uzatmani amalga oshirdi, lekin Kunya to'pga eta olmadi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Va u qoida buzilishidan boshlandi. Anxel Korrea to'p o'rniga Kroosni tepib o'tib ketdi. 

Bellashuv boshlanishidan avval Vinisiusga "Oyning eng yaxshi futbolchisi" uchun atalgan sovrin topshirildi. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari. 

"Real Madrid" — "Atletiko Madrid"

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Kazemiro, Benzema, Asensio, Vinisius Junior.

Atletiko – Oblak, Kondogbia, Felipe, Ermoso, Karrasko, Koke, de Paul, Lorente, Korrea, Grizmann, Mateus Kunya.

Real Madrid

Karim Benzema - 16'

LaLiga . 17-tur

13/12/2021, 01:00

0 : 1 1-bo'lim

Atletico Madrid

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu

Bosh hakam: Antonio Mateu

BestMaster
13 Dekabr 2021, 01:30
live , liga, real, madrid, atletiko, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads