Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

ECHL. "Real Madrid" kamchilikdagi "Inter"ga umuman imkon qoldirmadi

ECHL 6-turi doirasida "Real Madrid" - "Inter" uchrashuvi davom etmoqda.

.
- Yuklab olish

"Real Madrid" – "Inter" 2:0 "Santyago Bernabeu" o'yingohiGollar: 1:0 – 17 Kroos, 2:0 – 79 Asensio.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos (Valverde, 78), Kazemiro (Kamavinga, 71), Yovich (Mariano Dias, 78), Vinisius Junior (Azar, 81), Rodrigo (Asensio, 78).

"Inter" – Xandanovich, Dumfris (Dimarko, 46), D`Ambrozio, SHkrinyar, Bastoni, Perishich, Brozovich (Vidal, 60), CHalxanoglu (Vesino, 60), Barella, Djeko (Sanches, 60), Martines (Galyardini, 66).

Ogohlantirishlar: D`Ambrozio (54), Militao (64), Bastoni (74).

CHetlatish: Barella (64).

Real Madrid

Toni Kroos - 17', Marco Asensio - 79'

Champions League Grp. D . 6-tur

08/12/2021, 01:00

0 : 2 Tugadi

Inter

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu

Bosh hakam: Felix Brych

45' 90' 17'  Toni Kroos17'  Rodrygo64'  Eder Militao71'  Casemiro (Eduardo Camavinga)78'  Rodrygo (Marco Asensio)78'  Toni Kroos (Federico Valverde)78'  Luka Jovic (Mariano Diaz)79'  Marco Asensio79'  Daniel Carvajal81'  Vinicius Junior (Eden Hazard)46'  Denzel Dumfries (Federico Dimarco)54'  Danilo D'Ambrosio60'  Hakan Calhanoglu (Matias Vecino)60'  Marcelo Brozovic (Arturo Vidal)60'  Edin Dzeko (Alexis Sanchez)64'  Nicolo Barella66'  Lautaro Martinez (Roberto Gagliardini)74'  Alessandro Bastoni Match-senterda ochish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

Bo'ldi, Feliks Brix ham vaziyatni tushundi va ikkinchi bo'limga biror daqiqa qo'shib o'tirmaslikni lozim topdi. 

90-daqiqa. "Real" mashg'ulot o'tkazayotgandek harakat qilmoqda. To'pni uyoqdan-buyoqqa oshirib, nazorat qilishmoqda. 

89-daqiqa. Alaba osonlik bilan Vesinoni quvlab etib, to'pni ilib ketdi.  

85-daqiqa. Perishich burchak zarbasini amalga oshirdi, Brozovich to'pni darvoza tomon yo'llay bildi, lekin Kurtua o'z o'rnida.   

83-daqiqa. Ana endi chamasi "Inter" taqdirga tan berdi. 

81-daqiqa. O'zgarish! Vinisius o'rniga Eden Azar tushdi. 

79-daqiqa. GOOOOOOOL! Tarifga so'z ojiz degan joyidan... Hozirgina maydonga tushgan Marko Asensio daxshatli zarba yo'lladi va juda chiroyli gol muallifiga aylandi.   

78-daqiqa. O'zgarishlar! Rodrigo o'rniga Marko Asensio, Kroos o'rniga Valverde, Luka Yovich o'rniga esa Mariano Dias o'yinga qo'shilmoqda.   

75-daqiqa. Alaba taktik fol ishlatishga majbur bo'ldi.  

74-daqiqa. Ogohlantirish! Luka Yovichga nisbatan fol uchun Bastoni kartochka ishlab oldi.  

73-daqiqa. Kamchilikda bo'lishiga qaramay, "Inter" taslim bo'lmayapti.  

71-daqiqa. O'zgarish! Eduardo Kamavinga Kazemironi alishtiradi.   

70-daqiqa. Rodrigo ancha o'tkir burchakdan kuchli va muhimi aniq zarba yo'llay oldi, Samir Xandanovich jamoasini qutqardi.  

68-daqiqa. Ivan Perishichning uzatmasidan keyin Dimarko boshi bilan zarba berdi, Kurtua o'z o'rnida.   

68-daqiqa. Son jihatidan ham ustunlikka ega bo'lib qolgan "Real" yanada erkin harakat qila boshladi.  

66-daqiqa. O'zgarish! Lautaro Martines o'rniga Roberto Galyardini maydonga tushirildi.  

66-daqiqa. Vinisius jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi, noaniq. 

64-daqiqa. QIZIL! Yiqilganidan keyin raqibining oyog'iga qo'li bilan zarba bergani uchun bosh hakam Nikolo Barellaga qizil kartochka ko'rsatdi.   

62-daqiqa. Militao va Barella o'rtasida to'qnashuv, uning oqibatida janjal kelib chiqdi... 

60-daqiqa. O'zgarishlar! Jeko, CHalxanoglu va Marselo Brozovich o'rniga Aleksis Sanches, Matias Vesino, Arturo Vidal o'yinga qo'shildi. 

59-daqiqa. Eder Militao hozir Lautaro Martinesga zarba berishga imkon qoldirmadi. 

58-daqiqa. Maydon tashqarisiga chiqib ketayotgan to'pni Martines o'yinda olib qoldi, oqibatda "Inter" darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi. Kazemironing zarbasidan keyin Xandanovich to'pni egallab oldi.

56-daqiqa. Milan SHkrinyar Vinisiusga nisbatan qanday o'ynash kerakligini jamoadoshlariga ko'rsatib qo'ydi, ammo keyin to'pni maydonda saqlab qola olmadi. 

54-daqiqa. Ogohlantirish! Vinisiusni to'xtatib qololmagan Danilo D'Ambrozio qoidani buzdi deb topildi va sariq kartochka ko'rsatildi.  

53-daqiqa. "Real"ning burchak zarbasi "Inter"ning xavfli hujumi bilan yakunlanishiga sal qoldi.

49-daqiqa. Danilo D'Ambrozio to'pga eta olmagach, qo'pol harakat bilan Kazemironi to'xtatdi. Braziliyalik futbolchi yordamga muxtoj bo'lib yotibdi.   

48-daqiqa. Nikolo Barella qulay imkoniyatdan zarba berdi, ammo juda noaniq.   

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni mehmonlar boshlab berishdi. 

O'zgarish! Inzagi tanaffusdayoq futbolchi almashtirishga qaror qildi. Denzel Dumfris o'rniga o'yinni Dimarko davom ettiradi.

Bo'ldi, germaniyalik hakam taktik va yakka kurashlarga boy bo'lgan birinchi bo'limga umuman vaqt qo'shmaslikka qaror qildi.  

Imkoniyat borligidan foydalanib, Kazemiro ham nozik uzatmalarni amalga oshirmoqda. Rodrigo esa yana mo'ljalda biroz adashdi. Vaholanki undan uzatma kutayotgan bir nechta sheriklari ham bor edi.   

45-daqiqa. Bo'limning so'nggi daqiqalarida tezlikni yuqoriroq darajaga ko'tarishi oqibatida "Real" italiyaliklarni jarima maydonchasiga "qamab" qo'ydi.   

43-daqiqa. Denzel Dumfris yana qanotda qoidani buzdi. Bu safar Mendi jabrlanuvchi rolida.

41-daqiqa. Birinchi bo'limda "Inter" to'p nazorati bo'yicha ustunlikka ega bo'lmoqda. Hozir ham Inzagi shogirdlari to'p bilan va raqib himoyasini yorib o'tish yo'llarini izlashmoqda.   

39-daqiqa. To'pni olib qo'ygan "Real" futbolchilari tezkor qarshi hujumga qochib ketishdi, hujum qilayotganlar son jihatdan ustunlikka ham ega bo'layotgandek tasavvur uyg'ondi, ammo Kroosning jarima maydonchasi ichidagi Yovichga uzatmasini Bastoni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.     

38-daqiqa. Dumfris to'p uchun kurashda qoidani buzdi deb topildi. Futbolchi bunday qarordan norozi.   

36-daqiqa. "Real"dan xavfli qarshi hujum. Luka Yovich farqni ikkitaga oshirishiga birozgina aniqlik etishmadi. 

34-daqiqa. "Inter" ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirdi. Uzatmalardan biridan keyin Ivan Perishich chalqancha uslubda zarba berdi, biroz noaniq.   

31-daqiqa. Karvaxal sabab navbatdagi burchak zarbasi amalga oshiriladi. Turkiyalik vingerning uzatmasidan keyin Perishich zarba berishga imkon topdi, lekin mo'ljalda biroz adashdi.   

30-daqiqa. Brozovichning zarbasi yo'liga Kazemiro to'g'anoq bo'ldi.   

Xakan CHalxanogluning zarbasidan keyin to'p darvozadan ancha yuqorilab o'tib ketdi. 

29-daqiqa. Vinisius o'ta xavfli tus olayotgan qarshi hujumni yo'qqa chiqardi.  

27-daqiqa. Uzatmadan keyin Milan SHkrinyar zarba bera olgandi, ammo Kroos to'pni egallab, jamoasi darvozasidan uzoqlashtirdi. 

26-daqiqa. Mezbonlar himoyada ham ancha xotirjam o'ynashmoqda. Bu safar ham to'p shunchaki maydon tashqarisiga chiqarib yuborildi.  

25-daqiqa. Edin Jeko darvozaga yo'llagan to'pini Tibo Kurtua chiziq ustida egallab oldi.   

23-daqiqa.  Vinisius jarima maydoniga yorib kirdi ikki raqibini chalg'itib, o'rtadan o'tib ketayotganida yiqildi, ammo hakam Dumfris qoidani buzmadi deb hisobladi. 

22-daqiqa. Markazga yaqin joyda Vinisiusga nisbatan qo'pollik ishlatildi deb topdi Feliks Brix.   

21-daqiqa. Mehmonlar bu safar ham jarima maydonchasiga yorib kirishdi, ammo bu safar ham to'pni darvozaga aniq yo'llaydigan futbolchi topilmadi.  

19-daqiqa. Karvaxal xavfni bartaraf etib, to'pni maydondan chiqarib yubordi. "Inter" burchak zarbasidan naf chiqara olmadi.  

17-daqiqa. GOOOOOOOL! Toni Kroos mahoratini yana bir bor namoyish qildi. Germaniyalik futbolchi ECHLda mavsumdagi ikkinchi golini urmoqda. 

15-daqiqa. Karvaxalning uzatmasi qovushmadi, oqibatda hujum uzilib qoldi. 

CHalxanogluning uzatgan to'piga zarba bera oladigan futbolchi topilmadi. 

14-daqiqa. Qanotdan uzatilgan to'pni Militao maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak zarbasi. 

13-daqiqa. Yovichning faolligi va uzatmasidan keyin Rodrigo zarba berishga imkon topdi, noaniq. 

12-daqiqa. "Inter" hisobni ochishga juda yaqin keldi. Biroq so'nggi pallada to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.   

10-daqiqa. Mezbonlar to'pni nazorat qilishmoqda. 

8-daqiqa. Nikolo Barella jarima maydonchasiga kirib ketayotganida yiqildi va hakamga Karvaxal qoidani buzdi-ku deya yuzlandi, hakamning fikri qatiy. O'yin davom etadi. 

7-daqiqa. Kutilmaganda Brozovichning zarbasidan keyin to'p darvozaning to'qqizligiga borib tushishiga sol qoldi.  

5-daqiqa. Dani Karvaxal qanotda Perishichga ortiqcha vaqt qoldirmadi va uzatma yo'lini to'sishga erishdi. 

4-daqiqa. Vinisius qanotdan oldinga o'tib ketishiga Barella yo'l qo'ymadi. 

3-daqiqa. "Inter" ham hujum bilan javob berdi. Biroq ketma-ket yo'llangan zarbalarni himoyachilar zararsizlantirishdi. 

2-daqiqa. O'yindagi ilk xavfli vaziyatni Vinisius deyarli yuzaga keltirdi. Qanotdan oldinga o'tib, zarba berdi, ammo hakam to'p SHkrinyarning oyog'iga tegib, maydonni tark etganini payqamay qoldi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi. 

Har ikki klub asosiy tarkib futbolchilari maydonga tushib kelishdi. Endi ECHL madhiyasi jarang sochmoqda. 

Stadion uzra "Real Madrid"ning madhiyasi "¡Hala Madrid. Y nada mas" yangramoqda. 

Ushbu jamoalar o'zaro to'qnashuvda kim guruhni birinchi o'rinda yakunlashini aniqlab olishadi.

Fursatdan foydalanib, barcha uxlamaganlarni 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi qabul qilingan kun bilan muborakbod etamiz! 

BestMaster
8 Dekabr 2021, 03:00
real, madrid, kamchilikdagi, interga, umuman, imkon, qoldirmadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads