Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

ECHL. "Real" yirik g'alabaga erishdi va pley-off yo'llanmasini naqd qildi, "SHerif" - Evropa Ligasiga yo'l oladi

ECHLning 5-turi doirasida "SHerif" - "Real" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"SHerif" (Moldova) – "Real Madrid" (Ispaniya)25 noyabr, 01.00, "SHerif" o'yingohiGollar: 0:1 – 30 Alaba, 0:2 – 45 Kroos, 0:3 – 55 Benzema.

"SHerif" – Atanasiadis, Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos (Nikolov, 60), Till, Bruno (Djulen, 59), Addo, Traore (Kojokaru, 81), Kastaneda (Yansane, 60).

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 64), Alaba (Nacho, 64), Militao, Mendi (Marselo, 60), Modrich, Kroos, Kazemiro (Antonio Blanko, 84), Benzema, Vinisius Junior, Rodrigo (Asensio, 84).

Ogohlantirishlar: Mendi (3), Fernando (28).

FC Sheriff

Champions League Grp. D . 5-tur

25/11/2021, 01:00

3 : 0 Tugadi

Real Madrid

David Alaba - 30', Toni Kroos - 45', Karim Benzema - 55'

Stadion: Sheriff Stadium

Bosh hakam: Szymon Marciniak

45' 90' 29'  Fernando Costanza59'  Bruno Felipe (Keston Julien)59'  Dimitris Kolovos (Boban Nikolov)59'  Frank Castaneda (Momo Yansane)81'  Adama Traore (Maxim Cojocaru)4'  Ferland Mendy30'  David Alaba45'  Toni Kroos45'  Rodrygo55'  Karim Benzema55'  Ferland Mendy61'  Ferland Mendy (Marcelo)65'  David Alaba (Nacho Fernandez)65'  Daniel Carvajal (Lucas Vazquez)84'  Rodrygo (Marco Asensio)84'  Casemiro (Antonio Blanco) Match-senterda ochish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi va "Real" pley-off yo'llanmasini naqd qildi. 

Barcha o'yin tugashini kutayotgandek.

Qo'shib berilgan daqiqalar ham mehmonlar nazoratida o'tmoqda. 

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.  

89-daqiqa. Georgiosdan yana bir seyv! U bu safar Markoning jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan to'pini qaytarishni uddaladi.   

87-daqiqa. Xavfli vaziyat! Marselo-Benzema-Asensio kombinaciyasi ispaniyalikning goli bilan yakunlanishiga Atanasiadis yo'l qo'ymadi.  

86-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda. 

84-daqiqa. O'zgarishlar! Kazemiro va Rodrigo o'rniga Antonio Blanko hamda Marko Asensio maydonga tushdi.    

83-daqiqa. Militao to'pni olib qo'yayotganda qoidani buzdi deb topildi, ammo himoyachi bu fikrga qo'shilmayapti. 

81-daqiqa. O'zgarish! Traore ketdi, uning o'rniga Maksim Kojokaru o'yinga qo'shildi.   

79-daqiqa. To'pga qanchalik intilmasin, Nacho Adama Traoredan chaqqonroq harakat qildi. Biroq hujumchining axvoli yaxshimas... Futbolchi maydonda yotibdi.  

76-daqiqa. Momo Yansane Kazemirga nisbatan qoidani buzdi. 

75-daqiqa. "Real"ning burchak zarbasidan keyin "SHerif" tezkor qarshi hujumga qochib ketishiga Kroos yo'l qo'ymadi.  

73-daqiqa. Oldinda anchayin og'ir taqvim kutib turgan "Real" ortiqcha kuch sarflashni istamayapti, mezbonlar esa taqdirga tan bergandek. O'yin tempi biroz tushdi. 

71-daqiqa. Marseloning o'sha mashhur reydi guvohiga aylandik, lekin oxirgi zarba ko'ngildagidek chiqmadi. 

Sebastyan Til jarima maydonchasi tashqarisidan zarba bergandi, to'p to'singa tegib qaytdi. 

68-daqiqa. CHapdan Keston Julen uzatgan to'pni Traore kuchli zarb bilan darvozaga yo'llagandi, Kurtua qutqardi. 

66-daqiqa. "Real" o'ng qanotdan oldinga o'tishga urinib ko'rdi. Lukas Vaskes darhol o'yinga kirishib ketdi.  

65-daqiqa. O'zgarishlar! Alaba o'rniga Nacho, Dani Karvaxal o'rniga Lukas Vaskes maydonga tushdi. 

63-daqiqa. Sebastyan Tilning burchakdan uzatgan to'pini Gustavo Dulanto darvozaga to'g'rilab yuborishi mumkin edi, unga Kurtua ham halal berolmagandi, lekin mezbonlar etakchisi mo'ljalni aniq nishonga ola bilmadi.  

62-daqiqa. David Alaba hozirgina maydonga tushgan Bobanga nisbatan qo'pollik ishlatdi.  

61-daqiqa. O'zgarish! Imkoniyatdan foydalanib qolay deb Karlo Anchelotti ham Ferlan Mendi o'rniga Marseloni o'yinga tashladi.  

60-daqiqa. O'zgarish! Dimitris Kolovos o'rnini Boban Nikolovga bo'shatib berdi.  

59-daqiqa. O'zgarish! Bruno Souza o'rniga Keston Julen tushdi. 

"Real"ga muxlis bo'lmagan o'zbekistonlik futbol ishqibozlari buyog'iga faqatgina Jasur Yaxshiboev tusharmikin va tushsa, biror samarali harakat amalga oshirib ulgurarmikin deb kutadilar. O'yin taqdiri uzil-kesil hal bo'ldi deb, endi ishonch bilan aytish mumkindek. 

55-daqiqa. GOOOOOOL! Karim Benzemadan dubl! Franciyalik futbolchi chempionatda urmagan gollarini bugun urmoqda.  

54-daqiqa. "Real" navbatdagi hujumni uyushtirmoqda.  

53-daqiqa. Yana fol, bu safar Kroosga nisbatan qoida buzildi.  

52-daqiqa. "Real"ning hujumi Mendining qo'polligi sabab uzilib qoldi.  

50-daqiqa. Har ikki qanotlardan o'tib, markazga etib kelgan to'pga "SHerif" vakili zarba berdi, lekin noaniq. 

48-daqiqa. Dani Karvaxal raqibiga nisbatan qoidani buzdi.

"SHerif" ikkinchi bo'limni faolroq boshlagandek. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Bo'ldi, shu pallada hakam jamoalarni tanaffusga taklif qildi. 

45+1-daqiqa. GOOOOOOOL! Ajoyib kombinaciyani Toni Kroos munosib zarba bilan yakunlab berdi. Mehmonlar birinchi bo'limdayoq farqni ikkitaga oshirib qo'yishdi. Mezbonlar to'p darvoza chizig'ini kesib o'tmagandi deya etiroz bildirganiga javoban hakam maxsus soatini ko'rsatdi.   

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.  

44-daqiqa. Krishtiano to'p uchun kurashda Kroosga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

43-daqiqa. Hozir bir daqiqa ichida har ikki jamoa o'ta xavfli vaziyatga ega bo'lishi mumkin edi, ammo har safar to'p oshirishdagi xatolar sabab himoyalanayotganlar to'pni olib qo'yaverdi. 

41-daqiqa. Himoyachilar hujumda... Ferlan Mendining uzatmasidan Dani Karvaxal gol urishiga santimetrlar etmadi. 

40-daqiqa. "SHerif" vakili oddiy vaziyatda to'pni maydon tashqarisiga yo'lladi. 

38-daqiqa. "SHerif" anchadan buyon birinchi bor katta kuch bilan, ko'pchilik bo'lib hujumga keldi, biroq oxirgi zarbaga aniqlik etishmadi.  

35-daqiqa. "Real" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.  

33-daqiqa. Vinisius to'p raqibga tegib, maydondan chiqib ketganiga ishonchi komil, lekin hakamning fikri boshqacharoq.

30-daqiqa. GOOOOOOL! David Alaba hisobni ochmoqda. To'p yo'l-yo'lakay himoyachi oyog'iga tegib, yo'nalishini biroz o'zgartirgan va bu darvozabonni chalg'itib qo'yganini ham etirof etish zarur.  

28-daqiqa. Kazemiroga nisbatan jarima maydonchasi yonginasida qoida buzildi. Xavfli nuqta va "Real" futbolchilari hisobni ochishi mumkin.

O'z navbatida oldinda "SHerif"dan faqatgina Adama Traore qolyapti va u Alaba-Militao juftligi bilan kurashda ustun kelishi qiyin bo'lyapti. 

26-daqiqa. Bugun mezbonlar Karim Benzema va sheriklariga o'ylashga, qulay imkon yaratishga umuman vaqt qoldirmaslikka urinishmoqda.   

24-daqiqa. Ikkinchi to'lqin bilan davom etgan hujum, darvozabon maydonchasi tomon yo'llangan to'pga Benzema zarba berdi, ammo unga raqiblardan ko'ra ko'proq Kazemiro halaqit qilib qoldi va Karim mo'ljalda adashdi. 

23-daqiqa. Bu safar ham Rodrigo faollik ko'rsatdi, lekin uchinchi raqib to'pni uning oyoqlari ostidan tepib yubordi.

19-daqiqa. Rodrigo to'pni oldirgach, mehmonlar jamoaviy pressing uyushtirib uni tezda qaytarib olishdi, lekin raqib himoyasini yorib o'tishning hozircha imkoni bo'lmayapti. 

18-daqiqa. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan rivojlantirilgan hujumni Rodrigo aniq zarba bilan yakunlab berdi, biroq Atanasiadis ishonchli harakat qildi.  

16-daqiqa. To'pni qaytarib, egallashga muvaffaq bo'lgan "SHerif" futbolchilari xavfli qarshi hujumga qochib ketishlariga Dani Karvaxal yo'l qo'ymadi. 

15-daqiqa. Vinisius jamoasi uchun birinchi burchak zarbasini ishlab bermoqda.  

14-daqiqa. Rodrigo raqibini dog'da qoldirgandi, darhol yiqitildi.  

13-daqiqa. Yana mezbonlar burchak zarbasini amalga oshirdi, ammo bu safar ham naf chiqara olishmadi va hujumni boshidan boshlashga to'g'ri kelmoqda.   

Karim Benzema to'pni qaytarishda faollik ko'rsatdi. 

12-daqiqa. Ferlan Mendi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga majbur bo'ldi. Burchak zarbasi. 

11-daqiqa. David Alaba to'pga eta olmadi va o'yin qoidasini buzdi.

Takroriy lavha chindan francuz darvozaga himoyachilardan ko'ra yaqinroqligi ko'rindi.  

10-daqiqa. GOOOOOOL! Karim Benzema chaqqonlik qilib, qaytgan to'pga birinchi bo'lib etib keldi, lekin o'yindan tashqari holat...   

8-daqiqa. Xavfli vaziyat! Rodrigoning faolligidan keyin raqib jarima maydonchasida xavfli vaziyat yuzaga keldi, lekin himoyachilar amallab to'pni qaytarishdi.   

6-daqiqa. To'p uchun kurash kechmoqda va to'p goh u jamoaga, goh bunisiga o'tmoqda.  

5-daqiqa. "SHerif" qo'rqmay to'pni darvozaboni bilan o'ynab, himoyadan olib chiqishga urindi, ammo markazga yaqin hududda uni baribir oldirib qo'ydi.  

4-daqiqa. Uzatmadan keyin himoyachilar to'pni osonlik bilan qaytarishdi. 

3-daqiqa. Ferlan Mendi qanotda raqibini o'tkazib yubormaslik uchun qoidani buzdi. Hakam jarima zarbasi belgiladi. 

"SHerif" mezbon sifatida ilk daqiqani faol o'tkazdi va hujum uyushtirishga ham ulgurdi, ammo zarbagacha ish etib bormadi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. Hozircha hamyurtimiz Jasurbek Yaxshiboev zaxira o'rindig'ida qoldirildi. Lekin u albatta maydonga tushadi deb umid qilamiz va balki yana "Qirollik klubi" darvozasini ishg'ol qilishni ham uddalar. 

BestMaster
25 Noyabr 2021, 03:00
real, yirik, galabaga, erishdi, pley-off, yollanmasini, naqd, qildi, sherif, evropa, ligasiga, oladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads