Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Real Madrid" mehmonda "Granada"ni tor-mor etdi

Ispaniya chempionati 14-turidan o'rin olgan "Granada" – "Real Madrid" uchrashuvida madridliklar g'alaba qozondi.

.
- Yuklab olish

Granada

Luis Suarez - 34'

LaLiga . 14-tur

21/11/2021, 20:15

4 : 1 Tugadi

Real Madrid

Marco Asensio - 19', Nacho Fernandez - 25', Vinicius Junior - 56', Ferland Mendy - 76'

Stadion: Estadio Nuevo Los Carmenes

Bosh hakam: Juan Martinez

45' 90' 34'  Luis Suarez34'  Maxime Gonalons46'  Antonio Puertas (Angel Montoro)58'  Victor Diaz (Raul Torrente)59'  Maxime Gonalons (Isma Ruiz)59'  Ruben Rochina (Jorge Molina)62'  Angel Montoro67'  Monchu69'  Robert Moreno78'  Alberto Soro (Sergio Escudero)19'  Marco Asensio19'  Toni Kroos25'  Nacho Fernandez25'  Toni Kroos56'  Vinicius Junior56'  Luka Modric71'  Vinicius Junior (Rodrygo)76'  Ferland Mendy76'  Casemiro80'  Karim Benzema (Luka Jovic)80'  Luka Modric (Isco)80'  Toni Kroos (Eduardo Camavinga)80'  Isco83'  David Alaba (Jesus Vallejo) Match-senterda ochish

"Granada" – "Real Madrid" 1:4

Gollar: Marko Asensio 19', Nacho Fernandes 26', Luis Suares 34', Vinisius Junior 56', Ferlan Mendi 76'

20.15, «Nuevo Los Karmenes»

"Granada": 1. Luis Maksimiano, 17. Kini, 16. Viktor Dias (28. Raul Torrente 58'), 6. Xerman Sanches, 15. Karlos Neva, 21. Ruben Rochina (23. Xorxe Molina 49'), 4. Maksim Gonalon (26. Isma Ruis 48'), 14. Monchu, 10. Antonio Puertas (19. Anxel Montoro 46'), 9. Luis Suares, 7. Alberto Soro (3. Serxio Eskudero 78').

Zaxira: 13. Aaron Eskandel, 33. Adrian Butzke, 8. Yan-Bris Eteki, 20. Karlos Bakka, 18. Luis Abram, 2. Santyago Arias.

"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 2. Daniel Karvaxal, 6. Nacho Fernandes, 4. David Alaba (5. Xesus Valexo 83'), 23. Ferlan Mendi, 10. Luka Modrich (22. Icko 78'), 14. Kazemiro, 8. Toni Kroos (25. Eduardo Kamavinga 78'), 11. Marko Asensio, 9. Karim Benzema (16. Luka Yovich 78'), 20. Vinisius Junior (21. Rodrigo 71'). 

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 26. Luis Lopes, 3. Eder Militan, 12. Marselo, 17. Lukas Vaskes, 24. Mariano Dias, 27. Antonio Blanko.

Ogohlantirishlar: Anxel Montoro 62', Icko 81'

90+3. Uchrashuv yakunlandi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

89. Molina bosh bilan ajoyib zarba berdi, Kurtuadan super seyv!

83. O'yin tempi anchagina tushdi. "Real" o'z etakchilarini zaxiraga oldi. Uchrashuv natijasi deyarli malum deyish mumkin.

Kazemiro Mendini oldinga boshladi. U darvozabon bilan deyarli birga bir vaziyatdan unumli foydalanib ketdi.

76. GOOOOOOOOOOOL! Mendi hisobni uchtaga oshirib qo'ydi!

69. "Granada" ustozi Roberto Morenoga ham qizil kartochka ko'rsatildi.

67. QIZIL KARTOCHKA! Monchu qo'pollik ishlatgani uchun unga qizil kartochka ko'rsatildi. Mag'lubiyatga uchrayotgan granadaliklarning ahvoli yanada og'irlashdi.

Benzema, Modrich va Vinisius raqibning bir himoyachisi va darvozaboni bilan qoldi. Benzema to'pni Modrichga uzatdi, u esa Vinisiusga, Junior bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi.

56. GOOOOOOOOOL! Vinisius hisobni 1:3 ko'rinishiga keltirib qo'ydi.

54. "Real" shiddatkorlikni yanada oshirmoqda.

48. Karvaxalning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi.

47. "Real" bo'limni ancha faollik bilan boshladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi.

40. Xavfli vaziyat! Mezbonlar Kurtua qo'riqlayotgan darvozasi tomon ketma-ket ikki bor zarba berdi ammo noaniq. O'yin shiddati oshmoqda.

Suaresning chamasi 20 metrlardan erlatib bergan zarbasi rekoshet bo'lib darvoza to'ridan joy oldi.

34. GOOOOOOOOOOOL! Luis Suares hisobni qisqartirdi.

31. Xavfli vaziyat! Benzema katta tezlikda oldinga bordi va to'pni Asensioga uzatdi. U to'pga ulgurolmadi, keyingi zarba esa darvoza kirmadi. 

28. "Granada" ikkinchi goldan keyin ancha faollashdi. Bir qator hujumlar uyushtirmoqda jamoa.

To'p burchakdan uzatildi va Nacho darvoza tomon zarba berib hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirib qo'ydi.

26. GOOOOOOOOOL! Nacho hisobni ikkitaga oshirdi!

19. GOOOOOOOOL! Asensio hisobni ochdi.

12. O'yin tempi biroz tushdi. Jamoalar asosan maydon markazida o'yin o'tkazishmoqda.

6. Endi hujum navbati "Granada"da! O'ng qanotdan mehmonlar jarima maydonchasi tomon to'p uzatildi, ushbu to'pni esa Alaba qaytarib yuborli.

5. Benzema darvozabonga bosim qilyapti. Maksimiano to'pni erda olib yurganda sal qoldi xato qilishiga...

3. Ilu hujum madridliklar ijrosida bo'ldi. Asensio to'pni o'ng qanotdan Benzemaga uzatdi. Biroq hujumchining zarba berishiga himoyachilar yo'l qo'ymadi.

1. O'yin boshlandi.

Har ikki jamoa vakillari maydonga chiqib kelishmoqda.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:15 da start oladi.

BestMaster
21 Noyabr 2021, 22:15
liga, real, madrid, mehmonda, granadani, tor-mor, etdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads