Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Roberto Karlos: "SHaxtyor" yaqin kelajakda CHempionlar ligasi finaliga chiqa oladigan jamoa hisoblanadi"

Roberto Karlos: "SHaxtyor" yaqin kelajakda CHempionlar ligasi finaliga chiqa oladigan jamoa hisoblanadi"

.
- Yuklab olish

"Men "SHaxtyor"ning ko'p o'yinlarini kuzataman. U erda ko'plab braziliyaliklar bor, ular orasida mening do'stlarim ham topiladi. Misol uchun, Dentino, u bilan biz "Korintians"da birga o'ynaganmiz. SHuningdek, Dodo, Tete singari ajoyib futbolchilar yig'ilgan.

"SHaxtyor" har safar yangi o'yinchilar izlab Braziliya tomon murojaat qilishidan juda xursandman. "SHaxtyor"da, adashmasam, 13 nafar braziliyalik bor. Men Doneck jamoasi prezidentini shunday ajoyib futbolchilar bilan shartnoma imzolagani bilan tabriklashim kerak.

Jamoa o'zi qatnashayotgan barcha turnirlarda yuqori o'sishga erishdi. Klub Ukraina futboliga ko'p narsa bera oladi. Bunday jamoalar bilan uchrashish "Real" uchun foydali, shuningdek, "SHaxtyor" uchun ham, chunki ularda tajriba orttirish imkoniyati mavjud.

"SHaxtyor" yaqin kelajakda CHempionlar ligasi yarim finaliga, hattoki, finaliga ham chiqa oladigan jamoa sanaladi. Hozirda doneckliklar uchun rivojlanish muhim. Buning uchun "Real Madrid" kabi raqiblarga qarshi to'p tepish kerak. Haqiqatan ham, aynan "Real Madrid" CHempionlar  ligasidagi eng titulga boy klub hisoblanadi, — dedi Karlos.

BestMaster
15 Noyabr 2021, 20:00
roberto, karlos, shaxtyor, yaqin, kelajakda, chempionlar, ligasi, finaliga, chiqa, oladigan, jamoa, hisoblanadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads