Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real Madrid"ning so'nggi o'n yillikdagi 11 "ideal" o'yinchisi

So'nggi o'n yil ichida "Real Madrid" o'z tarixidagi eng yaxshi sahifalardan birini tarix zarvaraqlariga muhrladi, to'rt bor CHempionlar ligasini (ketma-ket 3 marotaba) hamda yana ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi.

.
- Yuklab olish

Keling, so'nggi 10 yil davomida "Real Madrid" sharafini himoya qilgan barcha o'yinchilarni ko'rib chiqamiz va ko'pchilik uchun ideal hisoblangan o'n bir o'yinchini keltirib o'tamiz. 

1. Iker Kasilyas 

O'tgan o'n yillikning birinchi yarmida afsonaviy Kasilyas "Real Madrid"dagi faoliyatini yakunladi. Avvaliga Mourinyu, keyinchalik Anchelottining qo'l ostida "Qirollik klubi" sharafini himoya qilgan. U sardor sifatida CHempionlar ligasining o'ninchi "shalpangqulog'i"ni boshi uzra ko'tardi hamda Ispaniya terma jamoasi bilan birgalikda Evro-2012'da g'olib chiqdi.

2. Dani Karvaxal

U bir yilni ijara asosida Leverkuzenning "Bayer" klubida o'tkazdi va u erda Bundesliganing eng yaxshi o'ng qanot himoyachisiga aylandi. Dani 21 yoshidayoq "Madrid" himoyasining o'ng qanotini o'ziniki qildi. Faqatgina jarohatlar uni bu poziciyada yanada ko'proq o'ynash imkoniyatidan mahrum qildi.

3. Rafael Varan

Bu yil Madridni tark etgan markaziy himoyachilar dueti o'z tarixidagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Varan 10 yil oldin 18 yoshli bolakay sifatida Madrid klubiga tashrif buyurgandi. Mourinyu qo'l ostidagi ikkinchi mavsumida u so'zsiz asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi va u "Yunayted"ga o'tmaguniga qadar hech kim uning poziciyasini tortib ololmadi. Uning poziciyasida faqatgina Pepe raqobatlasha olardi.

4. Serxio Ramos 

Afsonaviy Serxio Ramos haqida nima deyish mumkin? U nafaqat "Real Madrid"ning so'nggi o'n yillikdagi, balki klub tarixidagi eng yaxshi o'yinchilaridan biri sanaladi. Son-sanoqsiz o'yinlar va unvonlar, 6 yil davomida jamoa sardori va jamoaning so'zsiz etakchisi. U "Qirollik klubi" tarixiga o'z nomini oltin harflar bilan yozib qoldirdi va uning "La Decima"dagi unutilmas goli millionlab madridlik muxlislar xotirasida abadiy qoladi. Bu yil u Parijga ravona bo'ldi... Siz soatlab, kunlar, haftalar va oylar davomida uning jamoani tark etish sabablari haqida bahslashishingiz mumkin. Biroq shunisi aniqki, katta aka har doim ham haq bo'lmagan.

5. Marselo 

Marselo "Real"ga o'tganiga deyarli 15 yil bo'ldi. So'nggi 2 yil ichida uning saviyasi keskin tushib ketgan bo'lsa-da, shu paytgacha klub uchun taqdim etganlarini uncha-muncha himoyachi eplolmagan. Vertikallik, teranlik, golli uzatmalar va o'zgacha uslubdagi gollar. "CHap qanotdagi xanjar" - futbolchini yapon jurnalistlaridan biri shunday atagan va u mutlaqo haq edi. Marselo allaqachon afsonaga aylangan.

6. Kazemiro 

Kazemironing ideal o'n birlik markazida bo'lishiga ko'pchilik shubha qilmaydi. 2016 yilda Zidan qo'l ostida boshlang'ich poziciyani egallaganidan beri klub unga mos o'rinbosar topa olmadi. Boshqacha qilib aytganda, braziliyalik "shamshir" shunchaki almashtirib bo'lmas o'yinchiga aylandi. Yaqinda Kazemiro madridliklar safidagi 300-uchrashuvini o'tkazdi hamda uning hali uzoq vaqt maydonda ko'rinish berishini inobatga olsak, yarim himoyachi yana shuncha bahsga teng ko'rsatkichga ega bo'ladi. Kazemiro dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi hamda allaqachon "qaymoqranglilar"ning afsonaviy futbolchilaridan biriga aylangan.

7. Xabi Alonso 

Xabi Alonsoning "Real Madrid"ga kelishi Don Florentinoning 2009 yilda prezidentlikka qaytgach, amalga oshirgan "galaktik" yurishlaridan biri edi. Futbolchi "Bavariya"ga qadam ranjida qilishidan ilgari 5 yilni qaymoqrangli libosda o'tkazdi va "Real Madrid" yarim himoyasini butunlay o'ziniki qildi.

8. Toni Kroos 

Nemis futbolchisi Madridga JCH-2014'da eng yaxshi o'yinchilardan biriga aylanganidan so'ng tashrif buyurdi. Uning transferi Peresning navbatdagi mo'jizasi bo'ldi. Tabiiyki, Toni klubda Xabi Alonsoning o'rnini egalladi... va shu kungacha jamoaning deyarli ajralmas futbolchisiga aylandi. SHu vaqt ichida futbol "professori" 400 dan ortiq o'yin o'tkazdi va bu nemis futbolchisi uchun haqiqiy muvaffaqiyat bo'ldi. So'nggi bahsda uning goli "Rayo Valekano" ustidan g'alaba qozonishida muhim rol o'ynadi. Kroos - "Qirollik klubi"ning germaniyalik afsonasi.

9. Luka Modrich 

Lukito "Tottenxem"dan "Los-Blankos" safiga qo'shilgach, Ozilning o'rnini bosishi talab etilardi. Ko'pchilik uning iqtidoriga shubha qildi hamda Peresni tanqid ostiga oldi. Biroq Modrich ularning barchasini tilini tiyishga majbur qildi. Dastlabki mavsumning yakunlaridan boshlab u jamoada o'yin boshqaruvini o'z qo'liga oldi. Luka "Real"ning metin irodali va almashtirib bo'lmaydigan futbolchisi, u ham klub tarixida o'z sahifasini yaratgan. Modrich 2018 yilda "Oltin to'p" mukofotini qabul qilib olgach, o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. Lukito ham xuddi Toni kabi yaqinda "Qirollik klubi" libosida o'zining 400-uchrashuvini o'tkazdi, kim biladi deysiz, uning afsungarona o'yinlaridan yana qancha bahramand bo'larkanmiz. Luka Modrich - Madridning sevimli o'yinchisi va faxri.

10. Karim Benzema 

Bu yil Karimning "Real Madrid" futbolchisi sifatidagi o'n uchinchi mavsumidir. Francuz forvardi "Qirollik klubi"ning yana bir afsonaviy futbolchisiga aylandi. Madridliklar tarixidagi eng ko'p o'yin o'tkazgan legioner, to'rtinchi to'purar, shuningdek, CHempionlar ligasi tarixida to'rtinchi pog'onada borayotgan to'purar sanaladi. 33 yoshida u "Oltin to'p"ga asosiy nomzodlaridan biriga aylandi va shubhasiz, hozirda jamoaning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi.

11. Krishtianu Ronaldu 

Krishtianu Ronaldu Don Alfredo Di Stefano va Raul bilan bir safda "Real Madrid" tarixidagi eng yaxshi futbolchi deyishga loyiq shaxslardan biridir. "Qaymoqranglilar" tarkibidagi to'qqiz mavsumda klubning yaqin yillardagi natijalarini ag'dar-to'ntar qilib tashladi hamda deyarli barcha sovrinni qo'lga kiritdi: 4 bor CHempionlar ligasi, 2 marotaba La Liga, 2 Qirol kubogi, 3 ta Evropa Superkubogi... 450 ta o'yinda 450 ta gol, klub tarixidagi eng buyuk o'yinchi. "Galaktikos"ning eng yaxshi to'purari. Hozirda ham o'zini ko'rsatishda davom etayotgan "o'zga sayyoralik"ga faqatgina havas qilish mumkin. Krishtianu - "Qirollik klubi"ning portugaliyalik afsonasi.

Oqil Abdubarnoev tayyorladi

BestMaster
12 Noyabr 2021, 19:15
madridning, songgi, yillikdagi, ideal, oyinchisi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads