Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Real Madrid" - "Rayo Valekano" 1:0 (Matnli translyaciya)

Yana bir necha daqiqadan keyin Ispaniya La Ligasining 13-turidan o'rin olgan "Real Madrid" - "Rayo Valekano" uchrashuvi start oldi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada jamoalarning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH

27-daqiqa. CHap qanotdan uzatmadan so'ng, to'pga chiqib kelgan Tibo Kurtua jamoasini potencial o'ta xavfli vaziyatdan qutqarib qoldi.   

To'pga egalik qilish foiz ko'rsatkichida 59 - 41 mezbonlar foydasiga. 

25-daqiqa. Kazemirodan to'pni olib qo'yish bo'yicha yana bir master klass.  

24-daqiqa. Marko Asensioning zarbasi aniq chiqdi, lekin darvozabon o'z o'rnida.   

21-daqiqa. Mehmonlar ketma-ket ikki bor aniq zarba yo'llashdi, ammo har safar Kurtua to'pni egallab oldi.   

20-daqiqa. "Rayo" o'zining birinchi burchak zarbasini amalga oshirdi. To'pni egallab olgan Tibo tezda jamoasi hujumini boshlab berdi. Biroq Karim Benzema o'zidan o'ngroqdan kelayotgan Kamavingaga uzatgan to'pini himoyachi ilib ketdi.   

19-daqiqa. "Rayo Valekano" maydonning raqibga tegishli yarmida. Kazemiro ajoyib harakat qilib to'pni olib qo'ydi, lekin Kamavinga xatoga yo'l qo'ydi. 

18-daqiqa. "Real"ning to'xtash niyati yo'q. Jamoa bosim uyushtirmoqda, lekin mehmonlar bosimdan bu safar ancha oson chiqib ketishdi. 

Takroriy lavhada esa hech qanday shubhaga o'rin qolmadi - hisob ochildi.

14-daqiqa. GOOOOOL! Asensioning uzatmasidan keyin Toni Kroos ajoyib zarba yo'llab, hisobni ochgandi... Hakam yana o'yindan tashqari holat demoqda. Takroriy lavhani kutishga to'g'ri keladi. 

12-daqiqa. Markazda endi mezbonlar qoidani buzishdi. Kamavinga to'p uchun kurashda Oskar Trexoni yiqitdi.  

11-daqiqa. Asensioning uzatmasidan keyin Benzema to'pni darvozaga yo'lladi, ammo to'p mo'ljaldan ancha yuqorilab o'tib ketdi. 

10-daqiqa. Kazemiroga nisbatan qoida buzildi, aks holda Kurtua darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi.

7-daqiqa. Hozircha "Real" o'yinni to'liq nazorat qilayotgandek, har holda to'p mezbonlar nazoratida. Vinisiusga nisbatan raqib juda keskin harakat qildi, yarim himoyachi jarohat olishi ham hech gapmasdi. 

5-daqiqa. GOOOOOL! O'yindagi birinchi burchak zarbasini mezbonlar amalga oshirdi. Ikkinchi tempda davom etgan hujumda Benzema to'pni boshi bilan Vinisiusga tashlab berdi, braziliyalik mo'ljalda adashmadi, lekin hakam o'yindan tashqari holat qayd etdi.   

3-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda.  

Ilk hujumdayoq mehmonlar gol urib ketishi mumkin edi, ammo Alvaro Garsiyaning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

"Santyago Bernabeu"da mezbonlar asosiy tarkibi o'qib eshittirilmoqda. Tomoshabinlarning kayfiyati chog'. 

Bugungi bellashuvda Karlo Anchelotti Eduardo Kamavinga va Marko Asensioga asosiy tarkibda imkon bermoqda. O'z navbatida, bir nechta ispan nashrlari asosiy tarkibda bo'ladi degani Eden Azar uchrashuvni zaxira o'rindig'ida boshlaydi. CHamasi, belgiyalik iqtidor sohibining Madridda sanoqli kunlari qolgan shekilli.   

"Real Madrid" – "Rayo Valekano"7 noyabrya, 01:00, «Santyago Bernabeu»

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Mendi, Kroos, Kazemiro, Kamavinga, Benzema, Asensio, Vinisius Junior.

"Rayo Valekano" – Dimitrievski, Baliu, Savelich, Katena, Fran Garsiya, Garsiya, Komesanya, Oskar Valentin, Nteka, Trexo, Palason.

Real Madrid

Toni Kroos - 15'

LaLiga . 13-tur

07/11/2021, 01:00

0 : 1 1-bo'lim

Rayo Vallecano

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu

Bosh hakam: Pablo Gonzalez

45' 90' 15'  Toni Kroos29'  Toni Kroos Match-senterda ochish

BestMaster
7 Noyabr 2021, 01:30
live , liga, real, madrid, rayo, valekano, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads