Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. Vinsiusning dubli "Real"ga "Elche" ustidan g'alaba taqdim etdi

La Liga 12-tur doirasida "Elche" - "Real Madrid" bellashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Elche" – "Real Madrid" 1:2"Martines Valero" stadioniGollar: 0:1 – 22 Vinisius Junior, 0:2 – 73 Vinisius Junior, 1:2 – 86 Milya.

"Elche" – Kasilya, Palasios, Bigas, Roko, Moxika, Fidel (Milya, 81), Pastore (Gumbau, 71), Maskarel (Markone, 81), Guti, Lukas Peres (Benedetto, 71), Boye (Morente, 81).

"Real Madrid" – Kurtua, Alaba, Militao, Marselo (Mendi, 66), Modrich (Kamavinga, 84), Kroos, Kazemiro, Vaskes (Karvaxal, 65), Mariano Dias, Vinisius Junior (Azar, 85), Rodrigo (Asensio, 18).

Ogohlantirish: Guti (8).

CHetlatish: Guti (63).

Elche

Pere Milla - 86'

LaLiga . 12-tur

30/10/2021, 17:00

2 : 1 Tugadi

Real Madrid

Vinicius Junior - 22', Vinicius Junior - 73'

Stadion: Estadio Martinez Valero

Bosh hakam: Ricardo De Burgos

45' 90' 8'  Raul Guti64'  Raul Guti71'  Lucas Perez (Dario Benedetto)71'  Javier Pastore (Gerard Gumbau)81'  Lucas Boye (Tete Morente)81'  Omar Mascarell (Ivan Marcone)81'  Fidel Chaves (Pere Milla)86'  Pere Milla86'  Dario Benedetto18'  Rodrygo (Marco Asensio)22'  Vinicius Junior22'  Mariano Diaz65'  Lucas Vazquez (Daniel Carvajal)65'  Marcelo (Ferland Mendy)73'  Vinicius Junior73'  Luka Modric84'  Luka Modric (Eduardo Camavinga)84'  Vinicius Junior (Eden Hazard) Match-senterda ochish

La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

Bo'ldi, shu pallada hakam qo'shib berilgan vaqt yakuniga etganini malum qildi va "Real" qiyin o'yindagi muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi.   

90+4-daqiqa. Kazemiro to'pni jamoasi uchun olib berdi, harakati davomida Milyaning oyog'i raqibi burniga tegdi va qon oqmoqda. Futbolchi yordamga muxtoj.  

Uzatmadan keyin zarba yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'ldi va keyin uni Alaba uzoqlashtirdi.  

90+3-daqiqa. Militao to'p uchun kurashda Bidasga nisbatan qo'pol o'ynadi deb topildi. Himoyachi bunday qarordan norozi.  

90+1-daqiqa. Karvaxal qanotda Moxikaning uzatmasini uzib qo'ydi. 

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90-daqiqa. Tezkor qarshi hujumni Karvaxal uzatmadagi xato sabab buzib qo'ydi.  

Mariano Dias u qadar qulay nuqtada emasligiga qaramay, zarba berdi, lekin to'p darvozadan ancha yuqoridan o'tib ketdi. 

88-daqiqa. Mezbonlarda umid paydo bo'ldi va bizni qiziqarli so'nggi daqiqalar kutib turibdi. 

86-daqiqa. GOOOOOOOL! Kroos va Militaoning xatosidan keyin zaxiradan o'yinga qo'shilgan Pere Milya farqni qisqartirmoqda.   

84-daqiqa. O'zgarishlarVinsius va Modrich o'rniga Kamavinga hamda Azar o'yinga qo'shildi.  

83-daqiqa. Yaqindagina maydonga tushgan Mendi jamoadoshi Vinisiusning tezligiga keragidan ortiq katta baho berib yubordi, raqib himoyachisi braziliyalik futbolchi to'pga etishiga yo'l qo'ymadi.     

82-daqiqa. "Real"ning kombinaciyasi zarba bilan yakunlandi.

81-daqiqa. O'zgarishlar! Lukas Boe, Omar Maskarel, Fidel o'rniga maydonga Tete, Ivan Markone hamda Pere Milya tushdi. 

80-daqiqa. Mezbonlar himoyachisi Marko Asensioni quchoqlab olib, yiqitib qo'ydi. Hakam jarima zarbasi belgiladi.

77-daqiqa. Bir kishi ko'p bo'lib qolgan "Real" raqibni jarima maydonchasiga "qamab" qo'ydi. 

75-daqiqa. Kroos to'pni egallab, bir raqibini chiroyli tarzda aldab o'tdi va Asensioni to'p bilan taminladi, lekin ispaniyalik futbolchining zarbasini bloklashdi.  

73-daqiqa. GOOOOOOL! Kroos-Modrich-Vinni. Braziliyalik futbolchi ajoyib hujumni chiroyli zarba bilan yakunladi va dubl. 

71-daqiqa. O'zgarishlar! Xaver Pastore va Lukas o'rniga Jerar Gumbao hamda Dario Benedetto tushdi.  

69-daqiqa. Alaba bilan kurashda Lukas Peres yiqilib tushdi va hakamga yuzlandi, u hech nima bo'lmaganini takidladi. 

67-daqiqa. Luka Modrich maydon burchagida raqibini o'ta chiroyli harakat bilan dog'da qoldirib ketishni ko'zlagandi, harakat chiroyli, ammo samarasiz bo'ldi.  

65-daqiqa. O'zgarishlar! Marsleo va Lukas Vaskes o'rniga maydonga Mendi va Karvaxal tushdi. 

64-daqiqa. QIZIL KARTOCHKA! Raul Guti Toni Kroosga nisbatan qo'pol o'ynadi va ikkinchi sariq kartochkasini ishlab oldi. 

61-daqiqa. "Real" raqib darvozasi oldida vaziyat yaratishga urinmoqda.

60-daqiqa. Eder Militao xavfni bartaraf etdi.  

57-daqiqa. Enco Roko qoida buzdi, jabrlanuvchi Vinisuis. 

Vinsius Junior o'yindan tashqari holatda deb topildi. 

56-daqiqa. "Real Madrid" to'pga egalik qilmoqda. 

Endi Xaver Pastorening o'zi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi. 

54-daqiqa. Xaver Pastorening uzatmasidan keyin xavfli vaziyat yuzaga keldi, biroq jamoadoshi imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.  

53-daqiqa. Mariano Dias qo'li bilan o'ynadi deb topildi.

52-daqiqa. Kroos zarba berdi, ammo to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi. 

49-daqiqa. Xoan Moxika jarohat olib, maydonda yotibdi. 

Toni Kroosning uzatmasidan keyin Lukas Boe xavfni bartaraf etdi. 

48-daqiqa. Marseloning zarba berdi, burchak zarbasi.  

47-daqiqa. Ikkinchi bo'limdagi ilk burchak zarbasini Marko Asensio amalga oshirdi, lekin himoyachilar to'pni uzoqlashtirishga erishdi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Bo'ldi, hakamning hushtagi chalindi va birinchi bo'lim yakuniga etdi. 

To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 47% - 53% "Real Madrid" foydasiga.   

45+1-daqiqa. Raul Guti militaoga nisbatan qoidani buzdi. 

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.  

45-daqiqa. "Elche" burchak zarbasini amalga oshirdi. Mebonlar bu safar ham naf chiqara olishmadi.    

43-daqiqa. "Real"ning hujumi oxiriga etib bormadi. 

42-daqiqa. Lukas Vaskes to'pni olib qo'ygandi, lekin hakam ispaniyalik futbolchi qoidani buzgan deb topdi. 

Kroosning uzatmasidan keyin Alaba to'pga birinchi bo'lib etib bordi, ammo noaniq. 

41-daqiqa. Modrich jarima maydonida to'pni egallab olayotganida oxirgi pallada himoyachi to'pni tepib yubordi. 

Xavfli vaziyat! "Elche" juda qulay imkoniyatga ega bo'ldi, lekin oxirgi zarbani amalga oshiradigan futbolchi topilmadi. 

38-daqiqa. Yana Lukas Boe darvoza tomon aniq zarba yo'lladi, Kurtua o'z o'rnida.  

So'nggi 5-10 daqiqada ustunlik "Elche" tomoniga o'tgandek. 

36-daqiqa. Raul Gutining zarbasi noaniq chiqdi. 

35-daqiqa. Militao himoyada ishonchli o'ynadi va jamoasi hujumini boshlab berdi, lekin Vinisiusdan to'pni raqibning ikki futbolchisi olib qo'yiga erishdi.  

32-daqiqa. "Elche" yana chapdan oldinga o'tishga urindi, ammo texnik xatodan keyin Kroos to'pni ilib ketdi va raqib qo'li bilan o'ynashga majbur bo'ldi.    

CHap qanotdan rivojlantirilgan hujumdan keyin jarima maydonchasi ichidagi Lukas Peres zarba berdi, ammo noaniq.

30-daqiqa. "Elche" vaziyatni o'nglashga urinmoqda. 

28-daqiqa. Mariano oddiy vaziyatda to'pni to'xtatishga harakat qilib, yiqilib tushdi...

27-daqiqa. Vinisius raqibini juda chiroyli tarzda aldab o'tdi. 

25-daqiqa. Modrichning ajoyib pasidan keyin Mariano qulay imkoniyatga ega bo'lgandi, ammo darvozabonga qo'shib, o'zini ham aldab qo'ydi. 

24-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda. 

22-daqiqa. GOOOOOL! Vinisius Junior hisobni ochdi. Mariano Dias tovoni bilan to'pni Vinniga to'g'rilab yubordi va Junior vaziyatidan unumli foydalandi. 

20-daqiqa. Vinsiius bir raqibini aldagandi, ortidan ikkinchisi chiqib keldi va Junior qoidani buzdi.

19-daqiqa. Xavfli vaziyat! Lukas Boe o'ngroqdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va kuchli zarba berdi, Tibo Kurtua ancha xavfli vaziyatda jamoasini qutqarib qoldi. 

18-daqiqa. O'zgarish! Rodrigo o'yinni davom ettira olmadi va uning o'rnini Marko Asensio davom ettiradigan bo'ldi. 

17-daqiqa. Palasisos qanotda Vinisiusni oldinga o'tkazmadi.  

16-daqiqa. Rodrigo oyoq mushaklarida og'riq his qildi. SHifokorlar unga maydon tashqarisida yordam ko'rsatmoqda. 

15-daqiqa. Alaba-Mariano-Rodrigo kombinaciyasini braziliyalik futbolchi zarba bilan yakunladi, ammo noaniq.  

13-daqiqa. "Elche" burchak zarbasidan naf chiqara olmadi.  

12-daqiqa. Marseloning uzatmasidan keyin Rodrigo jarima maydonchasi ichida to'pni o'ziga to'g'rilab oldi, ammo zarba bera olmay yiqilib tushdi. 

11-daqiqa. Lukas Boye maydon markazida Lukas Vaskesni yiqitgani sabab hakam jarima zarbasi belgiladi.  

9-daqiqa. Ogohlantirish! Raul Gutiga sariq kartochka ko'rsatildi.

8-daqiqa. To'p qaytarilgach, Kroos qarshi hujumni boshlashi mumkin bo'lgan bir pallada Raul Guti qoidani buzdi.   

7-daqiqa. Alaba to'p uchun kurashda Pastorega nisbatan qo'pol o'ynadi deb topildi. Mezbonlar standartga ega.  

6-daqiqa. "Elche" o'ng qanotdan hujumga o'tishga urinib ko'rdi, lekin hujum zarbagacha etib bormadi.  

4-daqiqa. Mehmonlar to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.  

2-daqiqa. "Real" darhol hujumga tashlandi. Qulay nuqtaga chiqib-chiqmas Rodrigo kuchli va aniq zarba yo'lladi, "Real"ning sobiq posboni Kiko Kasilya qiyinchilik bilan bo'lsada, to'pni qaytardi.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi. Sardorlar va bosh hakam bellashuvni kim boshlashi, kim qaysi tomonni egallashini aniqlab olishmoqda.   

BestMaster
30 Oktyabr 2021, 19:00
liga, vinsiusning, dubli, realga, elche, ustidan, galaba, taqdim, etdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Шунчаки
31 Oktyabr 2021, 11:53
 u7777u  
Супер
31 Oktyabr 2021, 11:54
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads