Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Elche" - "Real Madrid" 0:1 (Matnli translyaciya)

La Liga 12-tur doirasidagi "Elche" - "Real" o'yini boshlandi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin. 

YANGILASH

25-daqiqa. Modrichning ajoyib pasidan keyin Mariano qulay imkoniyatga ega bo'lgandi, ammo darvozabonga qo'shib, o'zini ham aldab qo'ydi. 

24-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda. 

22-daqiqa. GOOOOOL! Vinisius Junior hisobni ochdi. Mariano Dias tovoni bilan to'pni Vinniga to'g'rilab yubordi va Junior vaziyatidan unumli foydalandi. 

20-daqiqa. Vinsiius bir raqibini aldagandi, ortidan ikkinchisi chiqib keldi va Junior qoidani buzdi.

19-daqiqa. Xavfli vaziyat! Lukas Boe o'ngroqdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va kuchli zarba berdi, Tibo Kurtua ancha xavfli vaziyatda jamoasini qutqarib qoldi. 

18-daqiqa. O'zgarish! Rodrigo o'yinni davom ettira olmadi va uning o'rnini Marko Asensio davom ettiradigan bo'ldi. 

17-daqiqa. Palasisos qanotda Vinisiusni oldinga o'tkazmadi.  

16-daqiqa. Rodrigo oyoq mushaklarida og'riq his qildi. SHifokorlar unga maydon tashqarisida yordam ko'rsatmoqda. 

15-daqiqa. Alaba-Mariano-Rodrigo kombinaciyasini braziliyalik futbolchi zarba bilan yakunladi, ammo noaniq.  

13-daqiqa. "Elche" burchak zarbasidan naf chiqara olmadi.  

12-daqiqa. Marseloning uzatmasidan keyin Rodrigo jarima maydonchasi ichida to'pni o'ziga to'g'rilab oldi, ammo zarba bera olmay yiqilib tushdi. 

11-daqiqa. Lukas Boye maydon markazida Lukas Vaskesni yiqitgani sabab hakam jarima zarbasi belgiladi.  

9-daqiqa. Ogohlantirish! Raul Gutiga sariq kartochka ko'rsatildi.

8-daqiqa. To'p qaytarilgach, Kroos qarshi hujumni boshlashi mumkin bo'lgan bir pallada Raul Guti qoidani buzdi.   

7-daqiqa. Alaba to'p uchun kurashda Pastorega nisbatan qo'pol o'ynadi deb topildi. Mezbonlar standartga ega.  

6-daqiqa. "Elche" o'ng qanotdan hujumga o'tishga urinib ko'rdi, lekin hujum zarbagacha etib bormadi.  

4-daqiqa. Mehmonlar to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.  

2-daqiqa. "Real" darhol hujumga tashlandi. Qulay nuqtaga chiqib-chiqmas Rodrigo kuchli va aniq zarba yo'lladi, "Real"ning sobiq posboni Kiko Kasilya qiyinchilik bilan bo'lsada, to'pni qaytardi.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi. Sardorlar va bosh hakam bellashuvni kim boshlashi, kim qaysi tomonni egallashini aniqlab olishmoqda.   

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Elche": Kasilya, Palasios, Bigas, Roko, Moxika, Fidel, Pastore, Maskarel, Guti, Lukas Peres, Boye.

"Real Madrid": Kurtua, Alaba, Militao, Marselo, Modrich, Kroos, Kazemiro, Vaskes, Mariano Dias, Vinisius Junior, Rodrigo.

Elche

LaLiga . 12-tur

30/10/2021, 17:00

1 : 0 1-bo'lim

Real Madrid

Vinicius Junior - 22'

Stadion: Estadio Martinez Valero

Bosh hakam: Ricardo De Burgos

45' 90' 8'  Raul Guti18'  Rodrygo (Marco Asensio)22'  Vinicius Junior22'  Mariano Diaz Match-senterda ochish

BestMaster
30 Oktyabr 2021, 17:30
live , liga, elche, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads