Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Barselona" - "Real Madrid" 1:2 (Matnli translyaciya)

La Liganing 9-turi doirasidagi "Barselona" - "Real Madrid" bahsi bo'lib o'tmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatishingiz mumkin.

YANGILASH

Bo'ldi, kataloniyaliklarning umid chiroqlari yonib ulgurmay, bosh hakam final xushtagini chalib, ularni o'chirib qo'ydi. O'yin yakunlandi, La Ligada etakchilik qilayotgan "Real" navbatdagi g'alabani qo'lga kiritdi. "Barselona" esa oxirigacha kurashdi va hali avvalgidanda kuchli bo'lib, oyoqqa turishiga umid borligini amalda isbotlay oldi.  

90+7-daqiqa. GOOOOOOOOL! Serxio Aguero oradagi farqni qisqartirdi. 

Uzatmadan keyin Tibo Kurtua to'pni egallab oldi. 

90+6-daqiqa. Mezbonlar navbatdagi burchak zarbasini ishlab olishdi.  

90+4-daqiqa. GOOOOOOOOL! Lukas Vaskes oradagi farqni ikkitaga oshirib, o'yinga nuqta qo'ydi chog'i. Marko Asensioning faolligini ham takidlash lozim. 

90+1-daqiqa. O'zgarish! Zaxiradan tushgan Federiko Valverde o'rniga Dani Karvaxal o'yinga qo'shildi.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi!

89-daqiqa. Tibo Kurtua kutilmaganda maydonga quladi. To'pni uzoqlashtirayotganda darvozabon oyog'ini qayirib oldi. Hakam o'yinni to'xtatishga majbur.  

88-daqiqa. Lyuk De Yongga uzatilgan to'pni Kurtua osonlik bilan egallab oldi. 

87-daqiqa. O'zgarish! Vinisius Junior o'rniga Marko Asensio maydonga tushirildi.  

86-daqiqa. SHifokorlar endi Vinsiusga yordam ko'rsatishmoqda.  

85-daqiqa. O'zgarish! Gavi o'rniga Lyuk De Yong. 

84-daqiqa. CHap qanotdan uzatma amalga oshirildi va jarima maydonchasi ichida Kun Aguero Mendidan ustun chiqdi. Biroq zarbasi aniq chiqmadi.  

O'yin davom etadi. 

82-daqiqa. Havodagi to'p uchun kurashda Fede Valverde va Pike boshlari to'qnashib ketdi. Futbolchilarga, ayniqsa urugvaylikka shifokorlar yordami juda zarur. 

Mendi tanasidan oqilona foydalanib Agueroni to'pga eta olmasligini taminladi.  

81-daqiqa. Serxi Roberto o'yindan tashqari holatdaligi qayd etildi. Takroriy lavhada savollar paydo bo'ldi. 

80-daqiqa. Ogohlantirish! To'pni yon chiziqdan o'yinga kiritishga shoshilmagani uchun Mendiga sariq.  

79-daqiqa. Buskets Vinisius qarshi hujumga qochib ketishiga yo'l qo'ymadi.  

77-daqiqa. "Real" jarima maydonchasi ichida bosim paydo bo'ldi, lekin "Barsa" vakillari zarba bera olmay qolishdi.  

77-daqiqa. O'zgarish! Frenki De Yong o'rniga Serxi Roberto o'yinga qo'shildi.

76-daqiqa. Karim Benzema oddiy vaziyatda Valverdega to'pni aniq etkaza olmadi. Ikki futbolchi bir-birini tushunmadi.  

75-daqiqa. Modrichga nisbatan qoida buzildi. Luka tajriba evaziga to'pni raqibga oldirmadi va qoida buzishga majbur qildi.  

74-daqiqa. O'zgarish! Fati o'rnini Agueroga bo'shatib berdi.  

 

73-daqiqa. Dest raqibini chalg'itib kuchli zarba berdi, lekin biroz noaniq.  

Zo'r vaziyat! CHap qanotdan uzatma, lekin Benzema to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi. 

72-daqiqa. O'zgarish! Rodrigo o'rniga Valverde maydonga tushirildi. 

70-daqiqa. Uzoq davom etgan hujum o'ng qanotdan rivojlantirildi, lekin Vaskesning uzatmasi qovushmadi va to'pni Ter SHtegen osonlik bilan egallab oldi.  

68-daqiqa. Endi ikki bor "Real" tashlanib ko'rdi. Biroq har ikki safar ham oxirgi uzatma manziliga etib bormadi.   

65-daqiqa. Ketma-ket ikki qanotdan uzatmalar amalga oshirildi, ammo ish zarbagacha etib bormadi. 

64-daqiqa. Fati avval Modrich keyin Vaskesdan o'tib ketayotganida ispaniyalik futbolchi tomonidan yiqitildi. Jarima zarbasi. To'p oldida Depay va Alba.  

63-daqiqa. Depay to'pni o'ziga o'nglay olmadi va Kurtua uni egallab oldi. 

62-daqiqa. Xavfli vaziyat! Modrichning uzatmasidan keyin Benzema to'pni bir urinishda darvozaga aniq yo'lladi, ammo Ter SHtegen o'z o'rnida.  

60-daqiqa. Destning xatosidan keyin Vinni juda qulay imkoniyatga ega bo'lgandek edi, ammo Junior o'ylanguncha himoyachining o'zi xavfni bartaraf etdi.    

58-daqiqa. Ogohlantirish! Etiroz bildirishda keragidan ortiq faolligi uchun Pikega sariq.  

57-daqiqa. Mezbonlar burchak zarbasini amlga oshirdi, "Barsa" futbolchilari to'p himoyachining qo'liga tegdi deb norozi, hakam esa ungacha De Yong qoidani buzgan deb topdi.  

55-daqiqa. Vinisius va Kroos faolligidan keyin Rodrigoda imkoniyat yuzaga kelgandi, ammo uning zarbasi o'ta noaniq chiqdi.  

53-daqiqa. Mendi to'pni kutib turguncha, Gavi ilib ketayotganida franciyalik himoyachi tomonidan yiqitildi. Hakam bu safar ham qoida buzgan futbolchiga sariq kartochka ko'rsatish shartmas deb hisobladi.  

52-daqiqa. Xordi Alba Rodrigoga nisbatan qo'pol o'ynadi deb topildi.  

51-daqiqa. Vinisius ikki raqibi qurshovida bo'lishiga qaramay, to'pni Busketsdan maydondan chiqib ketishini taminlay oldi. 

50-daqiqa. "Real" o'ng tomondan hujum uyushtirib ko'rdi.  

49-daqiqa. "Barselona" ikkinchi bo'limni ancha faol boshladi. Fatining zarbasini Kurtua biroz qiyinchilik bilan qaytardi.  

47-daqiqa. Erik Garsiya o'yin qoidasini buzdi deb topildi. 

46-daqiqa. O'zgarish! Ikkinchi bo'lim boshlandi. Oskar Mingesa o'rniga Koutino tushirildi. 

Ancha teng kurashlar ostida o'tgan bo'limda, biroz keskinroq va muhimi omadliroq bo'lgan "Real" hisobda oldinda bormoqda. 

Bo'ldi, shu pallada hakam birinchi bo'lim yakunlanganligini bildiruvchi hushtagini chaldi va jamoalarni tanaffusga taklif qildi. 

45+1-daqiqa. Benzema bilan "devor" uslubida o'ynashni niyat qilgan Rodrigodan Buskets chaqqonroq chiqdi, keyin braziliyalik qoidani buzdi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

44-daqiqa. "Barsa"da yaxshi vaziyat yuzaga keldi. Ammo Fatining zarbasi gol bo'lishiga Alaba to'sqinlik qildi. 

43-daqiqa. Kurtuaning uzatmasi Pikega borib tushdi. To'p yana mezbonlar nazoratiga o'tdi.   

41-daqiqa. Endi "Barselona" burchak zarbasi ishlab oldi. 

40-daqiqa. Fatiga nisbatan qo'pol o'ynaldi deb topildi. Vaskes - aybdor.  

38-daqiqa. Burchak zarbani "Barsa" amalga oshirdi, vaziyat esa "Real"da bo'ldi. Qarshi hujumni Kroos yaxshi zarba bilan yakunlashi mumkin edi. Oxirgi himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

Erik Garsiya oldinroqqa o'tib, zarba berib ko'rdi. Yo'l-yo'lakay raqibga tegib to'p maydonni tark etdi.  

37-daqiqa. Mingesa bu safar Vinisiusni qo'yib yubordi. 

35-daqiqa. Ketma-ket ikki standart va Pike sal qolsa muvozanatni tiklashi mumkin edi. 

34-daqiqa. Rodrigo Albaga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

32-daqiqa. GOOOOOOOOOOL! Alaba "El Klasiko"lardagi birinchi golini urdi. Tezkor hujumni ushbu to'qnashuv debyutanti yakunlab berdi. Zarba shunchaki zo'r chiqdi.  

31-daqiqa. Memfis Depay jarima maydoni tashqarisidan zarba yo'llashga qaror qildi, lekin to'p ancha yuqorilab darvozadan o'tib ketdi.

29-daqiqa. Benzema qulayroq nuqtaga chiqib, zarba yo'lladi, noaniq. Yana o'yindan tashqari holat qayd etildi.  

28-daqiqa. "Real" bir hujumda ikki bor urinib ko'rdi, lekin har safar raqib so'nggi zarbaga imkon qoldirmadi.  

26-daqiqa. Vaskesdan kutilmagan xato. 

25-daqiqa. Daxshat vaziyat! Dest hozir qanday qilib gol ura olmagani ko'pchilik uchun murakkab savol.  

24-daqiqa. Yana Vinni himoyachilardan qochib ketdi va Ter SHtegenni ancha qiynadi. Lekin keyin Benzema to'pni uzatayotganda braziliyalik futbolchi o'yindan tashqari holatdaligi malum bo'ldi.  

"VAR" ham bu vaziyat penaltiga tortmaydi deb qaror chiqardi. 

21-daqiqa. Vinisius osonlik bilan Mingesani aldab ketgandi, jarima maydoniga kirganida esa Garsiya va Mingesaning o'rtasidan o'tayotganida yiqildi... Hakamning dastlabki qarori "yo'q" bo'ldi.  

19-daqiqa. Rodrigo to'pga eta olmagach, Albaga nisbatan qoidaga zid ravishda harakat qildi deb ishora berdi yon hakam.  

16-daqiqa. Ansu Fati to'p uchun kurashda Mendiga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Yosh iqtidor sohibi raqibini turtib yuborganini tan olmayapti.  

14-daqiqa. Kroosning uzatmasidan keyin Kazemironing urinishi gol bo'lishiga Pike yo'l qo'ymadi.  

Aynan braziliyalik futbolchi uchrashuvdagi birinchi burchak zarbasini ishlab oldi. 

13-daqiqa. Vinisius yiqitilgan bo'lsada, tabassum qilmoqda. Qanotda uni Mingesa "chiroyli" kutib oldi.

11-daqiqa. Vaskes to'pga kech qoldi va keyin Depay yiqilib tushdi.    

9-daqiqa. Hozircha ustunlik mezbonlar tomonida. "Real" ikkinchi raqam bo'lib o'ynashga hozircha qarshi emas.  

Dest qanotida uch raqibni dog'da qoldirib ketishga urinib ko'rdi, ammo Mendi bunga yo'l qo'ymadi. 

8-daqiqa. Bu safar endi Kroos Gaviga nisbatan qo'pol o'ynadi deb topildi.  

6-daqiqa. Buskets ortidan Benzema kelayotganini sezgan holatda, biroz shoshib qoldi va uzatmani noaniq amalga oshirdi.  

5-daqiqa. Maydon markazida Buskets Kroosga nisbatan qo'pollik ishlatdi, hakamning hushtagi chalindi.  

3-daqiqa. Raqib ijrosida to'p uzatishdagi xatodan keyin "Barselona" uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin edi, biroq Militao Fatiga imkon qoldirmadi.  

2-daqiqa. Hozircha mezbonlar to'pni nazorat qilishmoqda. 

1-daqiqa. O'YIN BOSHLANDI! Uni Ansu Fati boshlab berdi. 

CHigalyozdi mashg'ulotlar davomida shu narsa etiborni tortdiki, qaydnomaga kiritilgan bo'lsada, Eden Azar asosiy guruh bilan shug'ullanmadi. Buning sababi hozircha malum qilinmadi. 

Stadionni deyarli to'ldirgan muxlislar qo'shiq kuylashni boshlab yuborishgan. Muhit shunaki super!

Etiboringizga uchrashuvdan avvalgi fotolavhalarni taqdim etamiz.

Har ikki jamoa ustozlari asosiy tarkib futbolchilarini aniqlab olib ulgurishgan. 

"Barselona" - "Real""Kamp Nou" stadioni

"Barselona" - ter-SHtegen, Dest, Pike, Buskets, Depay, Ansu Fati, Alba, De Yong, Mingeza, Erik, Gavi.

"Real" - Kurtua, Mendi, Alaba, Militao, Vaskes, Kazemiro, Kroos, Modrich, Vinisius, Rodrigo, Benzema.

Barcelona

Sergio Aguero - 90'

LaLiga . 10-tur

24/10/2021, 19:15

2 : 1 Tugadi

Real Madrid

David Alaba - 32', Lucas Vazquez - 90'

Stadion: Camp Nou, 86422 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

BestMaster
24 Oktyabr 2021, 21:15
liga, barselona, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads