Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Espanol" - "Real" 2:1 yoxud "SHerif"dan uchralgan mag'lubiyat tasodif emasmidi?

LaLiganing 7-turidan o'rin olgan "Espanol" - "Real" bahsi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Espanol" – "Real Madrid" 2:1 "RCDE Stedium" o'yinigohiGollar: 1:0 – 17 de Tomas, 2:0 – 60 Aleish Vidal, 2:1 – 71 Benzema.

"Espanol" – Diego Lopes, Xil (Didak Vila, 81), Kabrera, Serdji Gomes, Pedrosa, Aleish Vidal (Melamed, 64), Darder (David Lopes, 82), Bare, Melendo (Morlanes, 58), de Tomas, Embarba (U Ley, 65).

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Militao, Alaba, Modrich (Yovich, 61), Kroos (Kazemiro, 61), Valverde, Kamavinga (Rodrigo, 46), Vaskes, Benzema, Vinisius Junior (Azar, 72).

Ogohlantirishlar: Embarba (11), Kamavinga (29), Xil (79).

Espanyol

Raul de Tomas - 17', Aleix Vidal - 60'

LaLiga . 8-tur

03/10/2021, 19:15

1 : 2 Tugadi

Real Madrid

Karim Benzema - 71'

Stadion: RCDE Stadium, 23377 tomoshabin

Bosh hakam: Guillermo Cuadra

45' 90' 11'  Adrian Embarba17'  Raul de Tomas17'  Adrian Embarba58'  Oscar Melendo (Manu Morlanes)60'  Aleix Vidal60'  Keidi Bare64'  Aleix Vidal (Nico Ribaudo)65'  Adrian Embarba (Lei Wu)79'  Oscar Gil81'  Oscar Gil (Didac Vila)82'  Sergi Darder (David Lopez)29'  Eduardo Camavinga46'  Eduardo Camavinga (Rodrygo)62'  Luka Modric (Luka Jovic)62'  Toni Kroos (Casemiro)71'  Karim Benzema71'  Luka Jovic72'  Vinicius Junior (Eden Hazard) Match-senterda ochish

La Liga turnir jadvali hamda to'purarlar ro'yxati bilan tanishing

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi va "Real Madrid" yana 1:2 hisobida mag'lub bo'lmoqda. "SHerif"dan uchralgan mag'lubiyat tasodif emasmidi?

90+5-daqiqa. Burchak zarbasi, raqib jarima maydonchasiga Kurtua ham kelgandi, ammo to'pni u erga normal tarzda etkazib bera olishmadi.  

90+2-daqiqa. Himoyada to'pni olib qo'yishda faol ishtirok etgan Lukas Vaskes hujumni rivojlantirishda, uzatmani o'ta noaniq tarzda amalga oshirdi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqti yakuniga etdi. Hakam 5 daqiqa qo'shib berdi. 

Birinchi urinishda zarba, ikkinchisida uzatma o'xshamadi va jamoasi oldinda borayotgan Diego Lopes shoshmasdan to'pni o'yinga kiritib bermoqda.  

87-daqiqa. O'yin ancha tezlashib ketdi. To'p soniyalar ichida maydonning u burchagidan, bu burchagiga etib bormoqda. Hozir Rodrigoni qo'pollik bilan to'xtatishdi. Jarima zarbasi, to'p oldida Benzema va Alaba. 

86-daqiqa. Yana bir standart, yana jarima maydonchasiga uzatma, lekin yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi.  

84-daqiqa. GOOOL! Ammo, lekin, biroq to'pni gol urgan Azarga tashlab bergan Karim o'yindan tashqari holatda ekan.   

82-daqiqa. O'zgarish! Oskar Xil o'rniga Diego Lopes

81-daqiqa. Hozirgina ogohlantirilgan Oskar Xilga yordam ko'rsatilmoqda. SHu sabab pauza yuzaga kelgan. 

80-daqiqa. Burchakdan uzatilgan to'pni sal qolsa Benzema boshi bilan darvozaning uzoq burchagiga joylab qo'yardi, biroq biroz noaniq. 

79-daqiqa. Ogohlantirish! Oskar Xil tili tinmagani uchun ogohlantirildi.

74-daqiqa. Standart vaziyatni Alaba amalga oshirdi, lekin zarbaga aniqlik etishmadi. 

73-daqiqa. Ikki futbolchi to'qnashib maydonga quladi. Militao raqibidan tezroq o'ziga kelib, o'rnidan turdi. Nikolas Melamed esa maydonni tark etishga shoshilmayapti. 

72-daqiqa. O'zgarish! Golli hujumni boshlab bergan Vinisius o'rniga Eden Azar o'yinga qo'shildi. 

71-daqiqa. GOOOOOOL! Karim Benzema hisobni o'zgartirdi! Luka Yovich golli uzatma muallifiga aylandi. 

69-daqiqa. "Real" katta kuch bilan oldinga ketayotgani sabab, raqib qarshi hujumda juda katta bo'sh hududlarga ega bo'lmoqda. Hozir Vaskes jamoasini ehtimoliy goldan qutqarib qoldi. 

67-daqiqa. GOOOL! Lekin Benzema gol urgan vaziyatda o'yindan tashqari holat qayd etildi.  

65-daqiqa. Vinisius to'pni o'ziga bo'ysundirishda qo'lini ishlatdi deb topildi. 

63-daqiqa. Burchak zarbasini "Real" amalga oshirdi, lekin golni yana mezbonlar urib ketishi mumkin edi. Biroq o'ta qulay vaziyatdan Darder darvozani aniq nishonga ololmadi. 

Endi mehmonlarga yanada qiyin bo'ladi. 

60-daqiqa. GOOOOOOL! Vidal oradagi farqni ikkitaga oshirdi.  

58-daqiqa. O'zgarish! Oskar Melendo o'ringa Manuel Morlanes o'yinga qo'shildi.

56-daqiqa. Bosim oqibatida himoyachi xatoga yo'l qo'ydi va "Real" to'pni yon chiziqdan o'yinga kiritadi.  

54-daqiqa. Uzoq davom etgan hujum Rodrigo o'yindan tashqari holatda qolganligi sabab uzilib qoldi. 

50-daqiqa. Kroos uzatgan to'pga Militao baland sakrab zarba bera oldi, ammo biroz noaniq. 

49-daqiqa. Navbatdagi urinish, endi Benzemaning zarbasidan keyin burchak zarbasi.  

Kroosning uzatmasidan keyin ish zarbagacha etib bormadi. 

48-daqiqa. "Real" ilk daqiqalardan bosimni boshlab yubordi. Modrichning uzatmasidan keyin to'p maydondan chiqarib yuborildi, burchak zarbasi.  

O'zgarish! Mehmonlar tarkibida futbolchi alishtirildi. Sariq kartochka olgan Kamavinga o'rnini Rodrigoga bo'shatib berdi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Bo'ldi, hakamning bo'lim yakunlanganligi haqidagi hushtagi yangradi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi. Biz ham biroz dam olamiz. 

45+1-daqiqa. O'sha qo'shib berilgan daqiqada "Real" hujum qilayotgandi, ammo qaytgan to'pni Militao sherigiga aniq yo'llay olmagach, sal qolsa "Espanol" o'z golini urib ketishi mumkin edi. Zarbaga aniqlik etishmadi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.  

44-daqiqa. Qanchalik etiroz bildirmasin, hakam Vinisiusga nisbatan qoida buzilmadi deb topdi. 

43-daqiqa. Jarima maydonchasiga kirib ulgurgan raqibini to'xtatishning boshqa imkonini topa olmagan Vaskes to'pni maydondan chiqarib yubordi, burchak zarbasi.  

Vinisiusga nisbatan qo'pollik uchun Oskar Melendo nohaq deb topildi. Mezbonlar murabbiyi norozi.

40-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin Vinisiusdan qanot himoyachisi Pedrosa to'pni olib qo'yib, oldinga intildi, lekin maydon markazigacha raqibini quvlab borgan Vinni to'pni jamoasiga qaytarib olib berdi. 

39-daqiqa. "Espanol" vakili Adrian Embarba o'ng qanotdan xavfli hujumni rivojlantirishdi va zarbani yana usha Raul De Tomas amalga oshirdi, ammo noaniq. 

37-daqiqa. Mezbonlardan mayda follar ko'payib ketdi. 

34-daqiqa. Benzema jamoasiga burchak zarbasi ishlab bermoqda.

33-daqiqa. Vinisius nisbatan oddiyroq uzatmasi o'tmagach, aldamchi harakatlar bilan raqibini "raqsga tushirib" yubordi.  

31-daqiqa. "Real" o'ng qanotdan uyushtirgan navbatdagi hujumi yakuniga etmay qoldi, keyin esa Lukas Vaskesga nisbatan qoida buzildi. 

29-daqiqa. Ogohlantirish! Eduardo Kamavinga keskin harakati uchun ogohlantirildi.

27-daqiqa. Hakam ikki bor har ikki tomonga jarima zarbasi berishi mumkin bo'lgan joyda, indamadi va o'yinni davom ettirishni so'radi. 

24-daqiqa. "Real" o'ziga kelishi biroz qiyin bo'layotgandek. Jamoa u qadar ishonch bilan hujumga o'ta olmayapti.

21-daqiqa. Karim Benzema aniq zarba berdi, lekin darvozabon o'z o'rnida. Darvoqe, u ham mehmonlarga begona emas - Diego Lopes. 

19-daqiqa. Modrichning xatosi jamoasiga qimmatga tushishi mumkin edi, lekin Vaskes bu safar himoyada yordami tegdi.  

Haa, kutilmaganda, maydonda asosan himoyalanish bilan ovvora bo'layotgan "Espanol" hisobda oldinga chiqib oldi. Buyog'iga o'yin yanada qizishi, tezlik oshishi turgan gap. 

 

17-daqiqa. GOOOOOOL! "Espanol" hisobni ochmoqda. Raul De Tomas - "Real" tarbiyalanuvchisi gol muallifi. 

15-daqiqa. "Espanol"ning chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirgan futbolchisi yakuniy zarbani bera olmay qoldi.  

14-daqiqa. Vinisiusning o'ziga xos harakat bilan uzatgan to'pini qabul qilgan Benzema zarbani paysalga solib yubormaganda, balki hisob ochilishi mumkin edi. 

11-daqiqa. Ogohlantirish! Adrian Embarba Kamavingaga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka ishlab oldi. 

10-daqiqa. Bugun imkoniyatga ega bo'lgan, bu mavsum juda kam maydonga tushirilayotgan Lukas Vaskes yaxshi harakat qildi, ammo u uzatgan to'pga sheriklari etib bora olishmadi. Qarshi hujumni esa Vaskesning o'zi to'xtatishga muvaffaq bo'ldi. 

9-daqiqa. Mezbonlar birinchi keskin hujumlarini zarba bilan yakunlashdi va Kurtua o'z o'rnida. Burchak zarbasidan uzatilgan to'pni esa himoyachilar qaytarib yuborishdi. 

6-daqiqa. O'yin dagi birinchi burchak zarbasini "Real" amalga oshirdi, ammo undan naf chiqmadi. 

4-daqiqa. Pressing natijasida "Espanol" himoyachilari to'pni Vinisiusga sovg'a qilishdi u o'z navbatida Benzemaga zarba berish imkoniyatini qoldirdi, ammo francuzning zarbasidan keyin to'p to'g'ri darvozabon turgan nuqtaga bordi. 

3-daqiqa. Kamavinga chap qanotdan oldinga o'tdi va uzatmani amalga oshirdi, ammo Benzema zarba berishiga raqib yo'l qo'ymadi.  

2-daqiqa. Vinisius darvozani adashtirib qo'ydi shekilli, Kurtua qo'riqalayotgani tomonga qarab yugurib qoldi))

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi. 

"Real" tarkibida bir nechta yo'qotishlar mavjudligidan xabaringiz bo'lsa ajab emas. Qo'shimchasiga, Asensio va Mariano ham kuni-kecha jarohat orttirib oldi va bugun mehmonlarga yordam berolmaydi. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.  

"Espanol" – "Real Madrid"

"RCDE Stedium" o'yingohi

"Espanol" - Diego Lopes, Gil, Gomes, Kabrera, Pedrosa, Bare, Darder, Embarba, Aleysh Vidal, Melendo, Raul de Tomas.

"Real" - Kurtua, Militao, Alaba, Nacho, Kroos, Benzema, Modrich, Valverde, Vaskes, Vinisius, Kamavinga.

BestMaster
3 Oktyabr 2021, 21:15
liga, espanol, real, yoxud, sherifdan, uchralgan, maglubiyat, tasodif, emasmidi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads