Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Neymar darajasi yohud ,,Barsa"ning bu kuni- ,,Real"dan meros!!!

Agar zo'r film yaratishni istasangiz, Jeki Chan va Jet Lini (o'zbekcha aytganda, Ulug'bek Qodirov va Yigitali Mamadaliev) ro'llarga jalb eting va senariyni ularni dushman qilib boshlab, xohlagandek yozib tugating. U ijrochilar evaziga zo'r filmga aylanadi. Ijrochilar evaziga film ancha sarmoya ham qazonadi. Bunday, o'z muxlislariga ega bo'lgan aktyorlar filmni o'z-o'zidan mashxur qilaveradi. Chunki ularning muxlislari juda ko'p. Muxlislar, film qanday chiqishidan qattiy nazar, uni tamosha qilishadi.

Biz bloggerlar futbolning millionlar o'yini bo'lgani sababmi, bu odat tusiga kirganmi yoki hozir bu ,,moda"ga aylanganmi?- bilmadimku-ya. Lekin maqola boshi yoki ohiridami, odatda bosh sahifadayoq futbolni nimagadir qiyoslashni ,,moda" qilib olganmiz. Millionlar o'yini-ku deb, har kuyga solib aytyapmiz. Bu safar men, o'quvchiga, fikrimni aniqroq yetkazish maqsadida, aynan filmdan oldim misolni, yaxshi chiqadimi ko'ramiz?!

Mana, yangi mavsum, ,,Yevropa havosi" ham keldi, oshno dillarga. Kelishi bilan, muxlislarni biroz ,,dovduratib" tashlagani bor gap. Axir, ,,Real"- ,,Man Yu" ochib bergan ushbu mavsumni ,,Chelsi" sharmandali mag'lubiyat bilan davom ettirdi. Orada Parijdagi ulkan minora, ,,Barselona" klubi boshiga pul bo'lib qulagan bo'lsa, Italiya superkibogida ,,Yuventus", kutilmaganda ,,Latsiyo" dan tarsaki yedi. El-klassiko bu-alohida mavzu. Shuncha ,,g'olva" boshlanishiga yetadimi?- xo'sh nima dedingiz?

Bu hali boshlanishi. Hali bizni uzoq mavsum kutyapdi. Oldinda bizni , London derbilari, Manchester derbilari, Milan derbisi, Madridcha derbi, Kataloncha derbilar, Rim uchun kurashlar va eng zo'r film, yana El-classikoni ko'ramiz. Asosiy mavzuyim, sarlavhada borligi sabab, unga qaytaman.

 

BestMaster
31 Avgust 2017, 07:40
neymar, darajasi, yohud, barsaning, kuni-, realdan, meros!!!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads