Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Jasur Yaxshiboev «Real»ga gol urgan ikkinchi o'zbekistonlik futbolchiga aylandi

«Sherif» Chempionlar Ligasining 2-turidan o'rin olgan o'yinda safarda «Real»ni mag'lubiyatga uchratdi (2:1).

.
- Yuklab olish

«Sherif» Chempionlar Ligasining 2-turidan o'rin olgan o'yinda safarda «Real»ni mag'lubiyatga uchratdi (2:1). Moldava klubining ilk goliga Jasur Yaxshiboev mualliflik qildi. U 25-daqiqada chap qanotdan oshirilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi. Shu tariqa 24 yoshli Yaxshiboev «Real»ga gol urgan ikkinchi o'zbekistonlik futbolchiga aylandi.

Ungacha Maksim Shatskix «Dinamo Kiev» safida Chempionlar Ligasining 2006/07 yilgi mavsumi guruh bosqichi doirasida Madrid klubiga qarshi o'yinda dubl qayd etgandi. Kievda o'tgan o'yin 2:2 hisobida yakunlangan.

Qayd etish kerak, Shatskix «Real»ga qarshi bahslarning to'rtinchisiga kelib gol urgandi. U buning uchun 283 daqiqa sarflagan. Jasur Yaxshiboev esa «Real»ga qarshi ilk bahsidayoq gol urdi. Unga buning uchun 25 daqiqa etarli bo'ldi.

Ma'lumot uchun, Jasur Yaxshiboev 1997 yilning 24 iyunida Toshkent viloyatining Chinoz tumanida tug'ilgan. «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi hisoblangan Jasur 2020 yilda Belarusning «Energetik-BGU» jamoasiga o'tgan. Minskliklar safidagi bir davrada 14 o'yin o'tkazib, 9 gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan Jasur yozda «Shaxtyor» safiga borib qo'shildi. Mavsum yakunida Yaxshiboev soligorskliklar safida Belarus chempioniga aylandi, shuningdek, u 16 ta gol bilan chempionat to'purarlari jadvalida 2-o'rinni egallaydi. 2021 yil boshida esa u Polshaning «Legiya» klubiga o'tadi, biroq avgust oyining oxirida ijara asosida «Sherif»ga yo'l oldi. Shartnoma 2021/22 yilgi mavsum yakuniga qadar tuzilgan.

BestMaster
29 Sentabr 2021, 20:00
jasur, yaxshiboev, «real»ga, urgan, ikkinchi, ozbekistonlik, futbolchiga, aylandi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads