Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"SHerif" muxlisi "Real" ustidan qozonilgan g'alaba tufayli oilasini Misrga olib borishga majbur

Futbol ishqibozi agarda Moldova klubi CHempionlar ligasi guruh bosqichining ikkinchi turida "Real"ga yutqazmasa, xotinini sayohatga olib borishga vada bergan.

.
- Yuklab olish

Biroq "Santyago Bernabeu" maydonida "SHerif" madridliklarni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Endi muxlis yaxshigina pul sarflashiga to'g'ri keladi — u oilasini dam olish uchun Misrga olib borishga vada bergan.

"O'yindan oldin xotinimga vada berdim: agar "SHerif" bugun yutqazmasa, butun oilamni dam olish uchun Misrga olib ketaman. Mana oqibati!" — deydi muxlis.

Eslatib o'tamiz, Yuriy Vernidub boshchiligidagi jamoa olti ochko to'plagan holda guruhda peshqadam bo'lib turibdi.

"SHerif" ECHL guruh bosqichida o'ynagan ilk Moldova klubi bo'ldi. Tiraspolliklar turnirning to'rtta saralash bosqichidan o'tgan. Ular Albaniyaning "Teuta", Armanistonning "Alashkert", Serbiyaning "Crvena Zvezda" va Xorvatiyaning "Dinamo"sini mag'lub etgan.

BestMaster
29 Sentabr 2021, 19:15
sherif, muxlisi, real, ustidan, qozonilgan, galaba, tufayli, oilasini, misrga, olib, borishga, majbur,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads