Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Dahshat! "SHerif" "Real"dan necha baravar arzonligini bilasizmi?

SHubhasiz, Moldovaning "SHerif" jamoasi bugungi kun qahramoni bo'lib turibdi.

.
- Yuklab olish

Mana, 14 soatdirki, bu jamoani olqishlamagan kishi, u haqda aytilmagan maqtov qolmadi. Biz ham "Santyago Bernabeu"dagi g'alaba Tiraspol shahrining bosh jamoasi uchun nechog'lik ahamiyat kasb etishini ko'rsatishga harakat qilamiz. CHunki bu oddiy "sensaciya" emas, "supersensaciya"!

Real Madrid

Karim Benzema - 65'

Champions League Grp. D . 2-tur

29/09/2021, 00:00

2 : 1 Tugadi

FC Sheriff

Djasur Yakhshibaev - 25', Sebastien Thill - 90'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 24522 tomoshabin

Bosh hakam: Lawrence Visser

45' 90' 39'  Casemiro64'  Carlo Ancelotti65'  Karim Benzema66'  Miguel Gutierrez (Toni Kroos)66'  Eden Hazard (Luka Jovic)66'  Casemiro (Luka Modric)66'  Nacho Fernandez (Rodrygo)81'  Luka Jovic17'  Danilo Arboleda25'  Djasur Yakhshibaev25'  Cristiano45'  Edmund Addo46'  Gustavo Dulanto57'  Djasur Yakhshibaev (Bruno Felipe)78'  Frank Castaneda (Keston Julien)90'  Sebastien Thill90'  Adama Traore90'  Sebastien Thill90'  Dimitris Kolovos (Boban Nikolov) Match-senterda ochish

Bu fikrni jamoalarning ayni paytdagi qiymati ham isbotlab beradi. Gap tarkiblarning umumiy bahosi haqida ketsa, albatta, olamga mashhur o'sha portalga murojaat qilamiz.

Transfermarkt'ning darak berishicha, Moldova jamoasining to'liq tarkibi 12,4 mln evroga baholanarkan. Malumot uchun, Toshkentning "Paxtakor"ida o'ynaydigan futbolchilar bundan atigi 1 mln.ga arzonroq. "SHerif" tarkibidagi eng qimmat o'yinchi Frank Kastaneda hisoblanadi. Kolumbiyalikning transfer bahosi 1 mln evroga teng. 

"Real" esa jahon grandi va ayni paytda futbol tarixidagi eng buyuk klub. Mos ravishda "Qirollik jamoasi"ning tarkibi ayni paytda 794 mln evrolik "tosh bosadi". Eng qimmat futbolchi Kazemiro (70 mln evro).

Yaxshiboev va "Nasaf"dagi Markoni nima bog'lab turibdi?

Solishtirish uchun aytamiz, "SHerif" "Real"dan 64 marotaba arzonroq jamoa. "Qaymoqranglilar" tarkibida Tiraspol jamoasining umumiy qiymatidan qimmatroq 20 nafar futbolchi bor. Birgina Kazemironing transfer bahosi evaziga yana 5 ta "SHerif"ni shakllantirish mumkin.

Ammo guvoh bo'lganingizdek, bizning olamda barchasi pulga bog'liq emas, mo'jizalar ham sodir bo'lib turadi. F. Ro'zievning tabiri bilan aytganda "Kesakdan olov chiqargan" "SHerifga" esa tasanno!

Malika Kushbakova

BestMaster
29 Sentabr 2021, 15:45
dahshat!, sherif, realdan, necha, baravar, arzonligini, bilasizmi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads