Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yaxshiboev: «Real»ga qarshi o'ynashni orzu qilardim»

Kecha, ya'ni 28 sentyabr kuni Chempionlar ligasining 2-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi

.
- Yuklab olish

Kecha, ya'ni 28 sentyabr kuni Chempionlar ligasining 2-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi, unda «Real» sensatsion tarzda Tiraspolning «Sherif» klubiga yutqazib qo'ydi (1:2).

«Sherif»ning o'zbekistonlik futbolchisi Jasurbek Yaxshiboev uchrashuvdagi birinchi gol muallifiga aylandi. O'yindan keyin Jasur qisqa intervyu berdi va o'z taassurotlari bilan bo'lishdi.

«O'sha paytda o'zimni qanday his qildim? Bolaligimdan «Real»ga qarshi o'ynashni orzu qilardim. Men gol urishni xohlardim, lekin buni amalga oshirishimni xayolimga ham keltirmaganman», - deydi Yaxshiboev.

Eslatib o'tamiz, kechagi g'alabadan keyin Moldova klubi o'z guruhida 6 ochko bilan etakchiga aylanib oldi.

BestMaster
29 Sentabr 2021, 15:00
yaxshiboev, «real»ga, qarshi, oynashni, orzu, qilardim»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads