Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronalduning bu natijalarini hech kim takrorlay olmagan, hatto Messi ham

Evropa Chempionlar ligasi yarim final o'yinlaridan keyin bir qator rekord natijalar qayd etildi.

.
- Yuklab olish

Evropa Chempionlar ligasi yarim final o'yinlaridan keyin bir qator rekord natijalar qayd etildi. Ana shunday rekordlarning aksariyati Krishtianu Ronalduga tegishlidir. Madridning «Real» klubi hujumchisi uchta o'yinda sakkizta to'p kiritib, chet el matbuotining e'tiborini o'ziga qaratdi. Chet el nashrlari esa futbolchining rekordlarini birin-ketin yoza boshlashdi. Biz ham bugungi sahifamizda portugaliyalik futbolchi tomonidan shu vaqtga qadar o'rnatilgan rekord natijalarni e'tiboringizga havola etamiz.

* * *

Portugaliyalik futbolchi Evropa Chempionlar ligasi yarim finallari tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Ronaldu Chempionlar ligasi yarim finallarida raqiblar darvozalarini 13 marta ishg'ol etgan. Bu borada futbolchi shu vaqtga qadar etakchilik qilgan afsonaviy o'yinchi Alfredo Di Stefanoni (11 ta gol) ortda qoldirdi.

* * *

Krishtianu Ronaldu Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichida 50 ta gol muallifiga aylangan birinchi futbolchi hisoblanadi. Ayni damda Ronalduning bu boradagi ko'rsatkichi 52 taga etgan.

* * *

«Real» etakchisi Chempionlar ligasining ketma-ket ikki o'yinida xet-trik qayd etgan birinchi futbolchi sifatida tarix sahifalaridan joy egalladi. Ronalduevrokuboklarda gol urish bo'yicha o'z rekordini ham yangilashga ulgurdi.

* * *

Krishtianu evrokuboklarda 100 ta gol urib, millionlar tarixida bunday natija ko'rsatgan birinchi o'yinchiga aylandi. Shuni ta'kidlash kerakki, ayni damda Ronalduning evrokuboklardagi gollari 106 taga etgan.

* * *

Ronaldu «Santyago Bernabeu» tarixidagi to'purarlar ro'yxatining birinchi o'rniga ko'tarilib oldi va bu borada «qirollik klubi»ning afsonaviy o'yinchisi Alfredo Di Stefanoni ortda qoldirishga erishdi. Di Stefanoning hisobida 210 ta gol bor.

* * *

Ayni damda Krishtianuning «Real»dagi gollari soni 402 taga etdi. Futbolchi gollarning 282 tasini Ispaniya milliy chempionati doirasida, 89 tasini evrokuboklarda, 22 tasini Ispaniya kubogida, 9 tasini esa boshqa turnirlarda kiritgan.

* * *

Ronaldu to'purarlik bo'yicha «Real»ning rekordchisi hisoblanadi. Krishtianu bu borada Madrid jamoasining yana bir afsonasi — Rauldan (323 ta gol) o'zib ketgan.

* * *

Krishtianuning yana bir natijasi tahtsinga sazovor. Ronaldu Ispaniya chempionatida 7 yil ketma-ket 30 tadan ko'p gol urgan birinchi futbolchi hisoblanadi.

* * *

Bundan tashqari, Ronaldu Ispaniya chempionatining barcha turnirlarida ketma-ket 6 yil kamida 50 ta gol kiritgan dastlabki futbolchi, nomini ham qo'lga kiritgan.

* * *

Ronaldu bir yilda (2016 yilda) Evropa Chempionlar ligasi, Evropa chempionati, klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqqan hamda «Oltin to'p» sohibiga aylangan birinchi futbolchidir. Uning bu natijasini hech bir futbolchi takrorlay olmagan.

* * *

Portugaliyalik charm to'p ustasi homiy tashkiloti bilan umrining oxirigacha shartnoma imzolagan birinchi o'yinchidir. Futbolchining homiysi — «Nike» kompaniyasi futbolchiga yiliga 24 million dollar to'laydi.

* * *

«Real» hujumchisi ijtimoiy tarmoqlarda 200 million nafar o'quvchisiga ega bo'lgan birinchi futbolchidir.

* * *

U Chempionlar ligasining bir mavsumida gol urish bo'yicha rekordchi hisoblanadi, Ronaldu 2013/2014 yilgi mavsumda EChLda 17 ta gol urgan.

* * *

Ronaldu Evropaning top-6 chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purardir. Futbolchi shu vaqtga qadar 367 ta gol kiritgan. Krishtianu bu borada Jimmi Grivz (366) va Gerd Myullerdan (365) o'zib ketgan.

BestMaster
17 May 2017, 11:55
ronalduning, natijalarini, hech, takrorlay, olmagan, hatto, messi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 10
merry
 merry  
Ха бунака рекорд кайд етиш жуда кийин:-)
17 May 2017, 12:04
 dibala21  
tolka klass
17 May 2017, 12:06
Crish_best
 Crish_best  
Гап йок раналду! #Respect
17 May 2017, 12:12
 isko  
Omad ronaldo
17 May 2017, 12:53
 muhlisa  
Deda q6yil
17 May 2017, 13:22
 SergioRamosRMA  
Qoyil lekin.
17 May 2017, 13:32
 rahim  
Gap yuq yangi rekordlar kutamiz
17 May 2017, 13:32
 _bek_bek_  
hala ranaldu
17 May 2017, 14:49
 Jaahaa  
Omad ranaldo olg'a real
17 May 2017, 16:44
 rma  
Bunaqa Rekord Hali Bomagan Bomaydiyam Omad Ranaldo Olg'a Real Madrid
17 May 2017, 17:45
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads