Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

ECHL. Jasurbek Yaxshiboevdan gol va "Real" uyida sensacion ravishda mag'lubiyatga uchradi

ECHL ikkinchi turidan o'rin olgan "Real Madrid" – "SHerif" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Real Madrid – SHerif 1:2 "Santyago Bernabeu" stadioniGollar: 0:1 – 25 Yaxshiboev, 1:1 – 65, Benzema penaltidan, 1:2 – 89 Till.

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho (Rodrigo, 66), Alaba, Militao, Migel Guterres (Kroos, 66), Kazemiro (Modrich, 66), Valverde, Kamavinga, Benzema, Azar (Yovich, 66), Vinisius Junior.

"SHerif" – Atanasiadis, Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos (Nikolov, 90), Till, Addo, Traore, Kastaneda (Djulen, 78), Yaxshiboev (Bruno, 57).

Ogohlantirishlar: Arboleda (17), Kazemiro (39), Addo (45), Dulanto (46), Yovich (81), Till (90).

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.. 

YANGILASH

Keyingi uchrashuvlarda har ikki jamoaga va ayniqsa Jasurbek Yaxshiboevga omad tilab qolamiz!

90+7-daqiqa. Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi! Ha, azizlar tarixiy uchrashuv yakunlandi. U nafaqat Jasurbek Yaxshiboevning goli bilan yodda qoladigan bo'ldi, balki Moldovaning "SHerif" jamoasi Madridga kelib, "Real"ni yutib ketgani bilan ham futbol tarixidan alohida o'rin oladi.  

90+6-daqiqa. Karim Benzemaning kuchli va aniq zarbasi posbon o'z o'rnida.  

90+5-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin omad Vinisiusdan yuz o'girdi...  

90+4-daqiqa. Valverdening zarbasidan keyin to'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak zarbasi.  

90+2-daqiqa. "SHerif" qarshi hujumga qochib ketishi mumkin edi, lekin to'p hakamga tegib ketdi.   

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi!

89-daqiqa. GOOOOOOOOL! "SHerif"dan daxshatli sensaciya! To'p yon chiziqdan tashlab berildi va jarima  maydonchasi tashqarisida turgan Sebastyan Tilga borib tushdi, u uzoq o'ylab o'tirmay, kuchli va muhimi aniq zarba bilan Kurtua darvozasini ishg'ol qildi.  

Javob hujumida Rodrigoning uzatmasidan keyin Yovich jamoasini oldinga olib chiqishi mumkin edi, lekin zarba kuchsiz chiqdi.  

88-daqiqa. "SHerif" chamasi ikkinchi bo'limda birinchi marta raqib jarima maydonchasigacha etib kelgandi, ammo uzatilgan to'pga mehmonlarning birorta futbolchisi eta olmadi.  

85-daqiqa. "SHerif" himoyasi hamon sabr bilan raqib hujumlariga qarshi turibdi.  

82-daqiqa. Kamavinga, Benzema va Vinisius hujumni rivojlantirishdi. Bu safar yakuniy zarbani Rodrigo berdi, ammo natija o'sha-o'sha...

81-daqiqa. Ogohlantirish! Luka Yovich raqibni qo'lidan tortib, to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.  

76-daqiqa. Atanasiadis bu safar Militaoning aniq zarbasini qaytarishga erishdi, keyin esa Vinisiusning to'p oshirishi o'xshamadi. 

To'p yuziga tegib maydonni tark etgan darvozabon yordamga muxtoj bo'lib yotibdi. 

75-daqiqa. Modrich va Benzema bir necha bor to'pni bir-birlariga oshirib, himoyachilarni dog'da qoldirishdi, oxirgi zarbani Luka amalga oshirdi, biroq darvozabon yana jamoasini muqarrar goldan qutqardi.    

74-daqiqa. Rodrigo o'ng qanotda raqibini alday olmadi.   

Hakam ishonch hosil qilish maqsadida "VAR"ning yordamini kutdi, "xonadagilar" ham dastlabki qarorni tasdiqlashdi. 

72-daqiqa. GOOOOOL! Ammo, lekin, biroq... O'yindan tashqari holat. "SHerif" yana hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi.    

69-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin himoyachilar oxirgi zarbani berishga imkon qoldirishmadi.   

66-daqiqa. O'zgarishlar! Azar, Migel Guterres hamda Nacho o'rniga Yovich, Kroos va Rodrigo tushdi.  

64-daqiqa. To'p oldida Karim Benzema. Jiddiy nigoh, kuchli zarba va GOOOOOL! Hisob tenglashdi.   

63-daqiqa. PENALTI! Hakam takroriy lavhani ko'rganidan keyin o'n bir metrlik jarima zarbasi belgilamoqda.  

Karlo Anchelotti ham bu safar jim tura olmadi. 

62-daqiqa. Yana Vinisius, yana u jarima maydonchasida yiqildi va yana to'xtalish. 

Yo'q, hakamlar o'yin qoidasi buzilmagandi deb hisoblashdi. 

60-daqiqa. Vinisius jarima maydoniga kirib, yiqildi, o'yin to'xtab turibdi. "VAR" qarorini kutamiz.  

Takidlab o'tamiz, "Championat.asia" malumotlariga ko'ra, Jasurbek Yaxshiboevni hamon eski jarohatlari bezovta qilayotgan. Aynan ular sabab futbolchi "Legiya"da o'yin amaliyotiga ega bo'lolmagandi. 

Jasurbek maydondan chiqib ketayotgan lahzada har holda "SHerif" "Real"ni yutayotgandi, bu fakt!

57-daqiqa. O'zgarish! Jasurbek Yaxshiboev alishtirilmoqda. Uning o'rniga o'yinga Bruno Souza tushdi.  

54-daqiqa. Mezbonlarning bosimi daqiqa sari kuchayib bormoqda. Ammo Vernidub shogirdlari ham imkoniyatlarini to'g'ri baholab harakat qila olishmoqda.    

"Real" shu qadar shoshyaptiki, tengidan ikki futbolchi to'pni "aut"dan tashlab beryapti... 

51-daqiqa. Exxx! Yaxshiboev to'pni o'ziga bo'ysundira olganidami... Hamyurtimiz ikkinchi golni urishi hech gap emasdi.  

50-daqiqa. Yana Vinni qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo u uzatgan to'p Benzemaga etib bormadi. 

47-daqiqa. Vinisius qanotida faol. Hozir u uzatgan to'pga Karim Benzema eta olmadi, aks holda jarima maydonchasi markazidan zarba yo'llashi mumkin edi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Bosh hakam o'yinning birinchi bo'limiga umuman vaqt qo'shib o'tirmadi. Birinchi bo'limdan keyin "SHerif" Madridda "Real"dan ustun kelmoqda va yagona gol Jasurbek Yaxshiboev hisobiga yozilgan. Biroz dam olamiz va yanada qiziqarli ikkinchi bo'limni tomosha qilamiz.   

45-daqiqa. Ogohlantirish! Valverdeni quchoqlab olgani uchun Edmund Addoga sariq kartochka ko'rsatildi.  

43-daqiqa. Mezbonlar burchak zarbasidan naf chiqara olmadi.  

41-daqiqa. "Real" uchun u qadar bo'lmayotgan bo'lsada, birinchi bo'limda Azar juda faol harakat qilayotganini takidlash lozim.    

39-daqiqa. Ogohlantirish! Kazemiro "podkat"da to'pni raqibidan olib qo'ygan va mehmonlarning qarshi hujumini to'xtatib qolgandi. Bosh hakam qoida buzildi deb topdi.    

37-daqiqa. Qanaqasiga? Deb savol berayotgandir hozir "Real" muxlislari. Bu mavsum Karimning bu kabi zarbasidan keyin to'p aniq darvoza to'ridan joy olayotgandi.   

36-daqiqa. Ketma-ket hujumlar, zarbalar, juda qulay imkoniyatlar ham bo'lmoqda, biroq to'p hozircha Atanasiadis darvozasiga borishni istamayapti. 

35-daqiqa. Eden Azar to'pga tegmay, sherigga golli vaziyat yaratib bergandi, ammo Vinni nishonda biroz adashdi.

34-daqiqa. Benzema o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi.   

32-daqiqa. UXXX! Jasurbek dubl rasmiylashtirishiga santimetrlar etmadi. Tibo ham tomoshabin rolida qolib ketgandi.  

31-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Migel Guterres zarba bilan yakunladi, noaniq.  

28-daqiqa. To'p oshirishdagi xato sabab "Real" hujumi uzilib qoldi.  

Ana shunaqa azizlar, o'tgan daqiqalar davomida deyarli hujum uyushtirmagan mehmonlar, birinchi zarbdayoq hisobni ochishdi. Hamyurtimizning boshi bilan yo'llagan to'pini Kurtua ham qaytarolmadi. Qaytarolmaydiyamda...

25-daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! JASURBEK YAXSHIBOEV "Santyago Bernabeu"da gol urdi! 

24-daqiqa. Javob hujumida 

23-daqiqa. "SHerif" o'ng qanot futbolchisi oldinga o'tdi va to'pga ham etgandi, lekin Migel Guterresga to'qnashib reklama shitiga borib urilganiga qaramay, hakamlar qoida buzilmadi deb topishdi.   

22-daqiqa. Mehmonlar o'zlariga kela boshlayotgandek. 

20-daqiqa. Jasurbek Yaxshiboev o'yindan tashqari holatda qolib ketgani malum bo'ldi! Uchrashuvdagi birinchi offsayd.  

19-daqiqa. "Real" bosimni davom ettirmoqda. 

Karim Benzemaaaa! Francuzning zarbasidan keyin deyarli to'p darvoza to'qqizligiga ketayotgandi, Atanasiadis jamoasini qutqardi.   

16-daqiqa. Eden Azar jarima maydonchasi chizig'i yonginasida yiqitildi. Jarima zarbasi belgilandi.  

14-daqiqa. Alaba to'pni ortiga o'tqizib yubordiku, lekin Jasurni qo'yib yubormadi. 

12-daqiqa. Eden Azar jarima maydonchasiga kiraverishda to'pni oldirib qo'ydi, lekin etiborli jihati u yiqilib tushmadi va kurashni davom ettirib, raqibni maydonga qulatdi. Belgiyalik futbolchi o'ziga o'xshamayapti.   

10-daqiqa. Nazarimizda, "SHerif" ilk bor chinakamiga hujumga o'tdi, ammo chap qanotdan uzatilgan to'pni Kurtua juda osonlik bilan egallab oldi.   

7-daqiqa. O'ng qanotdan Nachoning faolligi sabab xavfli vaziyat yuzaga keldi, lekin Vinisius zarbani paysalga solib yubordi va himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.  

Zarbani David Alaba amalga oshirdi va sal qolsa, to'p hech kimga tegmay, darvoza to'riga borib tushishi mumkin edi. 

5-daqiqa. Yana Eduardoning oyog'iga tepishdi va standart vaziyat.   

3-daqiqa. Markazda Kamavingaga nisbatan qoida buzildi. 

Mezbonlar ilk daqiqalardan ustunlikni qo'lga olishga harakat qilishmoqda. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Bugun nafaqat Jasurbek Yaxshiboev balki Migel Guterres ham ECHLda debyut o'yinini o'tkazadi. SHuningdek, Kamavinga "Real" safida ilk bor ushbu musobaqada maydonga tushdi.    

Futbolchilar maydonga tushishga tayyor.

Stadionga to'plangan muxlislar "Qirollik klubi" madhiyasini jonli ijro etib berishdi.  

Real Madrid

Karim Benzema - 65'

Champions League Grp. D . 2-tur

29/09/2021, 00:00

2 : 1 Tugadi

FC Sheriff

Djasur Yakhshibaev - 25', Sebastien Thill - 90'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu

Bosh hakam: Lawrence Visser

45' 90' 39'  Casemiro64'  Carlo Ancelotti65'  Karim Benzema66'  Miguel Gutierrez (Toni Kroos)66'  Eden Hazard (Luka Jovic)66'  Casemiro (Luka Modric)66'  Nacho Fernandez (Rodrygo)81'  Luka Jovic18'  Danilo Arboleda25'  Djasur Yakhshibaev25'  Cristiano45'  Edmund Addo46'  Gustavo Dulanto57'  Djasur Yakhshibaev (Bruno Felipe)78'  Frank Castaneda (Keston Julien)90'  Sebastien Thill90'  Adama Traore90'  Sebastien Thill90'  Dimitris Kolovos (Boban Nikolov) Match-senterda ochish

BestMaster
29 Sentabr 2021, 02:00
jasurbek, yaxshiboevdan, real, uyida, sensacion, ravishda, maglubiyatga, uchradi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads