Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Alvaro Arbeloa Bekoboddagi futbol akademiyasining tantanali ochilish marosimiga keladi

Xabaringiz bor, Bekobodning “Metallurg” futbol klubi qoshida “El Golazo Academy Powered by Real Madrid” futbol akademiyasi faoliyatini boshlayapti.

.
- Yuklab olish

Xabaringiz bor, Bekobodning “Metallurg” futbol klubi qoshida “El Golazo Academy Powered by Real Madrid” futbol akademiyasi faoliyatini boshlayapti. Qisqa muddat ichida klub muassisi – O'zbekiston metallurgiya kombinati sa'yi harakati bilan akademiya uchun ajratilgan bino kapital ta'mirdan chiqarildi va yangi mavsum uchun o'quvchi yoshlarni qabul qilishga shay holatga keltirildi. “Metallurg” PFK qarorgohining yonginasida joylashgan “El Golazo Academy Powered by Real Madrid” futbol akademiyasining tantanali ochilish marosimiga 5 oktyabr sanasiga rejalashtirilmoqda.

Tantanali ochilish marosimiga keladigan nufuzli mehmonlar orasida qirollik klubi – “Real” (Madrid) ning sobiq futbolchisi va hozirgi elchisi Alvaro Arbeloa ham bor. «El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation» futbol akademiyasining ochilishi uchun u 5 oktyabr kuni tongda O'zbekistonga uchib keladi.

Alvaro Arbeloa 1983 yilning 17 yanvar sanasida Ispaniyaning Salamanka shahrida tavallud topgan. 2002 – 2006 hamda 2009 – 2016 yillar mobaynida “Real” (Madrid) jamoasi sharafini htmoya etgan. Qirollik klubi tarkibida 156 uchrashuvda maydonga chiqqan va raqiblari darvozasiga 3 ta gol kiritgan. Ispaniya o'smirlar, yoshlar, olimpiya hamda milliy terma jamoalariga jalb etilgan. 2010 yilgi Mundialda Ispaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo'lgan. Ikki karra Evropa chempioni. Ispaniya chempioni (2011/12), Ispaniya kubogi (2010/11, 2013/14), Superkubogi sohibi (2012), UEFA chempionlari ligasi g'olibi (2013/14, 2015/16), UEFA Superkobogi sohibi (2014) va klublar o'rtasidagi jahon chempioni (2014) bo'lgan.

Ayni paytda “Real” (Madrid) U-14 jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlab kelmoqda.

BestMaster
28 Sentabr 2021, 17:00
alvaro, arbeloa, bekoboddagi, futbol, akademiyasining, tantanali, ochilish, marosimiga, keladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads