Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Karvaxal muxlislardan Pike nomiga xushtakbozlik amalga oshirmasliklarini so'radi

"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal Ispaniya terma jamoasi o'yinidan oldin Cadena COPE nashriga intervyu berib o'tdi.

"Muxlislardan Jerard Pike nomiga xushtakbozlik uyishtirmasliklarini so'ragan bo'lar edim. Agarda muxlislar "Bernabeu"da unga xushtakbozlik amalga oshirgan bo'lsa, barcha futbolchilarga nisbatan xushtak chalgan hisoblanadi. O'ylaymanki bu hodisa Pikening o'yiniga ta'sir o'tkazmaydi.

"Barselona" Neymar bilan ko'p turnirlarda g'alaba qozondi. Ko'ramiz, yangi jamoa bilan nimalar yuz beradi. O'ylashimcha, Neymar "Real"ga qarshi o'yinlarda asosiy futbolchilardan biri edi. Shanba kuni biz Italiya terma jamoasiga qarshi Jahon chempionati saralash uchrashuvida maydonga tushamiz va g'alaba qozonmoqchimiz. Jahon chempionatida zafar quchish har bir futbolchining orzusi." - deydi Karvaxal

Ma'lumot uchun, Italiya va Ispaniya terma jamoasi 2-sentyabr kuni "Santiago Bernabeu"da JCH-2018 saralash uchrashuvida maydonga tushishadi.

BestMaster
30 Avgust 2017, 16:40
karvaxal, muxlislardan, pike, nomiga, xushtakbozlik, amalga, oshirmasliklarini, soradi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads