Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»da omadi chopmaganlar. Ular kimlar edi?

«Real Madrid» klubida ko'plab yulduzlar to'p surgan.

.
- Yuklab olish

«Real Madrid» klubida ko'plab yulduzlar to'p surgan. Hozir ham to'p surmoqda. Yana qanchadan-qancha futbol yulduzlari bu jamoada o'ynashni orzu qiladi. Chunki bu klub buyuklikka erishgan, eng sovrindor va mashhurlardandir. Klubning hozirgi transfer siyosati asosan kelajak uchun mo'ljallangan. Ya'ni, ular kelajakda jamoani yuqoriga ko'tara oladigan, yosh iqtidorlarni yig'ish bilan shug'ullanadi. Shunday bo'lsada bu strategiyani sal'biy tomoni ham bor. Yaqin o'tmishda «Real»da shunday talantli futbolchilar to'p surgan, lekin hozir ular mutlaqo boshqa joylarda. Ularning harakatlarini ko'ra turib, odamlar klub kelajagi bo'ladi deb o'ylashgan edi. Ularni biz hozirda «Barselona» afsonasi, APL g'olibi va «MYu» yulduzi deb bilamiz. Hozir shunday futbolchilardan bir nechtasini e'tiboringizga havola etmoqchimiz.

Xuan Mata

«Valensiya» klubida o'z nomini tarixga yoza olgan futbolchi, keyinchalik APLga yo'l oladi. Avval «Chelsi»da, keyin esa «qizil iblislar» tarkibiga borib qo'shiladi va hozirgacha biz uni «MYu» yulduzi deb bilamiz. Mata aslida, «Real Madrid»dan chiqqan futbolchi sanaladi. Hujumkor yarim himoyachi 15 yoshida qirollik klubiga kelib qo'shilgan. U dastavval jamoaning ikkinchi tarkibida to'p surdi. Mata u erda 10 ta golga mualliflik qilgan edi. Futbolchining klub bilan tuzgan bitimida boshqa klublar bilan muzokaralarga ruxsat etilgandi. Shu sabab u 2007 yilda «Valensiya»ga ko'chib o'tadi.

Samyuel Eto'o

«Real» bu futbolchini etishtirib, faqat o'ziga-o'zi zarar keltirdi. Negaki, Samyuel bir kun kelib, eng ashaddiy raqib jamoa bo'lgan «Barselona» afsonasiga aylanadi. Kamerun termasi a'zosi, hozirgi kunga kelib, xonandalik bilan shug'ullanmoqda. Eto'o «Real»da bo'lgan yillarda uning yo'li Raul, Fernando Morentes va Ronaldo kabi yirik yulduzlar tomonidan «yopib qo'yiladi». «Real»dagi etti uchrashuvdan iborat faoliyati davomida darvozaga birorta aniq zarba bera olmagan futbolchi 2000 yilda «Malyorka»ga ko'chib o'tadi.

Fabino

Hozirda «Liverpul» futbolchisi bo'lgan braziliyalik, bir paytlar «Real» tomonidan katta umidlar og'ushida edi. Fabino 18 yoshida Braziliyaning «Fluminense» klubidan xarid qilinadi va jamoaning «B» tarkibiga qo'shiladi. U erda Alvaro Morata, Kazemiro, Lukas Vazkez kabi bo'lajak yulduzlar bor edi. O'sha davrdagi bosh murabbiy Joze Mourino Fabinyoga 2013 yilda «Malaga»ga qarshi bahsda debyut qilish imkonini beradi. Ammo portugaliyalik murabbiyning jamoadan ketishi, futbolchini «Monako»ga ijaraga berib yuborilishiga olib keladi. U keyinchalik frantsuz klubi bilan doimiy shartnoma tuzadi.

Markos Alonso

«Chelsi» klubi himoyachisi Alonso Madrid shahrida dunyoga kelgan va «Real» akademiyasiga juda yosh paytida qo'shilgan. U o'zini faqat yaxshi tomondan ko'rsatadi va 2010 yilda murabbiy Manuel Pellegrini tomonidan ilk imkoniyatga ega bo'ladi. Shunday bo'lsada, Alonsoning omadi ha deganda yurishib ketavermaydi. Bu esa futbolchini Angliyaga «Bolton» klubiga ijaraga berib yuborilishiga sabab bo'ladi. U keyinchalik «Fiorentina»ga sotilgandi. «Sanderlend» klubida ham bir muddat o'ynagan Markosni keyinchalik, «aristokratlar» o'z safiga qo'shib oladi.

Roberto Soldado

Ispaniyaning Valenciya shahrida tug'ilgan futbolchi, 15 yoshida «Real» akademiyasiga olib kelinadi. Hujumchi klubning «B jamoasi»da fantastik o'yin ko'rsatadi. U o'shanda 120 ta o'yinda 63 ta golga mualliflik qilgandi. Ammo Soldado asosiy jamoada bu formasini saqlab qola olmadi. U 4 yil davomida atigi 19 marta maydonga tushirilgan va 4 ta gol urgan. Ko'p o'tmay, hujumchi bosh murabbiy Fabio Kapello tomonidan sotib yuboriladi. Soldado «Tottenxem»ga 26 million funt evaziga tashrif buyuradi va qisqa davr ichida yulduz futbolchiga aylanadi.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

BestMaster
28 Sentabr 2021, 09:30
«real»da, omadi, chopmaganlar, ular, kimlar, edi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads