Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Real"ning g'alabali seriyasi "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda yakuniga etdi

La Liga 7-tur doirasida "Real Madrid" o'z uyida "Vilyarreal"ni qabul qildi.

.
- Yuklab olish

Real Madrid – Vilyarreal 0:0"Santyago Bernabeu" stadioni

"Real Madrid" – Kurtua, Alaba, Militao, Nacho, Modrich (Azar, 73), Kazemiro, Valverde, Benzema, Asensio (Isko, 81), Vinisius Junior, Rodrigo (Kamavinga, 46).

"Vilyarreal" – Ruli, Foyt (Mario Gaspar, 86), Albiol, Pau Torres, Alberto Moreno, Kapu, Koklen (Moyses Gomes, 58), Parexo, Pino (Trigeros, 84), Pako Alkaser (Dia, 58), Danjuma (Penya, 84).

Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (40), Koklen (55), Moyses Gomes (70).

Real Madrid

LaLiga . 7-tur

26/09/2021, 00:00

0 : 0 Tugadi

Villarreal

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 23985 tomoshabin

Bosh hakam: Jesus Gil

45' 90' 40'  Vinicius Junior46'  Rodrygo (Eduardo Camavinga)73'  Luka Modric (Eden Hazard)81'  Marco Asensio (Isco)55'  Francis Coquelin58'  Francis Coquelin (Moi Gomez)58'  Paco Alcacer (Boulaye Dia)70'  Moi Gomez84'  Arnaut Danjuma (Manuel Trigueros)84'  Yeremi Pino (Ruben Pena)86'  Juan Foyth (Mario Gaspar) Match-senterda ochish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH

Murosasiz kurashda hisob ochilmadi. Kim ochko yo'qotdi-yu, kim uni ishlab oldi, xulosa o'zingizdan.

SHu pallada, hakam qo'shib berilgan vaqt ham yakunlanganini malum qildi va final hushtagini chaldi. 

Mezbonlar himoyadan chiqishda to'p oshirishdagi xato va "aut". 

Azar bilan devor uslubida o'ynab, himoyachilarni biroz chalg'itgan Vinisius zarba berishga qaror qildi, lekin juda noaniq. 

Vinisius o'ziga nisbatan fol bo'lganini hakamga uqtirishga urinmoqda, ammo foydasiz. 

Kurtuadan boshqa maydondagi barcha futbolchilar "Vilyarreal" tomonida.  

Stadionga tashrif buyurgan muxlislar ko'proq vaqt kutgan chog'i... 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.  

89-daqiqa. Mehmonlar to'pni o'z nazoratlari ushlab turib, birinchi navbatda darvozalari dahlsizligini taminlashmoqda.  

87-daqiqa. Valverde to'pga eta olmagach, raqibiga nisbatan qoidani buzdi.

84-daqiqa. O'zgarish! Almashtirilayotgan Xuan Foyt birdan mazasi qochib qoldi chog'i, futbolchi imkon qadar ko'proq maydonda qolishga harakat qildi va keyingina o'rnini Mario Gasparga bo'shatib berdi.  

84-daqiqa. O'zgarishlar! Arno Gryoneveld o'rnini Manu Trigerosga bo'shatib berdi.  

83-daqiqa. Alaba yana bir bor ishonchli harakat qilib, raqibning qarshi hujumga "qochayotgan" futbolchisini zararsizlantirdi.  

82-daqiqa. Ketma-ket zarbalar, ammo to'p darvozagacha etib bormayapti. 

81-daqiqa. O'zgarish! Marko Asensio o'rniga Isko maydonga tushirildi.  

80-daqiqa. Alaba raqibning xavfli hujumini qaytarib qolishga erishdi. Burchak zarbasi.  

78-daqiqa. "Real" o'ng qanotdan oldinga o'tishga harakat qilib ko'rdi va Kamavinganing uzatmasidan keyin to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. Burchakdan uzatilgan to'pni esa posbon ushlab oldi.  

77-daqiqa. Endi Vinisius oddiy vaziyatda to'pni raqib "sovg'a" qildi. Yaqin joyda bo'lgan Nacho qarshi hujumning oldini oldi.   

74-daqiqa. Alaba markazda to'pni olib qo'ydi va Vinisiusga tashlab berdi, braziliyalik futbolchi tezligi evaziga qulay nuqtaga chiqib bordi, ammo so'nggi zarbasi qovushmadi.   

Tajribali Anchi bu o'yinni yutishga harakat qilyapti va tavakkal yurishlardan cho'chimayapti. 

73-daqiqa. O'zgarish! Luka Modrich o'rniga Eden Azar o'yinga tushdi.  

70-daqiqa. "Real" raqibni deyarli jarima maydonchasiga "qamab qo'ydi", ammo hamon mehmonlar darvozasiga yo'l topa olmayapti.  

67-daqiqa. Maydon markazida Kazemiroga nisbatan qoida buzildi.  

65

BestMaster
26 Sentabr 2021, 02:00
liga, realning, galabali, seriyasi, vilyarrealga, qarshi, oyinda, yakuniga, etdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads