Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldumi yoki Messi?

Futbol olamining XXI asrga tegishli qismida nima bo'lgan bo'lishidan qat'iy nazar, ikki siymo har doim butun dunyo diqqat markazida bo'lib keldi.

.
- Yuklab olish

Futbol olamining XXI asrga tegishli qismida nima bo'lgan bo'lishidan qat'iy nazar, ikki siymo har doim butun dunyo diqqat markazida bo'lib keldi. Haliyam shunday. Garchand ularning bir chempionatdagi raqobati allaqachon yakunlangan bo'lsa ham, odamlar ularni solishtirishda davom etmoqda. Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi endilikda sovrinlari, yutuqlari va hatto maoshlari orqali tenglama qilinmoqda. Yaqindagina internetda e'lon qilingan «dunyoning eng eng ko'p maosh oluvchi futbolchilar ro'yxati»da ham bu ikkisi ketma-ketlikda joylashib oldi.

Jahonning mashhur moliyaviy jurnali bo'lgan «Forbes» axborotiga asosan, Ronaldu Messini maosh borasida ortda qoldirgan. Bu yil yangi jamoalarga ko'chib o'tgan afsonalar, bu orqali o'z maoshlarini ham oshirib oldi. Shu sabab ham bu borada Ronaldu etakchiga aylandi. 36 yoshli portugaliyalik 2021-22 yilgi mavsumdan boshlab, daromad borasida 34 yoshli argentinalikdan ko'proq pul jamg'arishni boshlagan. Amerika biznes jurnali hisobotida keltirilishicha, Ronaldu yangi mavsumda jami 92 million funt foyda ko'radi. Shundan 51,3 millionini to'g'ridan-to'g'ri «MYu»dagi faoliyatidan topadi. Hujumchi transferlar oynasi yakunlanishidan sal oldin «Old Trafford» stadioniga ko'chib o'tgan edi. Yuqorida aytilgan 92 millionning qolgan qismi futbolchiga tijoriy hamkorlik uchun taqdim etiladi. Xususan, «Nike», «Tag Heuer» hamda Ronalduning shaxsiy brendi bo'lgan «CR7», unga foyda olib keladi.

Lionel Messi o'tgan mavsumda 98 million funt yillik daromad bilan «Forbes» jadvalida etakchi edi. Ammo uning «Barselona»ni tark etishi, Ronaldudan keyinga tushib qolishiga sabab bo'ldi. Argentinalikning bu yilgi mablag'lari avvalgiga qaraganda 25,7 million funtga qisqargan. Bu haftasiga tahminan 494 ming funtga to'g'ri keladi. Shunday bo'lsa ham u yiliga 81 million funt jamg'ara oladi. Bu ham juda katta qiymat! Messining klubdan tashqari qiladigan foydasi asoslarini «Adidas», «Pepsi» hamda «Budwaiser» bilan tuzilgan bitimlar tashkil etadi. Messi bu kompaniyalarning reklamalarida muntazam qatnashib keladi. Qolaversa, Leo ham tijorat uchun mo'ljallangan o'ziga xos loyihalar yaratgan. Mehmonxonalar, restoran va turli xil xizmatlar tarmog'i shular jumlasidandir.

Boshqalar haqida

Jurnal ro'yxatining uchinchi pog'onasini 29 yoshli Neymar Junior band etgan. U «PSJ»da yiliga 70 million funt ishlab topmoqda. Bu ham Messiniki kabi katta qiymatlardan biridir. Neymar «Nike», «Superdry» va «Diesel» bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzgan va bundan katta foyda olmoqda.


Keyingi o'rinda Kilian Mbappe qayd etilgan bo'lib, uning daromadi hamda Neymarniki o'rtasida juda katta farq mavjud. 22 yoshli frantsuz straykeri yiliga 32 million funt ishlab topadi. U «Forbes»dagi eng yosh futbolchi hisoblanadi. Shunga qaramay to'rtinchi o'rinda qayd etilgan.
«Liverpul» yulduzi Muhammad Saloh maosh borasida beshinchi o'rinda va u bu mavsum 30 million funt daromad ko'rishi taxmin qilingan. Ushbu mablag'larning 11,7 millioni Salohga tijoriy sohadan kelmoqda.


Salohdan keyingi o'rinda 33 yoshli tajribali hujumchi Robert Levandovski keltirilgan. U «Bavariya»da 26 million funt ishlaydi. Uning haftalik maoshi 380 ming funtni tashkil etadi.
«Barselona» afsonasi Adres Inesta hozirda Yaponiyaning «Vissel Kobe» klubida to'p surmoqda va u ham 26 million yillik daromadga ega.


Shuningdek, jurnalning keyingi o'rinlarini 28 yoshli Pol Pogba(25 million funt), 32 yoshli Garet Beyl(23 million funt) hamda 30 yoshli Eden Azar (21 million funt) band etgan.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

BestMaster
23 Sentabr 2021, 19:00
ronaldumi, yoki, messi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Роналду
23 Sentabr 2021, 19:54
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads