Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» raqibini tor-mor keltirdi. Asensiodan het-trik, Benzemada esa dubl (videosharh)

Ispaniya La Ligasining 6-turidan o'rin olgan bir qator bahslar 22 sentyabr, chorshanba kuni o'tkazildi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya La Ligasining 6-turidan o'rin olgan bir qator bahslar 22 sentyabr, chorshanba kuni o'tkazildi.

Madridning «Real» klubi o'z uyida «Malorka»ni qabul qildi. Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Karim Benzema raqib himoyasidagi xatodan keyin hisobni ochdi. 24-daqiqada Marko Asensio sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol qildi. Bunga mehmonlar darhol Li Kan Inning goli bilan javob qaytardi. 29-daqiqada Asensio o'zining ikkinchi, jamoasining esa uchinchi golini urdi.

Ikkinchi bo'limda madridliklar yana uch bor mehmonlar darvozasini aniq nishonga oldi. Asensio va Benzema o'z hisobiga yana bittadan gol yozdirib qo'ygan bo'lsa, zaxiradan tushgan Isko ham maydonni golsiz tark etmadi.

Ushbu g'alabadan keyin «Real» ochkolarini 16 taga etkazib olgan holda birinchi o'ringa qaytdi va eng yaqin ta'qibchisi «Atletiko»ni 2 ochkoga ortda qoldirmoqda.

La liga, 6-tur
22 sentyabr, chorshanba
«Real Madrid» — «Malorka» 6:1
Gollar: 1:0 – 3 Benzema, 2:0 – 24 Asensio, 2:1 – 25 Li Kan In, 3:1 – 29 Asensio, 4:1 – 55 Asensio, 5:1 – 78 Benzema, 6:1 – 84 Isko.
«Real Madrid»: Kurtua, Nacho (Santos, 80), Alaba, Militao, Migel Guterres, Valverde, Kamavinga (Antonio Blanko, 60), Benzema (Yovich, 80), Asensio (Isko, 72), Vinisius Junior, Rodrigo (Vaskes, 72).
«Malorka»: Reyna, Sastre, Valent, Gayya (Kosta, 59), Olivan, Battalya, Febas (Sanches, 59), Kubo (Baba, 46), Li Kan In, Lago Junior (Xordi Mboula, 76), Hopp (Prats, 59).
Ogohlantirishlar: Rodrigo (47), Baba (57), Nacho (67).

BestMaster
23 Sentabr 2021, 06:30
liga, «real», raqibini, tor-mor, keltirdi, asensiodan, het-trik, benzemada, dubl, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 u7777u  
Мана буни уйин деса булади
23 Sentabr 2021, 07:11
 u7777u  
Супер
23 Sentabr 2021, 07:11
 u7777u  
Олға реал Мадрид
23 Sentabr 2021, 07:12
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads