Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Valensiya" - "Real Madrid" 1:2 (Matnli translyaciya)

Ispaniya chempionatining 5-turidan o'rin olgan "Valensiya" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin. 

YANGILASH

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi!  

Vinisiusdan golli uzatma. Uning havodan oshirgan to'pini himoyachilar va posbon qurshovida bo'lgan Karim boshi bilan darvozaga to'g'rilab qo'ya oldi. 

89-daqiqa. GOOOOOOOOL! Endi Karim Benzemaning navbati kelgandi va u jamoasini oldinga olib chiqdi!  

86-daqiqa. GOOOOOOOOOL! Vinisius hisobni tenglashtirdi! Mehmonlarga rikoshet yordam berib yubordi. 

84-daqiqa. "Real" himoyadan amallab to'p bilan chiqib oldi.  

Mezbonlar ustozi Bardalas uchun esa vaqt to'xtab qolgandek.  

Bu orada Lato o'rnidan turguncha bir daqiqa o'tdi. Modrich va Kazemiro g'amgin nigohlar bilan maydonga tikilgan. 

81-daqiqa. Ogohlantirish! Rodrigoga sariq kartochka ko'rsatildi.  

78-daqiqa. O'zgarishlar! "Valensiya"da Gonsalo Gedesh o'rnini Elder Koshta, Ugo Duro o'rniga Markos Souza hamda Maksi Gomes o'rniga Urosh Rachich maydonga tushdi.

78-daqiqa. O'zgarishlar! Azar o'rniga Yovich, Fede Valverde o'rniga esa Isko.    

75-daqiqa. Benzemaning zarbasi aniq, lekin kuchsiz chiqdi... Mamardashvili o'z o'rnida.  

Burchak zarbasidan keiyn Rodrigo raqib darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi, ammo unga aniqlik etishmadi.  

73-daqiqa. Gol o'tkazib yuborgach, "Real" o'yini shu qadar tezlashdiki, kameralar ham zo'rg'a ulguryapti.  

69-daqiqa. Benzema qulay nuqtaga chiqib borib, zarba yo'lladi, ammo to'g'ri darvozabonni poyladi Karim. 

68-daqiqa. O'zgarishlarKazemiro va Modrich o'ringa Kamavinga hamda Rodrigo tushdi.  

66-daqiqa. GOOOOOOOL! "Valensiya" hisobni ochdi! Himoyachilarning sustkashligi oqibatida to'p Ugo Duroga borib tushdi va hujumchi raqibni kechirmadi. 

64-daqiqa. Vinisius omadini sinab ko'rdi, ammo to'p to'g'ri darvozabonning qo'liga borib tushdi.  

60-daqiqa. Endi "Real" raqibga bosim uyushtirib, ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda.   

56-daqiqa. Ogohlantirish! To'p yo'q joyda raqibga qarata keskin harakat qilgan Nachoga sariq kartochka ko'rsatildi.  

54-daqiqa. Ugo Duro qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.  

52-daqiqa. Nahotki Luka Modrich charchagan bo'lsa... SHunaqasi ham bo'ladimi? Hozir xorvatiyalik futbolchi nisbatan oddiy vaziyatda to'p nazoratini yo'qotdi va maydondan chiqarib yubordi.    

50-daqiqa. Xavfli vaziyat! Yunus Musa o'ng qanotidan katta tezlikda jarima maydonchasiga yorib kirdi va Gonsalo Gedeshga aniq uzatmani amalga oshirdi, ammo portugaliyalik futbolchiga aniqlik etishmadi.   

49-daqiqa. Luka Modrich to'pni Valverdega berib, jarima maydonchasida qayta qabul qilmoqchi edi, raqib futbolchisi bunga yo'l qo'ymadi. 

47-daqiqa. O'z navbatida "Real" tezkor qarshi hujum uyushtirishni niyat qilgandi, lekin o'xshamadi.  

Darhol xavfli vaziyat va Kurtuadan yana bir seyv. Umuman olganda birinchi bo'limda "Valensiya" ancha ishonch bilan o'ynadi va raqibdan umuman qo'rqmayotgani sezilib turdi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi.  

Futbolchilar maydonga qaytishdi.

SHu tariqa, birinchi bo'lim yakuniga etdi va biz ham biroz dam olamiz. 

Jarimadan yo'llangan zarba kuchli, ammo birozgina noaniq bo'ldi. 

45+4-daqiqa. Ogohlantirish! Kazemiro avval to'pga etdi keyin, lekin raqib oyog'iga zarba bergani uchun sariq kartochka ishlab oldi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.  

44-daqiqa. "Valensiya" burchak zarbasidan samara chiqara olmadi.  

43-daqiqa. Valverde o'ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi va to'pni darvoza tomon yo'lladi, posbon o'z o'rnida. 

42-daqiqa. Kazemiro qoida buzdi. Uzatma va Gabriel Paulistaning bosh bilan zarbasidan keyin Kurtua jamoasini qutqarib qoldi.   

41-daqiqa. Takidlash lozim, "Valensiya" birinchi bo'limda raqibga nisbatan agressivroq harakat qilmoqda va "Real"ga to'p bilan muomalada bo'lish uchun bo'sh zonalarni deyarli qoldirmayapti.

39-daqiqa. Ogohlantirish! Vinisiusga nisbatan qo'pollik uchun Gabriel Paulistaga sariq kartochka ko'rsatildi. 

36-daqiqa. Avvaliga Vaskes, keyin Benzema oxirigacha o'ynashdi va to'pni "Real"da saqlab qolishdi, ammo raqib himoyachilari ham yakuniy zarba yo'lini to'sishga ulgurishdi. 

34-daqiqa. To'pni oldinga oshirayotganida Eder Militaoga nisbatan qoida buzildi.  

32-daqiqa. Tezkor hujumni Azar rivojlantirdi va to'pni Kazemiroga tashlab berdi, braziliyalik yarim himoyachining kuchli zarbasidan keyin darvozabon joyni to'g'ri tanlagani ayon bo'ldi.   

29-daqiqa. Bahsli vaziyat... "VAR"ni kutamiz dedi bosh hakam. David Alaba to'p uchun kurashda Maksi Gomesga nisbatan qo'pollik ishlatdimi yoki yo'q, degan savolga javob topishimiz zarur.   

Uzatmadan keyin to'p to'g'ri Kurtuaning qo'liga borib tushdi.

27-daqiqa. Nacho to'pni qaytarayotganida Maksi Gomesga nisbatan xavfli harakat qildi deb topildi. Standart vaziyat. 

26-daqiqa. O'zgarish! Yana bir majburiy o'zgarish. Bu safar Dani Karvaxal jarohat sabab o'yinni davom ettira olmaydigan bo'ldi va uning o'rnini Lukas Vaskes egalladi.  

25-daqiqa. Benzema bilan devor uslubida o'ynab jarima maydonchasiga yorib kirgan Azar o'yindan tashqari holatdaligi malum qilindi.   

23-daqiqa. O'zgarish! "Valensiya" hali 30 daqiqa o'ynab ulgurmay, ikkinchi futbolchisidan ayrilmoqda. Jarohat olgan Terri Korrea o'rniga Toni Lato o'yinga qo'shildi. 

22-daqiqa. Endi Azar bilan kurashdan keyin Terri Korrea o'yinni davom ettira olmasligi mumkin.  

20-daqiqa. Modrichdan to'pni qabul qilib olgan Vinni texnik harakatidan keyin raqib oyog'iga chalinib, yiqilib tushdi, biroq hakam hech nima bo'lmaganini takidladi.  

19-daqiqa. To'pni yo'qotgan "Qirollik klubi" azolari darhol kurashga kirishib, raqib hujumini to'xtatishga muvaffaq bo'ldi.   

17-daqiqa. Ortga qaytgan Vinisius to'pni olib qo'ydi, ammo jamoasining hujumi rivojlanmay uzilib qoldi.  

16-daqiqa. Kazemironing xatosidan keyin mezbonlar yaxshi imkoniyatga ega bo'lishlari mumkin edi, ammo Maksi Gomes Vassning pasini tushunmadi.  

15-daqiqa. O'zgarish! Karlos Soler o'rniga Yunus Musa tushdi.  

14-daqiqa. "Valensiya" sardori Karlos Soler o'yinni davom ettira olmaydigan bo'ldi... Majburiy o'zgarish.  

13-daqiqa. Terri Korrea Vinisiusdan osonlik bilan to'pni olib qo'ydi, braziliyalik o'ziga nisbatan o'yin qoidasini buzishganini barchaga uqtirmoqchi.  

Burchak zarbasidan keyin Militao sherigi yakuniy zarbani berishini kutgandi, ammo bunday bo'lib chiqmadi.  

11-daqiqa. Mezbonlarning uzoq davom etgan bosimidan chiqqan "Real" vakillari zarba yo'llay olishdi, avvaliga posbon to'pni qaytardi, keyin himoyachilar uni maydon tashqarisiga yo'llashdi.   

9-daqiqa. Tezligini ishga solgan Vinisiusga zarba uchun imkon qoldirishmadi.  

8-daqiqa. "Valensiya" to'pni nazorat qilmoqda.  

6-daqiqa. CHap qanotda boshlangan hujum o'ng tomonga ko'chdi, lekin Karvaxalning uzatmasini himoyachi "o'qidi". 

4-daqiqa. Karim Benzemaga maydon markazidan uzatma amalga oshirildi, lekin noaniq.  

2-daqiqa. "Real", aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, Valverde hujumga o'tishga harakat qilib ko'rdi, ammo niyatiga eta olmadi. 

Darhol oldinga intilgan mezbonlar birinchi burchak zarbasini ishlab olishdi. Biroq standart vaziyatdan "ko'rshapalaklar" samara chiqara olishmadi, Azarga nisbatan qoida buzildi.

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Esdalik uchun surat, o'yindan oldingi rasmiyatchiliklarni o'tkazib oldik, endi o'yinni boshlasa ham bo'ladi.  

Har ikki jamoa asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishdi. 

Bu o'yin qanday hisob va natija bilan yakunlanishidan qatiy nazar, jamoalardan kamida bittasi etakchi "Atletiko Madrid"ni birinchi o'rindan pastroqqa tushirib qo'yadi. Ishonmasangiz jadvalga qarang. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. 

"Valensiya" — "Real Madrid"

20 sentyabr, 00.00, "Mestalya"

"Valensiya": Mamardashvili, Terri Korreyya, Gabriel Paulista, Alderete, Fulke, Soler, Gilyamon, Vass, Gedesh, Maksi Gomes, Duro.

"Real Madrid": Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Nacho, Modrich, Kazemiro, Valverde, Benzema, Azar, Vinisius Junior.

Valencia

Hugo Duro - 66'

LaLiga . 5-tur

20/09/2021, 00:00

2 : 1 Tugadi

Real Madrid

Vinicius Junior - 86', Karim Benzema - 89'

Stadion: Estadio Mestalla

Bosh hakam: Pablo Gonzalez

45' 90' 15'  Carlos Soler (Yunus Musah)23'  Thierry Correia (Toni Lato)39'  Gabriel Paulista66'  Hugo Duro79'  Goncalo Guedes (Helder Costa)79'  Hugo Duro (Marcos de Sousa)80'  Maximiliano Gomez (Uros Racic)26'  Daniel Carvajal (Lucas Vazquez)45'  Casemiro56'  Nacho Fernandez68'  Luka Modric (Eduardo Camavinga)68'  Casemiro (Rodrygo)78'  Eden Hazard (Luka Jovic)78'  Federico Valverde (Isco)81'  Rodrygo86'  Vinicius Junior86'  Karim Benzema89'  Karim Benzema89'  Vinicius Junior90'  Vinicius Junior90'  Eduardo Camavinga Match-senterda ochish

BestMaster
20 Sentabr 2021, 02:00
live , liga, valensiya, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads