Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

ECHL. "Real Madrid" safarda Italiyaning amaldagi chempionini taslim etdi

ECHLning 1-turi doirasida "Inter" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH

Qiziq tomoni, ushbu guruhda birinchi turdan keyin hamyurtimiz Jasurbek Yaxshiboevning jamoasi etakchi, "Real" to'plar farqiga ko'ra ikkinchi. 

SHu pallada hakamning final hushtagi chalindi va o'yin yakuniga etdi. 

90+2-daqiqaStandart vaziyatda Xandanovich ham raqib jarima maydonchasiga etib keldi, lekin mezbonlardan hech biri zarba berishga imkon topa olmadi.   

90+1-daqiqa. O'zgarish! Vinisiusning o'rniga Marko Asensio tushirildi.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

Zaxiradan maydonga tushganlar ushbu golni tashkillashtirishdi. Kamavingadan assist, Rodrigodan gol.

89-daqiqa. GOOOOOOOL! Rodrigo imkoniyatdan unumli foydalandi va jamoasini oldinga olib chiqdi.   

87-daqiqa. "Real"ning tezkor hujumi gol bilan yakunlanishiga SHkrinyar yo'l qo'ymadi. 

84-daqiqa. O'zgarish! Barella o'rniga Vesino maydonga tushdi.  

83-daqiqa. Kazemiro yordamga muxtoj bo'lib maydonda yotibdi.

80-daqiqa. O'zgarish! Modrichni alishtirayotgan Eduardo Kamavinga ECHLda "Madrid" safida debyut qilmoqda. La Ligadagi birinchi o'yinida futbolchi gol urishni uddalagandi, bu safar qanday bo'ladi, ko'ramiz.   

79-daqiqa. Endi Benzema o'yindan tashqari holatdaligi qayd etildi. 

77-daqiqa. Nikolo Barella hujumda fol ishlatgani qayd etildi.  

75-daqiqa. Edin Jeko o'yindan tashqari holatda.  

73-daqiqa. Vinisius katta tezlikda SHkrinyarni osonlik bilan ortda qoldirdi, jarima maydonchasiga kirib bordi, lekin keyin zarbasi qovushmadi. 

71-daqiqa. Vinisius texnikasini ishga soldi va raqiblarini dog'da qoldirdi, lekin oxirgi harakatni o'zi istagandek amalga oshira olmadi. 

67-daqiqa. Rodrigo burchak zarbasi ishlab oldi. Modrichning uzatmasidan keyin himoyachilar to'pni uzoqlashtirdi.  

65-daqiqa. O'zgarish! Anchelotti ham o'yinchi alishtirdi. Vaskes o'rnini Rodrigo egalladi. 

65-daqiqa. O'zgarishlar! Lautaro Martines va CHalxanoglu o'rniga Xoakin Korrea hamda Arturo Vidal tushdi.  

63-daqiqa. Ha, ikkinchi bo'limda endi "Real" ko'proq to'p bilan muomalada bo'lmoqda, "Inter" esa tezkor hujumlardan omadini izlamoqda. 

60-daqiqa. Ogohlantirish! Jekoga nisbatan ishlatilgan fol uchun David Alabaga sariq kartochka ko'rsatildi. 

57-daqiqa. Endi yana "Real" hujumga o'tdi. Vinisius qanotda raqibini ortda qoldira olgandi, ammo boshqa bir raqib to'pni maydondan chiqarib yubordi. 

56-daqiqa. Federiko Dimarkoning qanotdan uzatgan to'pini Alaba qaytarib yubordi. 

55-daqiqa. O'zgarishlar! Dyumfris maydonga tushirildi. 

54-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin SHkrinyar boshi bilan aniq zarba bergandi, Kurtua o'z o'rnida. 

52-daqiqa. Mezbonlar chuqur himoyalanishga majbur bo'lmoqda. Hozir ham "Real" hujumi ancha uzoq davom etdi va faqatgina Valverdening uzatmadagi xatosi, uni uzib qo'ydi.

50-daqiqa. Benzema jamoasiga burchak zarbasi ishlab berdi. Uning uzatmasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.   

48-daqiqa. O'yinning ikkinchi qismini mehmonlar ancha faol boshlashdi. Hozir Alabaning keskin uzatmasiga Benzema biroz eta olmay qoldi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Tanaffusdan maydonga mezbonlar birinchi bo'lib qaytishdi. 

Bo'ldi, hakamning hushtagi yangradi va birinchi bo'lim yakuniga etdi. 

45+1-daqiqa. Ogohlantirish! Lautaro Martines bo'lim so'ngida sariq kartochka ishlab oldi.

45-daqiqa. Marselo Brozovich xavfni bartaraf etib, to'pni uzoqlashtirdi. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.  

44-daqiqa. CHalxanoglu Kazemiroga nisbatan qoidani buzdi, futbolchi maydonga yiqildi va hakam jarima zarbasi belgiladi.  

42-daqiqa. "Inter" oldinga o'tmoqchi edi, lekin niyatiga eta olmadi. 

40-daqiqa. Xakan CHalxanoglu to'pni olib qo'yib, qarshi hujumni rivojlantirgandi, raqib jarima maydonigacha to'p bilan bordi uzatmani amalga oshirdi turkiyalik futbolchi, ammo ungacha Karvaxal ham qaytib ulgurgandi. Juda xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyat osonlik bilan himoyalanayotganlar tomonidan yo'qqa chiqarildi.   

37-daqiqa. Milanliklardan javob. Darmianning uzatmasidan keyin Lautaro Martines to'pga Alabadan tezroq etib bordi, ammo to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. 

36-daqiqa. Burchakdan uzatmadan keyin Militao bosh bilan xavfli zarba yo'llay oldi, lekin noaniq.  

35-daqiqa. Inter"ning chap qanotdan rivojlangan hujumi oxiriga etmay qoldi.  

34-daqiqa. Vinni bir o'zi oldinga o'tib ketmoqchi edi, ammo raqibning ikki himoyachisi uni munosib qarshi oldi. Braziliyalikning etirozlariga qaramay, hakam qoida buzilmaganini takidladi.  

32-daqiqa. Har ikki tomondan ketma-ket to'p yo'qotishlarni guvohi bo'lyapmiz. Maydonda mehmondo'stlik namunasi... 

29-daqiqa. "Real"ning uzoq davom etgan hujumini yana Karim zarba bilan yakunladi, lekin to'p himoyachiga tegib, Jekoga kelib tushdi, Kazemiro esa raqibini ayab o'tirmadi va ehtimoliy qarshi hujumning oldini oldi.   

27-daqiqa. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan rivojlangan hujumni Karim Benzema yakunlashi kerak edi, ammo hujumchi to'pga ko'ngildagidek zarba bera olmadi. 

26-daqiqa. O'ng qanotdan chap qanot himoyasiga etib kelgan Karvaxal Darmianni "eb qo'ydi".

24-daqiqa. Nikolo Barella to'pga eta olmadi va sheriklariga etirozlarini ochiqchasiga bildirib qo'ymoqda. 

22-daqiqa. Mezbonlar to'pni nazorat qilib turishibdi. 

19-daqiqa. Mehmonlar to'pni yo'qotishdi va "Inter"ning qarshi hujumi ancha xavfli chiqdi. "Real" futbolchilari himoyadagi joylarini egallab ulgurishmagandi. 

18-daqiqa. Endi himoyalanish navbati "Inter"da.

16-daqiqa. Uzatmadan keyin "Inter" futbolchisi boshi bilan to'pni sheriklariga yanada qulayroq qilib tashlab bermoqchi edi, niyatiga eta olmadi.  

Nacho o'yin qoidasini buzishga majbur bo'ldi. Jarima zarbasi...

15-daqiqa. Qanotdan oldinga o'tgan Darmian uzatmani amalga oshirish chog'ida dumalab ketdi, qo'shimchasiga bosh hakam italiyalik futbolchi o'yindan tashqari holatda bo'lganini takidladi.  

14-daqiqa. Kutilmaganda Kazemiro darvoza tomon zarba berishga qaror qildi va to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.  

11-daqiqa. Vinisiusga himoyachilar erkin harakat qilishga berishmadi. Takroriy urinishda esa Benzemaning uzatmasi qattiqroq chiqdi va Vaskes to'pni to'xtata olmadi. 

Burchakdan uzatilgan to'pga SHkrinyar boshi bilan zarba bera oldi va uning urinishi birozgina noaniq chiqdi. 

9-daqiqa. Xavfli vaziyat! O'yindagi ilk xavfli vaziyatni mezbonlar yaratishdi va sal qolsa hisob ochilishi mumkin edi. Burchak zarbasi.  

7-daqiqa. Lukas Vaskesga nisbatan qoida buzildi. Uzatmadan keyin himoyachilar to'pni qaytarishdi, qarshi hujumga qochishga uringan Martinesni ham Karvaxal va Valverde zararsizlantira olishdi. 

5-daqiqa. "Inter" himoyachilari raqibning pressing uyushtirishga urinishini yo'qqa chiqara oldi. 

3-daqiqa. CHempionlar Ligasining yangi mavsumi boshlandi, birinchi bellashuv, ilk daqiqalardan hech kim shoshilib, oldinga tashlanmaydi albatta. Hozircha raqiblar "razvedka" ishlarini o'tkazib olishmoqda. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni "Qirollik klubi" boshlab berdi.  

Sardorlar va hakamlar brigadasi birgalikda kimga darvozani tanlashi, kim to'pni o'yinga kiritishini aniqlab olishmoqda. 

Jamoalar maydonga tushib kelishdi va bir chiziqqa saf tortishdi. Navbat - ECHL madhiyasiga. 

Kamida kunning markaziy bellashuvi start olishi bir necha daqiqa qolmoqda. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

Inter Italiya – Real Madrid Ispaniya"Juzeppe Meacca (San-Siro)"

Inter – Xandanovich, Darmian, de Vrey, SHkrinyar, Bastoni, Perishich, Brozovich, CHalxanoglu, Barella, Djeko, Martines.

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Nacho, Militao, Alaba, Modrich, Kazemiro, Valverde, Vaskes, Benzema, Vinisius Junior.

Inter

Champions League Grp. D . 1-tur

16/09/2021, 00:00

1 : 0 Tugadi

Real Madrid

Rodrygo - 89'

Stadion: Giuseppe Meazza

Bosh hakam: Daniel Siebert

45' 90' 45'  Lautaro Martinez55'  Ivan Perisic (Federico Dimarco)55'  Matteo Darmian (Denzel Dumfries)65'  Hakan Calhanoglu (Arturo Vidal)65'  Lautaro Martinez (Joaquin Correa)84'  Nicolo Barella (Matias Vecino)60'  David Alaba65'  Lucas Vazquez (Rodrygo)80'  Luka Modric (Eduardo Camavinga)89'  Rodrygo89'  Eduardo Camavinga90'  Vinicius Junior (Marco Asensio) Match-senterda ochish

BestMaster
16 Sentabr 2021, 02:00
real, madrid, safarda, italiyaning, amaldagi, chempionini, taslim, etdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Зур
16 Sentabr 2021, 02:24
 u7777u  
Олға реал Мадрид
16 Sentabr 2021, 02:24
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads