Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ular ishsiz, ammo hotirjam

Evropa futbolida yangi mavsum juda qizg'in tarzda boshlandi. 

.
- Yuklab olish

Evropa futbolida yangi mavsum juda qizg'in tarzda boshlandi. Jamoalar o'z safiga qo'shib olgan yangi futbolchilar allaqachon o'zlarini ko'rsatishni boshlab yuborgan bo'lsa, ayrim futbol vakillari borki, ular umuman OAV va muxlislar nigohidan chetda qolib ketishyapti.

E'tibordan biroz chetga chiqib qolganlar bu hozirda ishsiz bo'lgan murabbiylardir. Keling, hozirda hech qaerda faoliyat ko'rsatmayotgan murabbiylarni ko'rib chiqamiz.

Jennaro Gattuzo (43 yosh, Italiya)

2021 yil iyunidan beri ishsiz

Oxirgi klubi - «Napoli»

O'tgan mavsum natijalariga ko'ra, Gattuzo «Napoli»ni Chempionlar Ligasiga olib chiqa olmadi. Jamoa A Seriyada beshinchi o'rinni egalladi. Neapolda ular buni kechira olmadilar va Jennaro ketdi. Gattuzo jamoadan ketganiga ko'p vaqt o'tmay boshqa jamoa bilan kelishuvlarni ham boshlab yuborgandi. Uning keyingi jamoasi «Fiorentina» bo'lishi mumkin edi, lekin u klub rahbarlari bilan transferlar borasida kelisha olmagandan so'ng klubni tark etgan.

Kike Seten (62 yosh, Ispaniya)

2020 yil avgustidan beri ishsiz

Oxirgi klub - «Barselona»

Ispan mutaxassisi 2019/2020 yilgi mavsumda Kataloniya klubi uchun qutqaruvchiga aylana olmadi, balki Chempionlar Ligasi chorak finalida «Bavariya»dan 2:8 hisobida mag'lubiyatga uchrab, jamoa tarixiga o'zidan qayg'uli xotirani qoldirdi. Shu bilan u o'z joyini Ronald Kumanga bo'shatib berdi. Biroq, hozirgacha hech kim Setenni ish qidiruvchi sifatida esga olmadi. Lekin bunday murabbiylar ko'p vaqtini ishsiz o'tkazishi mumkin emas. Kikeni tez orada maydon chetida ko'rishga umid qilib qolamiz.

Ernesto Valverde (57 yosh, Ispaniya)

2020 yil yanvaridan beri ishsiz

Oxirgi klub - «Barselona»

Seten singari Valverde ham oxirgi oylarda faqat «Barselona»dagi faoliyati xotiralari bilan yashadi. Uning o'rnini o'sha Kike egallagan. Ernesto hamkasbi singari haligacha ta'tilda. Bu vaqtda Valverde murabbiylikning boshqa jihatlarini yaxshi o'zlashtirib borayotgani aniq. Demak, u hali oxirgi murabbiylik so'zini aytmagan.

Andrey Shevchenko (44 yosh, Ukraina)

2021 yil iyul oyidan beri ishsiz

Oxirgi jamoasi - Ukraina terma jamoasi

2004 yilgi «Oltin to'p» sohibining bosh murabbiy sifatidagi hozircha birinchi va so'nggi ishlagan joyi Ukraina terma jamoasi bo'lib turibdi. Hech kimga sir emaski, Shevchenkoning «ko'k-sariq»lar bilan ishlash jarayonidagi qarorlarning yarmini uning qo'l ostidagi murabbiylar qilgan. Chunki jamoada hamjihatlik yaxshi darajada bo'lgan. Shevchenko jamoasi bilan Evro-2020 chorak finaligacha chiqdi. U o'z xohishi bilan terma jamoadan ketganini inobatga oladigan bo'lsak, uni tez orada boshqa klub yoki terma jamoa murabbiyi sifatida ko'rish imkoniyatimiz bor. Kutamiz !

Frenk Lempard (43 yosh, Angliya)

2021 yil yanvaridan beri ishsiz

Oxirgi klubi - «Chelsi»

Lempard «aristokratlar» boshidagi murabbiylar o'rindig'ida o'zini to'liq namoyish qila olmadi, lekin u bir yarim yil jamoa bilan ishlaganidan so'ng, o'zining etakchi hislatlarini ko'rsatib ulgurdi. Bu darajadagi mutaxassislar Angliyada qadrlanadi. Lekin ularning asosiy muammosi shundaki, ular o'zlarining darajasidan past klublar bilan ishlay olmaydi.

Antonio Konte (52 yosh, Italiya)

2021 yil may oyidan beri ishsiz

Oxirgi klubi - «Inter»

Konte «Yuventus»ning A Seriyadagi uzoq muddatli gegemonligini buzishga muvaffaq bo'lgan holda «neradzurri» lagerini chempion maqomida tark etdi. U xarakteri va printsiplari tufayli «Inter» bilan ishlashni davom ettira olmadi. Antonio Konte yangi jamoasini kutayotgan murabbiylar orasida etakchilardan biri ekanligini taxmin qilish qiyin emas. Ko'p manbalarda keltirilishicha uning keyingi klubi londonning «Arsenal»i bo'lishi mumkin. Chunki londoklirning hozirgi natijalarini qoniqarli deb bo'lmaydi va tez orada Arteta jamoani tark etishi kutilyapti.

Zinedin Zidan (49 yosh, Frantsiya)

2021 yil may oyidan beri ishsiz

Oxirgi klub - "Real Madrid"

Frantsuz «galaktikos» bilan Evropa va jahon klublari futbolida erishish mumkin bo'lgan hamma narsaga erishdi. U Santyago Bernabeuni boshini tik tutgan holda tark etdi. Zamonaviy futbol olamining eng kuchli murabbiylaridan biri bo'lgan Zinedin Zidan kabi toifadagi mutaxassisni ko'pchilik klublar o'zi tarkibida ko'rishni xohlashadi. Lekin buni murabbiyning o'zi xohlaydimi?

Ruslan Maksimov tayyorladi

BestMaster
15 Sentabr 2021, 15:30
ishsiz, ammo, hotirjam,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads