Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Munosabat. Mbappe La Ligaga yo'qolgan obro'ni qaytara oladimi?

.
- Yuklab olish

Joriy mavsumdagi ilk «El-Klasiko» 24 oktyabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtitilgan. Eng qizig'i, o'sha kuni Liga 1 doirasida «PSJ» - «Marsel» va APLda «Manchester Yunayted» - «Liverpul» to'qnashuvlari ham o'tkaziladi.

Ya'ni bir kun ichida maydonga Mbappe, Messi, Neymar va Ronaldu birgalikda chiqib keladi.

Endi tasavvur qilyapsiz-a? - butun dunyo futbol ixlosmandlari qanday o'yinlar guvohiga aylanishadi. Albatta, ushbu muhim kunda qaysidir ma'noda ramziy xususiyatlar mavjud.

Yaqinda Madridda bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Karlo Anchelotti Mbappeni «PSJ»dan sotib olishga rahbariyatning urinishlari haqidagi savollardan qochishga harakat qildi. U buning uchun qo'lidan kelgan barchasini qildi. Shuningdek, keyinchalik undan jurnalistlar Mbappesiz La Liga ulkan ovozssiz qolishi haqida qanday fikrdasiz degan ma'noda fikr so'rashdi. Italiyalik esa bunga salbiy ohangda javob qaytardi:

«La Ligada juda ko'p nomlar va kuchli futbolchilar bor», deb javob berdi u. - «Barselona», «Atletiko» va boshqa jamoalarda juda ko'plab yulduzlar bor va «Real» haqida gapirmasa ham bo'ladi.

O'n yil oldin bunga hech kim shubhalanmagan va La Liga birinchi darajali yulduzlar ligasi sifatida nom qozongan. Bu erdagi jamoalar Evro turnirlarda g'olib bo'lishga asosiy da'vogar sifatida ko'rib kelinadi. 2006 yildan 2018 yilgacha Chempionlar Ligasi deyarli har doim «Real» yoki «Barsa» tomonidan zabt etib kelingan.

«El -Klassiko» sayyoradagi eng muhim uchrashuv edi va unga bo'lgan e'tibor jahon chempionati yoki Evro finalidan kam bo'lmagan. 2012 yili Joze Mourino shunday degan edi: «Real Madrid» «Barselona» bilan to'qnash kelganida butun dunyo ikkiga bo'linardi. Va haqiqat shuki: 500 million tomoshabin Messi va Ronaldu duelini ko'rish uchun televizor qarshisiga mixlanishardi. To'g'ri, hozir to'qnashuvning saviyasi biroz pasaygan, biroq bu La Ligani keskin tanqid qilishga etarli emas.

Buning ustiga 2009 yildan 2019 yilgacha La Liga futbolchilarining «Oltin to'p» sohibiga aylanishlari odatiy holga aylandi. Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va bir marta Luka Modrich bu sovrinni butun dekada davomida hech kimga berishmadi. Hatto ikkinchi va uchinchi o'rinlarda ham ko'pincha ispan futbolchilari joy olishardi, xoh Xavi, xoh Inesta yoki bo'lmasa Neymar...

FIFA World XI ramziy ro'yxatini ham deyarli har doim «El -Klassiko» futbolchilari bezab berishgan. Statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, 2005 yildan buyon «Barsa» va «Real» a'zolari unda yuz martadan ko'proq qatnashishdi.

Butun dunyodagi yulduzlar u yoki bu jamoaning formasini kiyishni orzu qilishardi. Hatto Premer-ligada g'olib bo'lganlar ham buni alohida xohlashgani barchaga ma'lum. Lekin vaqt o'tishi bilan bunday afsonalarning hammasi yo'q bo'lib ketdi va ularning o'rnini bosadiganlar endi mavjud emas. Xavi Qatarga, Andres Inesta Yaponiyaga, David Vilya esa AQShga uchib ketdi. Ronaldu yangi klubi sifatida «Yuventus» ni tanlab butun dunyoni larzaga keltirdi, keyin esa «MYu»ga qaytdi. So'ngra Eden Azar ettinchi raqamli futbolkani ko'tarib keta olmadi. Bu yozda esa har ikkala klub etakchilari ham erkin agent sifatida jamoalaridan ketishdi.

Biroq Messining «Barsa»dan ketishi kataloniyaliklarga og'irroq ta'sir o'tkazdi. Ramosning «Real» dan ayyorlik bilan ketgani ham aslida katta voqelik. Bu erda uning jarohatini inobatga olmaslik kerak, chunki aynan u Ronaldu transferidan keyin etakchiga aylandi. Hozir «Blankos»ning yangi sardori - bu o'z pozitsiyasi bo'yicha to'rtinchi raqamli futbolchi - Marselo. Aslida amaldagi sardor - bu Benzema, lekin u butun javobgarlikni bo'yniga ololmaydi. Beyl va Azar lazaretda yotgan holida millionlab pul ishlab topishmoqda, ammo ular tomoshabinlarda faqat negativlikni keltirib chiqaryapti. «Qaymoqranglilar»da barcha mashhur futbolchilar o'ttiz yoshni allaqachon urib qo'yishgan.

Messisiz qolgan «Barselona»da, ayniqsa, yoshlar bilan bog'liq muammolar etarli. Qaysidir vunderkind hali beri mas'uliyatni o'z bo'yniga oladigan emas. Pike, shubhasiz etakchi - 34 yoshga to'ldi. Biroq tobora uning tanasidan quvvat kamayib bormoqda. Koutino va Dembele esa «Real»dagi Azar va Beyl rolini bu erda «samarali» o'tab berishmoqda. Frenki de Yong, Ter Shtegen va Pedri nisbatan o'rtacha formada, biroq muxlislarning qoniqishiga etarlicha o'yin ko'rsatishmayapti.

Memfis Depay dastlabki uchrashuvlardanoq o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata oldi, ammo uning muvaffaqiyati haqida gapirishga hali erta. «Agar hammasi yaxshi bo'lib tugasa, Depayning «Barselona»si jumlasini bemalol ishlata olasizmi? Unda etakchilik xususiyatlari qanday shakllangan? Bu kabi savollar «ko'k-anorranglilar» muxlislarini doim tashvishga solib turadi.

Joao Felish «Atletiko»da superyulduzga aylanishi kerak edi, hatto unga to'langan 127 million pullar ham buni isbotlab turadi. Lekin doimiy jarohatlari bunga to'sqinlik qildi.

Luis Suares - haqiqiy yulduz, lekin u 34 yoshda va uni oldindan kuchli formasini ushlab turishiga hech kim kafolat bera olmaydi.

Yangi stadionga ko'chib o'tgandan so'ng, amaldagi chempionlar avvalgidan ko'ra ko'proq tomoshabinlarni jalb qilmoqda. Aksincha »Real« va »Barsa«da o'ynaydigan yulduzlar kamroq bo'lishiga qaramay, bu muxlislar qamroviga unchalik ta'sir qilmagan.

So'nggi yillarda «Santyago Bernabeu»ga tashrif buyurishlar soni doimiy ravishda kamayib bormoqda. Ayniqsa, Ronaldu ketganidan keyin bu ko'rsatkichlar juda ham bilinib qoldi. Portugalsiz o'tgan birinchi uchrashuv - «Xetafe»ga qarshi 2:0 hisobida «Real»ning foydasi bilan yakunlangan. Tomoshabinlar soni esa rekord darajada pastladi. (48446).

Messining ketishi ham xuddi shu tipda jamoaga salbiy ta'sir o'tkazdi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra naq 26 mingta chipta egasi yangi mavsumda stadionga kirishdan bosh tortgan. Bu esa klub uchun 40 million evroga yaqin zarar keltirdi.

Tomoshabinlar kamligi albatta klub tovarlarining sotilish foizlariga ta'sir o'tkazmay qolmaydi. Tabiiyki, homiylar va klub do'koni egalari bundan kamroq foyda olishni boshlaydi. Bu tendentsiya «Barselona»ning Superliga loyihasiga qo'shilishga sabab bo'lgan. Va u hali ham amalda.

O'tgan safargi transferlar oynasi birgina La Liga uchun emas, balki tarixdagi eng qiziqarli va kutilmagan voqealarga aylandi. «PSJ», «Manchester Siti», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» o'z xohishlariga ko'ra pul sarflashdi, «Real» va «Barsa» esa asosan tekin transferlar bilan cheklanishdi. «Real Madrid» 16 yil davomida eng ko'p qilingan transferlar bo'yicha rekord o'rnatdi. «Barselona» ham 2017, 2018 va 2019 yillarda har bir o'yinchi uchun 100 million evrodan ko'proq mablag sarflagan.

Endi asosiy mablag'lar va bonuslarning La Liga hisob raqamiga tushishi keskin pasayadi va buni futbolchilarning o'zlari ham yaxshi tushunib turishibdi. «Rayo Valekano» yarimhimoyachisi, «Uotford» va «Fiorentina»ning sobiq o'yinchisi Mario Suares Ronalduning transferiga munosabat bildirdi: «Premer-liga endi yangi pog'onaga ko'tarildi», ligaga pullar oqib kelishini endi ko'ring», - deydi futbolchi.

Mbappening kelishi esa hamma narsani fojiali tarzda qaytadan bo'yamaslikka imkon beradi - uning yulduzlik maqomi shubhasiz ancha yuqori pog'onada. Instagramdagi obunachilar soni ham yomon emas. Ronalduda 336 million, Messida 276, Neymarda 159 va Mbappeda 57 million kuzatuvchj mavud. Biroq uning yoshida yuqoridagi 3 futbolchi bu singari raqamlarga ega bo'lmagan. Birgina Suares va Benzemaning 42 million muxlisi bor, Pikeda bu ko'rsatkich19 million. Mbappe esa 22 yoshida hammasidan o'zib ketdi. Bekorga uning joriy narxi 180 million evro emas.

La Liga prezidenti Xaver Tebas yozda Messining jamoadan ketmasligiga umid qilgandi, ammo chempionatdagi katta nomlar Leoni liganing kuchiga katta ta'sir qilmasligi kerak deya ta'kidlashdi. Bu erda Messi albatta barcha klublarning raqobatbardoshlik darajasini hisobga olgan va o'z shaxsiy qarorini dadil qabul qila oldi. Bizningcha ham bu eng optimal yo'l. Ammo biz hozircha La Liganing «yuzi» kim degan savolga javob bera olmaymiz. Grizmann? Benzema? Simeone? Kamdan-kam hollarda birgina transfer butun ligaga katta ta'sir ko'rsatadi, lekin Mbappeni sotib olish «Real»ni top klubga aylantirishini inkor etib bo'lmaydi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Yusufbek Saydaliev tayyorladi

BestMaster
14 Sentabr 2021, 23:00
munosabat, mbappe, ligaga, yoqolgan, obroni, qaytara, oladimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads