Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

2021/22 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida qaysi jamoa g'olib bo'ladi?

Bugundan e'tiboran Evropa maydonlariga futbol bo'yicha UEFA Chempionlar ligasi musobaqasi qaytadi.

.
- Yuklab olish

Bugundan e'tiboran Evropa maydonlariga futbol bo'yicha UEFA Chempionlar ligasi musobaqasi qaytadi. Shu munosabat bilan Stadion.uz nashri Evropa top-klublarining Chempionlar ligasida g'olib bo'lish imkoniyatlarini baholadi.

 

"Real Madrid" (5%)

Madridning “Real”Zidan boshchiligida ketma-ket uch marta Chempionlar Ligasini yutganlarini yaxshi eslaymiz. Biroq, so'ngi mavsumlar “qaymoqranglilar” uchun omadsiz keldi, deb aytish mumkin. Ammo, “qirollik klubi” o'tgan mavsum natijalarini biroz yaxshilashdi va klub yarim finalgacha etib bordi. Mazkur bosqichda madridliklarga Londonning “Chelsi” raqiblik qilishdi. Ko'pchilik mutaxassislar mazkur qarama-qarshilikda Madrid klubining imkoniyatlarini yuqori baholagan edi. Lekin, uchrashuv kutilgan kabi yakunlanmadi va Tuxel shogirdlari finalga, keyinchalik esa musobaqa g'olibligiga ham ega chiqishdi. Shundan biroz vaqt o'tib, Zidan bosh murabbiylikdan iste'foga chiqdi va uning o'rniga oldin "Real"da ishlagan Karlo Anchelotti tayinlandi. "Qaymoqranglilar" asosiy markaziy himoyachilar Varan va Ramosdan ayrildi. Ularning o'rniga esa “Bavariya” sobiq futbolchisi David Alaba keldi. “Real” hujum pozitsiyasida hech qanday o'zgarish qilmadi. Madrid klubi yangi mavsumda ham Karim Benzemaninng tajribasiga, Rodrigo va Vinisiusning yoshi va tezligiga shuningdek, Eden Azarning mavsumni jarohatsiz o'tkazishiga ishonishmoqda. Chempionlar Ligasida g'olib bo'lish imkoniyati "qaymoqranglilar" uchun unchalik katta baholanmagan, lekin ular boshqa ispan gigantlari bilan solishtirganda biroz yuqoriroq: "Barsa" Messi va Grizmann ketgach, restrukturizatsiyaga uchradi, ammo "Atletiko"da bunday imkoniyat yo'q. Sababi, “matraschilar”ning EChLdagi tajribasizligi bunga to'sqinlik qilishi mumkin.

“Manchester Yunayted” (10%)

 

Ronaldu, Sancho va Varan tomonidan kuchaytirilgan "qizil iblislar", mavsumni muvaffaqiyatli o'tkazish uchun yuqoridagi futbolchilarni jamoaga taklif qilishdi. "Manchester Yunayted" frantsuz futbolchisi orqali markaziy himoyadagi kamchiliklarni yopdi.

Ammo "MYu" hujum chizig'i nafaqat Premer-liga darajasida, balki Chempionlar ligasida ham qo'rqinchli ko'rinadi. Brunu Fernandesh, Sancho, Pogba, Kavani va Ronaldu kabi tajribali va etakchi futbolchilarga qarshi o'ynash har qanday jamoaga qiyinchilik tug'dirishi aniq. Ammo, mankunianliklarda ham muammo etarlicha topiladi. Ko'pchilik mutaxassislar klubning asosiy kamchiligi Ole-Gunnar Sulsherning tajribasizligi deb hisoblashmoqda. Ehtimol, Ronaldu boshchiligidagi “Yunayted” musobaqa g'olibiga aylanar, lekin ko'pchilik bunga ishonmayapti. Shu sabab, mankunianliklarning imkoniyatini 10% ga baholashga qaror qildik.

“Liverpul” (10%)

 

2019 yilgi Chempionlar Ligasi g'olibi yana jangga qaytadi. "Qizillar" uchun o'tgan mavsum oson bo'lmadi va Premer-ligada ham mersisaydliklar top-4 jamoalar orasiga zo'rg'a kirishdi. Futbolchilarning jarohatidan ko'proq "Liverpul" zarar ko'rdi. Yurgen Klopp yigitlaridan xursand. Nemis murabbiyi, agar uning futbolchilarida hech qanday muammo bo'lmasa, u holda har qanday raqibni mag'lub etishini biladi. Ayniqsa, Klopp himoyachisi Virjil van Deykning maydonga qaytganidan xursand, chunki o'tgan masum niderlandiyalikssiz klub juda ham qiynalgan. Yangi mavsumni “qizillar” deyarli yo'qotishlarsiz boshladi va APLning yangi masumini ham ishonchli tarzda boshladi. Lekin, boshqa jamoalarning katta transferlarni amalga oshirgani, mersisaydliklar esa xaridlar amalga oshirmagan va shuning uchun “Liverpul”ning imkoniyati EChLda past baholanmoqda.

“Chelsi” (10%)

 

Bir necha oy oldin Chempionlar Ligasini yutgan jamoaning imkoniyatlari ham ancha yuqori. "Aristokratlar" Lempard qo'l ostida o'tgan mavsumning birinchi qismida muvaffaqiyatsizlikka uchradi, lekin londonliklarga Tomas Tuxel bosh murabbiylik lavozimini egallaganidan keyin, u “ko'klar” safida ajoyib ishlarni amalga oshirdi. Tuxel shogirdlari bir nechta favoritlarni mag'lub etib, Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi.

Yangi mavsumda “Chelsi”ning o'yinlari yanada yaxshi tomonga o'zgargan. Verner va Havertts jamoaga ancha moslashishdi. Romelu Lukakuning Londonga kelishi klubning EChLdagi imkoniyatlarini yanada oshirdi.

“Bavariya” (15%)

Xansi Flik Myunxenda ishlashni xohlamadi va Germaniya terma jamoasini boshqarishga qaror qildi. Buning o'rniga “Bavariya” 34 yoshli Yulian Nagelsmanni tayinladi. Yangi murabbiy ba'zi futbolchilardan yoshroq bo'lishiga qaramay, Nagelsmann tajriba va mahoratga ega. U "Xoffenxaym" va "Leyptsig"da muvaffaqiyatli mavsumlar o'tkazgan. Bosh murabbiydan tashqari, ikki futbolchi - Upamekano va Zabittser “Leypsig”ni “Bavariya”ga almashtirishdi. “Bavariya”mazkur transferlarsiz ham Bundesligada etakchi edi, biroq ularning tarkibini Evropa maydonlarida bunday deb atab bo'lmasdi. “Nemis mashinasi”ning Germaniya chempionati g'olibligi 100%ga kafolatlanganligini taxmin qilsak-da, EChLni yutish imkoniyatini 15% etib baholadik. Chunki, Nagelmann klubning o'yin strukturasini o'zgartirishini aytgan va yangi usul EChL maydonlarida qanchalik o'zini oqlashi noma'lum.

“Manchester Siti” (20%)

 

“Shaharliklar” har yili Chempionlar ligasida g'olib bo'lishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yishadi. Ular har doim kubok uchun asosiy da'vogarlardan biri sanaladi, lekin har safar nimadir bu narsaga to'sqinlik qiladi. O'tgan mavsumda "Man Siti" o'z maqsadi sari yaqinlashgandi, lekin finalda Tuxelnig "Chelsi"si qarshiligini sindira olmadi.Yozda “shaharliklar” Xarri Keyn bilan shartnoma imzolashga harakat qilishdi, ammo “Tottenxem”Angliya terma jamoasining sardorini tarkibda saqlab qolishga erishdi. O'tgan mavsum oxirida Aguero klubdan ketgandan keyin, Gvardiola jamoasi markaziy hujumchi pozitsiyasida muammolar paydo bo'lishi mumkin.Katta umidlar bilan 117 million evroga xarid qilingan Grilish jamoaga qanchalik yordam berishi ham noma'lum.

“PSJ” (20%)

Parijliklar yozgi transfer oynasi vaqtida super darajadagi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. “PSJ” Messi, Donnarumma, Ramos va Veynaldum kabi tajribali futbolchilarni tekinga tekinga qo'lga kiritishdi. Ashraf Hakimi ham "Inter"dan 60 million evroga sotib olindi. Ammo bu futbolchilarsiz Parijda Evropaning eng mashhur futbolchilardan biri bo'lgan - Mbappe, Neymar, Verratti va Di Mariya ham borligi esa klubning EChLdagi imkoniyatini juda ham oshirib yuboradi. Ko'plab OAV Maurisio Pochettino boshchiligidagi Parij klubini “shalpangquloq” kubok uchun asosiy da'vogar deb hisoblaydi. Haqiqatdan ham “ko'k-qizillar”dan ko'ra chempionlik uchun asosiy da'vogarlar jamoa deyarli yo'qdek, nazarimizda.

Boshqa jamoa (10%)

Hatto Italiya va Ispaniyaning amaldagi chempionlari - "Inter" va "Atletiko" ham asosiy favoritlar ro'yxatiga kiritilmagan. Milan klubi Lukaku va Hakimidan ayrildi, Simeone jamoasi esa “tirik” qolish nihoyatda qiyin bo'lgan “o'lim guruhi”dan joy olgan."Barselona" va "Yuventus" kabi grandlar Messi va Ronaldu ketgandan keyin ozroq qiynalishi mumkin va bu mavsum ular uchun avvalgisidan qiyinroq kechishi mumkin. “Borussiya Dortmund”, “Atalanta” va “Leyptsig” kabi klublarda ham nazariy jihatdan imkoniyatlar bo'lishi mumkin.

 

Internet materiallari asosida Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

BestMaster
14 Sentabr 2021, 16:00
2021/22, yilgi, mavsumda, chempionlar, ligasida, qaysi, jamoa, golib, boladi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads