Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. «Real» 7 ta gol urilgan o'yinda irodali g'alabaga erishdi (videosharh)

Ispaniya La Ligasining 4-turidan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar 12 sentyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya La Ligasining 4-turidan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar 12 sentyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tdi.

«Real» o'z uyida «Selta»ni qabul qildi. Avvaliga mehmonlar Santi Minaning tezkor goli evaziga oldinga o'tib oldi. 24-daqiqada Karim Benzema vaziyatni tenglashtirgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmaydi vigoliklar ikkinchi golni urdi.

Ikkinchi bo'lim debyutida Benzema yana hisobni tenglashtirdi. 54-daqiqada Karimning uzatmasidan keyin Vinisius Junior Madrid klubining uchinchi golini urdi. 72-daqiqada Eduardo Kamavinga o'zining debyut o'yinida «Real» safidagi ilk golini urdi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Benzema penaltini aniq ijro etib, yakuniy hisobni o'rnatdi — 5:2.

4-turdan keyin «Real», «Valensiya» va «Atletiko» 10 ochko bilan musobaqada etakchilik qilmoqda.

La liga, 4-tur
12 sentyabr, yakshanba
«Real Madrid» — «Selta» 5:2
Gollar: 0:1 – 4 Santi Mina, 1:1 – 24 Benzema, 1:2 – 31 Servi, 2:2 – 46 Benzema, 3:2 – 54 Vinisius, 4:2 – 72 Kamavinga, 5:2 – 87, penalti Benzema.
«Real Madrid»: Kurtua, Karvaxal, Nacho, Militao, Migel Guterres (Marselo, 89), Valverde, Modrich (Asensio, 79), Kazemiro, Benzema, Azar (Kamavinga, 66), Vinisius Junior (Rodrigo, 89).
«Selta»: Dituro, Malo, Arauxo, Murilo (Aydu, 89), Galan, Denis Suares, Tapiya (Beltran, 46), Mendes (Solari, 52), Servi (Nolito, 63), Aspas, Santi Mina (Galyardo, 63).
Ogohlantirishlar: Nacho (32), Murilo (43), Vinisius Junior (55), Arauxo (63), Solari (63).

BestMaster
13 Sentabr 2021, 07:00
liga, «real», urilgan, oyinda, irodali, galabaga, erishdi, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads