Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Real Madrid" - "Selta" 4:2

Yana bir necha daqiqalardan keyin La Liganing 4-turi doirasidagi "Real" - "Selta" bahsi bo'lib o'tmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin. 

YANGILASH

79-daqiqa. O'zgarish! Modrich o'rniga Asensio maydonga tushdi. Stadiondagi tomoshabinlar Lukaning mehnatlarini munosib etirof etishdi.  

74-daqiqa. Nolito qulay imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. 

72-daqiqa. GOOOOOOOL! Luka Modrichning reydi Eduardo Kamavinganing goli bilan yakunlandi! Franciyalik futbolchidan debyut o'yindayoq gol!  

66-daqiqa. O'zgarish! Eden Azar o'rnini Kamavingaga bo'shatib berdi.  

64-daqiqa. Ogohlantirish! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Solari Modrichga nisbatan qo'pollik uchun sariq kartochka ishlab oldi. 

63-daqiqa. O'zgarishlar! Servi va Mina o'rniga Nolito va Tiago Galyardo maydonga tushdi. 

63-daqiqa. Ogohlantirish! Mehmonlar vakili Nektor Arauxo ogohlantirildi. 

60-daqiqa. "Selta" o'ng qanotdan oldinga o'tdi, lekin uzatmadan keyin to'pni Kurtua baland sakrab ushlab oldi.  

Ikkinchi bo'lim ham tomoshaboplikda birinchisidan qolishmayapti.

 

55-daqiqa. GOOOOOOOL! Vinisius Junior birinchi marta "Real"ni olidnga olib chiqdi! Benzemadan assist.

53-daqiqa. Santi Mina yaxshi zarba berishni uddaladi, lekin Kurtua jamoasini qutqardi.   

52-daqiqa.  Modrichning uzatmasidan keyin Vinni qanotdan oldinga o'tib ketishi mumkin edi, lekin braziliyalik futbolchi o'yindan tashqari holatda edi.

52-daqiqa.  O'zgarish! Brays Mendesning o'rniga o'yinga Augusto Solari tushdi.

50-daqiqa. Vinisiusga nisbatan qo'pollik ishlatildi va hakam jarima zarbasi belgiladi.  

48-daqiqa. O'z kuchiga ishonchi yanada ortgan mezbonlar hujumlarni davom ettirishmoqda.

46-daqiqa. GOOOOOOL! Ikkinchi bo'lim boshlandi. Va deyarli birinchi hujumdayoq Migel Guterresning uzatmasidan keyin Benzema dublni rasmiylashtirdi.  

Bo'ldi, hakamning birinchi bo'lim yakunlangani haqidagi hushtagi yangradi va u jamoalarni tanaffusga takliq qildi. Hozircha kamroq xatoga yo'l qo'ygan "Selta" hisobda oldinda bormoqda. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

43-daqiqa. To'pga egalik qilish foiz hisobida 66 - 34 "Real" foydasiga. 

39-daqiqa. GOOOOOL! Ammo, lekin, biroq... Golli uzatmani amalga oshirgan Kazemiro o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan. 

36-daqiqa. Buyog'iga endi jamoalar qanday harakat qilishi juda qiziq. "Real" yana to'p nazoratini o'z qo'liga olgandek tasavvur uyg'otmoqda.  

33-daqiqa. Ogohlantirish! Nacho o'sha golli hujum boshlanayotganda raqibiga nisbatan keskin o'ynagani uchun baribir ogohlantirildi. 

32-daqiqa. GOOOOOL! "Selta" yana oldinga chiqib oldi! Franko Servi ikkinchi urinishda to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi. 

29-daqiqa. O'yin tempi biroz tushgandek. Jamoalar biroz nafas rostlashmoqda.  

26-daqiqa. "Real" katta kuch bilan oldinga borishda davom etyapti, o'z navbatida "Selta" qarshi hujumlari anchagina xavfli tus olmoqda. 

24-daqiqa. GOOOOOL! Karim Benzema muvozanatni tikladi.

21-daqiqa. Kurtuaning uzatmasidan keyin Vinisius gol urishiga raqib posboni yo'l qo'ymadi.   

19-daqiqa. Yana "Real" futbolchilari himoyaga yaqin zonada to'pni oshirishda xatoga yo'l qo'yishdi va sal qolsa, oradagi farq ikkita to'pga oshishi mumkin edi.   

14-daqiqa. Tezkor gol o'tkazib yuborgan "Real" raqibni kuchli bosim ostida ushlab turibdi, lekin hozircha yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmayapti. 

11-daqiqa. "Selta" qarshi hujumga chiqib ketishni uddalay olmadi. 

8-daqiqa. Migel Guterres hujumda paydo bo'ldi va to'p uning bosimi ostida qolgan himoyachining qo'liga tegdi, ammo hakam qo'l bilan o'ynalmadi, aynan to'p kelib qo'lga tegdi deb hisobladi. 

7-daqiqa. O'yindagi birinchi burchak zarbasini "Real" amalga oshirdi, ammo undan samara chiqmadi.  

6-daqiqa. Modrich jarima zarbasidan to'pni sheriklariga etkazib berishga urindi. 

4-daqiqa. GOOOOOOOL! Santi Mina hisobni ochmoqda! Himoyadagi sustkashlikdan mehmonlarning ikki vakili unumli foydalanib ketmoqda, yakuniy zarbani esa Santi Mina berdi va to'p Militaoning oyoqlari orasidan o'tib, darvozaga kirib ketdi.

2-daqiqa. Eden Azarga nisbatan qoida buzildi, xakam Tapiaga ehtiyot bo'lishni uqtirdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi.

Endi esa "Real"ning sobiq futbolchilaridan biri, koronavirus sabab hayotdan ko'z yumgan Marselo Salas xotirasiga bag'ishlab bir daqiqa sukut saqlanmoqda.  

Stadion uzra mezbon klub madhiyasi yangramoqda. 

Yana bir qiziq fakt, mezbonlarning Lotin Amerikasiga borib kelgan futbolchilaridan Militao, Kazemiro, Vinisius va Valverde ilk daqiqalardan o'yinni boshlaydi hamda ularga hech qanday qo'shimcha dam berilmadi.   

Xabaringiz bor, bugungi bellashuv malum vaqt rekonstrukciya ishlari sabab o'yinlarni qabul qila olmagan "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi. Tribunalarda kamida 5 ming tomoshabin bo'ladi, chunki Florentino Peres stadion qurilishida mehnat qilgan barchani bugungi bellashuvga taklif qilgan. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. 

"Real" - "Selta"

"Real" - Kurtua, Karvaxal, Militao, Nacho, Migel, Modrich, Kazemiro, Valverde, Vinisius, Benzema, Azar.

"Selta" - Dituro, Ugo Malo, Murilo, Arauxo, Galan, Tapia, Mendes, Denis Suares, CHervi, Aspas, Santi Mina.

Real Madrid

Karim Benzema - 24', Karim Benzema - 46', Vinicius Junior - 55', Eduardo Camavinga - 72'

LaLiga . 4-tur

13/09/2021, 00:00

2 : 4 2-bo'lim

Celta Vigo

Santi Mina - 4', Franco Cervi - 31'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu

Bosh hakam: Jose Sanchez

BestMaster
13 Sentabr 2021, 01:45
live , liga, real, madrid, selta,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads