Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Real Madrid" - "Selta" 0:1

Yana bir necha daqiqalardan keyin La Liganing 4-turi doirasidagi "Real" - "Selta" bahsi start oldi.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin. 

YANGILASH

8-daqiqa. Migel Guterres hujumda paydo bo'ldi va to'p uning bosimi ostida qolgan himoyachining qo'liga tegdi, ammo hakam qo'l bilan o'ynalmadi, aynan to'p kelib qo'lga tegdi deb hisobladi. 

7-daqiqa. O'yindagi birinchi burchak zarbasini "Real" amalga oshirdi, ammo undan samara chiqmadi.  

6-daqiqa. Modrich jarima zarbasidan to'pni sheriklariga etkazib berishga urindi. 

4-daqiqa. GOOOOOOOL! Santi Mina hisobni ochmoqda! Himoyadagi sustkashlikdan mehmonlarning ikki vakili unumli foydalanib ketmoqda, yakuniy zarbani esa Santi Mina berdi va to'p Militaoning oyoqlari orasidan o'tib, darvozaga kirib ketdi.

2-daqiqa. Eden Azarga nisbatan qoida buzildi, xakam Tapiaga ehtiyot bo'lishni uqtirdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mezbonlar boshlab berishdi.

Endi esa "Real"ning sobiq futbolchilaridan biri, koronavirus sabab hayotdan ko'z yumgan Marselo Salas xotirasiga bag'ishlab bir daqiqa sukut saqlanmoqda.  

Stadion uzra mezbon klub madhiyasi yangramoqda. 

Yana bir qiziq fakt, mezbonlarning Lotin Amerikasiga borib kelgan futbolchilaridan Militao, Kazemiro, Vinisius va Valverde ilk daqiqalardan o'yinni boshlaydi hamda ularga hech qanday qo'shimcha dam berilmadi.   

Xabaringiz bor, bugungi bellashuv malum vaqt rekonstrukciya ishlari sabab o'yinlarni qabul qila olmagan "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi. Tribunalarda kamida 5 ming tomoshabin bo'ladi, chunki Florentino Peres stadion qurilishida mehnat qilgan barchani bugungi bellashuvga taklif qilgan. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. 

"Real" - "Selta"

"Real" - Kurtua, Karvaxal, Militao, Nacho, Migel, Modrich, Kazemiro, Valverde, Vinisius, Benzema, Azar.

"Selta" - Dituro, Ugo Malo, Murilo, Arauxo, Galan, Tapia, Mendes, Denis Suares, CHervi, Aspas, Santi Mina.

Real Madrid

LaLiga . 4-tur

13/09/2021, 00:00

1 : 0 1-bo'lim

Celta Vigo

Santi Mina - 4'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu

Bosh hakam: Jose Sanchez

BestMaster
13 Sentabr 2021, 00:15
live , liga, real, madrid, selta,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads