Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»ni buyukka aylantirgan buyuklar

Futbol dunyosida eng katta muxlislar auditoriyasiga ega klublardan biri bu, shubhasiz Madridning «Real» klubi sanaladi.

.
- Yuklab olish

Futbol dunyosida eng katta muxlislar auditoriyasiga ega klublardan biri bu, shubhasiz Madridning «Real» klubi sanaladi. Balki eng ko'pi ham ushbu jamoadadir. Yillar davomida «Santiagu Bernabeu» ostonasidan ne-ne katta nomlar o'tmadi deysiz. Ular ichida futbol muxlisi bilmaydigani deyarli bo'lmasa kerak. Masalan: Iker Kasilyas, Zinedin Zidan, Roberto Karlos, Luish Figo, Emilo Butragueno, Ronaldo Nazario, Kaka, Guti, Devid Bekxem, Xabi Alonso, Fabio Kannavaro, Garet Beyl, Karim Benzema, Marselo, Peda Miyatovich, Manuel Sanchish, Ivan Zamorono, Pako Buo. Fernando Redondo, Pirri.
Ushbu ro'yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin, albatta. Bu borada «Real»ga teng keladigani bo'lmasa kerak. Futbol olamida qaysi o'yinchi yulduzga aylansa, unga aynan birinchilardan bo'lib qirollik klubi intilar edi. O'z navbatida bu shonli jamoada o'ynashni istamaydigan futbolchilarni topish ham mushkul ish. «Qaymoqranglilar» Evropada rekord darajada 13 marta zafar quchgan. Hatto, ular FIFAning «asr jamoasi» unvoniga sazovar bo'lishga ham ulgurgan. Ammo masalani boshqa tomoni ham mavjud. Klubga bunday mashhurlik va sharafni kimlar taqdim etgandi? Bu savolni javobi oddiy – futbolchilar. O'sha futbolchilar klubni buyuk qildi. O'z navbatida jamoa ham ularga yulduzlik maqomini berdi. Quyida «Real»ning e'tiborga molik bo'lgan bir nechta ana shunday futbolchilar haqida fikr yuritamiz.

1. Raymond Kopa

Kopa «Real» tarkibida Evropa kubogini qo'lgan kiritgan ilk frantsuzga aylangan. U 1957 yilda jamoasi bilan turnir finalida «Fiorentina»ni 2-0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. Bu g'alabadan ko'p o'tmay, Kopa oltin to'p sohibiga aylanadi. Italyanlar ustidan g'alaba, Kopaning «Real»dagi qisqa, 3 yillik muvafaqqiyatli odimining eng birinchisi edi. U klub bilan keyingi ikki yilda ham Evropa chempioni maqomiga egalik qiladi. «Kichkina Napalyon» nomi bilan mashhur bo'lgan Kopa, o'sha paytda jamoa hujum chizig'idagi yana bir talantli futbolchi Ferenk Pushkash bilan ajoyib tandemga aylangan. U 3 yilda 79 ta o'yinda 24 ta gol urishga erishgan edi.

2. Luka Modrich

Yana bir oltin to'pga sazovar bo'lgan futbolchi Modrichdir. U 2018 yilda bu mukofotga egalik qildi. Ungacha esa 3 marta ketma-ket Chempionlar ligasi sovrinini yutishga ulgurgan edi. Xorvatiyalik futbolchi 2012 yildan beri «Real»ning yarim himoyasida ijodiy figura sanaladi. U jahon darajasida uzoq va barqaror o'yin ko'rsatib kelmoqda. Garchand Modrich hisobida bittagina Ispaniya chempionlik tituli bo'lsa ham, 4 marta EChL g'olibligi, uni butunlay boshqa darajada ekanini ko'rsatadi.

3. Serxio Ramos

2005 yilda «Sevilya» tarkibidan yosh yigitcha «Real»ga olib kelinadi. O'sha payt undan hali nimalar kutilishi noma'lum edi. Ammo tez orada Ramos nomini dunyo tanidi. Himoyachi «Bernabeu»da o'z jamoasi yarim maydonida qalqon bo'la oldi. Uning mahorati fenomenal edi. Hozirga kelib sobiqqa aylangan futbolchi klubdagi 16 yillik faoliyati davomida har bir mavsumda gol urishga erisha olgan. Bu davrdagi 101 goli bilan Ramos jamoasiga 4 ta EChL g'olibligi hamda 5 ta Ispaniya chempionligini keltirdi. Himoyachi tabiatan mudofaa uchun tug'ilgandek, go'yo. Balki u Perezning amalga oshirgan eng yaxshi ishlaridan biri bo'lgandir. Ramos Ispaniya tarixida ham eng ko'p maydonga tushgan futbolchi sanaladi.

4. Raul

Raul shubhasiz Madriddagi eng yaxshi to'purar bo'lgan. Uning natijalari hayratlanarli edi. Ammo Ronalduning kelishi, buni o'zgarishiga sabab bo'lgan. Shunday bo'lsa ham ispaniyalik hujumchi qirollik klubi tarkibida eng yorqin nom sifatida eslanadi. U 323 marotaba bir klub safida gol urishga musharraf bo'lgan. Raul tipik «Real» afsonasi, ruhan tetik jamoa sardori edi. Uning davrida klub olti marta Ispaniyada, uch marotaba esa Evropada zafar quchgan. Raul 741 marta oq formani kiyib maydonda harakat qilgan va bu klub tarixidagi mutlaq rekord sanaladi.

5. Krishtianu Ronaldu

Ushbu shaxsga ortiqcha sayqalli fikrlar bildirishning hojati yo'q. U Madridda nimalar qilganini hamma biladi. U futbolda nima qilish kerak bo'lsa barchasini qildi, buni bir klubda bajardi. 5 karra oltin to'p sohibi o'z faoliyatini hozir ham muvaffaqiyatli davom ettirib kelmoqda. O'sha davrlarda Ronaldu inson qiyofasidagi robotga qiyoslanar edi. U o'ynagan o'yinlaridan ko'ra ko'proq gol urgan hujumchi, hayratga sazovar amplua egasi sanaladi. Uning «Real» safida 438 marta maydonda ko'rinish berib, 451 marta darvozani ishg'ol etgani buni yaqqol isboti bo'la oladi. U inson aqli etgan futboldagi barcha golli rekrodlarni buzib tashladi. Garchand Ronaldu va Messi haqida bahslar nihoyasiga etmagan bo'lsada, portugaliyalik «Real»ga kelgacha birinchi o'ringa loyiq futbolchiga aylangan edi.


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

BestMaster
8 Sentabr 2021, 21:30
«real»ni, buyukka, aylantirgan, buyuklar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads